Mikroorganizmlarning morfologiyasi, hujayra to’zilishi va sistematikasi



Download 101,5 Kb.
bet3/11
Sana03.06.2022
Hajmi101,5 Kb.
#631919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mikroorganizmlarning hujayraviy tuzilishi. Bakteriya misolida

Fimbriy va pililar.
Bakteriyalarda xivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo`lib unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo`lishlari mumkin. Ularning uzunligi 0.3 — 4 mkm, eni 5 — 10 nm bo`lib soni 100 — 200, ba`zan esa 1000 taga yetib boradi.
Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda bir qancha fimbriylar tipi uchraydi va ular funksiyalariga qarab farqlanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi o`rganilgan.
1 - tip ko`p gina bakteriyalarda bo`lib ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriylar hujayraning muhtga, boshqa hujayraga, inert substratga yopishishini ta`minlanadi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham ishlatiladi. SHuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin.
2 - tip — jinsiy fimbriy — pili bo`lib (F), u ichi bo`sh kanaldan iborat. Bu kanaldan bakteriya kon`yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik material beradi. Pilining boshqa bir xususiyati ham bo`lib u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi.
Bakteriya hujayra devori.
Hujayra devorining o`zi ham ma`lum qattiqlikga ega. SHu bilan birga u elastiklikka ham ega bo`lib oson buqiladi Hujayra devorini ultratovush va lizotsim fermentlari bilan parchalasa bo`ladi.. Hujayra devori lizotsim bilan parchalanganda u sharsimon shaklga o`tadi. Hujayra devori hujayrani har xil mexaniq ta`sirlardan, osmotik bosimdan saklaydi.
Hujayra devori bakteriyani ko`ayishi va bo`linishi, irsiy moddalarning taqsimlanishini ham idora qiladi.
Hujayra devorining qalin:ligi 10 - 80 nm bo`lib hujayra massasining 20% ni tashkil etadi. Hujayra devori orqali katta molekulali moddalar kirishi mumkin. Hujayra devori sitoplazmatik membrana bilan birlashtiruvchi iplar — "ko`prikchalar" vositasida boglangan. Hujayra devori bakteriyalarni gram usulida bo`yaganda, musbat yoki manfiy bo`lish:ligini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Bu № — atsetil № — glyukozamin va № — atsetil muram kislotasi, galma - gal bir-biri bilan $ —1.4 bog`lar bilan boangan geteropolimerdir. Bu polisaharid zanjirlar bir-biri bilan peptid bog`lari orqali boglangan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gram musbat bakteriyalarda ko`p qalin:li peptidoglikan bor (50 - 90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaharid, teyxo kislota (fosforli ribit va fosfor kislotasi glitseridi) bilan boglangandir.
Gram manfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 qalin: bo`lib (1 — 10%) ularda tashqimembrana ham bor. Tashqimembrana fosfolipid, lipopolisaharid va oqsillardan to`zilgan.
Demak, bakteriyalarning Gram buyicha har xil buyalishi bakteriya hujayra devoridagi peptidoglikan mikdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) borlikdir. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o`simtalar, do`ngliklar, tikon kabilar bor. o`simta
Hujayra devori faqat mikoplazmalar va L —shakllik bakteriyalarda bo`maydi. Ko`p incha biror antibiotik ta`sirida yoki tabiiy sharoitlarda o`z—o`zidan L —shaklli bakteriyalar hosil bo`lishi. mumkin. Ularda hujayra devori qisman saqlanib qolgan. Ularda ko`p ayish xususiyatlari tula saqlangan. Ular katta yoki kichik shar shaklida bo`lib ko`p gina patogen va saprofit bakteriyalarda topilgandir.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish