Fimbriy va pililar. Bakteriyalarda xivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo`lib unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo`lishlari mumkin. Ularning uzunligi 0.3 — 4 mkm, eni 5 — 10 nm bo`lib soni 100 — 200, ba`zan esa 1000 taga yetib boradi.
Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda bir qancha fimbriylar tipi uchraydi va ular funksiyalariga qarab farqlanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi o`rganilgan.
1 - tip ko`p gina bakteriyalarda bo`lib ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriylar hujayraning muhtga, boshqa hujayraga, inert substratga yopishishini ta`minlanadi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham ishlatiladi. SHuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin.
2 - tip — jinsiy fimbriy — pili bo`lib (F), u ichi bo`sh kanaldan iborat. Bu kanaldan bakteriya kon`yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik material beradi. Pilining boshqa bir xususiyati ham bo`lib u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi.
Bakteriya hujayra devori. Hujayra devorining o`zi ham ma`lum qattiqlikga ega. SHu bilan birga u elastiklikka ham ega bo`lib oson buqiladi Hujayra devorini ultratovush va lizotsim fermentlari bilan parchalasa bo`ladi.. Hujayra devori lizotsim bilan parchalanganda u sharsimon shaklga o`tadi. Hujayra devori hujayrani har xil mexaniq ta`sirlardan, osmotik bosimdan saklaydi.
Hujayra devori bakteriyani ko`ayishi va bo`linishi, irsiy moddalarning taqsimlanishini ham idora qiladi.
Hujayra devorining qalin:ligi 10 - 80 nm bo`lib hujayra massasining 20% ni tashkil etadi. Hujayra devori orqali katta molekulali moddalar kirishi mumkin. Hujayra devori sitoplazmatik membrana bilan birlashtiruvchi iplar — "ko`prikchalar" vositasida boglangan. Hujayra devori bakteriyalarni gram usulida bo`yaganda, musbat yoki manfiy bo`lish:ligini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Bu № — atsetil № — glyukozamin va № — atsetil muram kislotasi, galma - gal bir-biri bilan $ —1.4 bog`lar bilan boangan geteropolimerdir. Bu polisaharid zanjirlar bir-biri bilan peptid bog`lari orqali boglangan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gram musbat bakteriyalarda ko`p qalin:li peptidoglikan bor (50 - 90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaharid, teyxo kislota (fosforli ribit va fosfor kislotasi glitseridi) bilan boglangandir.
Gram manfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 qalin: bo`lib (1 — 10%) ularda tashqimembrana ham bor. Tashqimembrana fosfolipid, lipopolisaharid va oqsillardan to`zilgan.
Demak, bakteriyalarning Gram buyicha har xil buyalishi bakteriya hujayra devoridagi peptidoglikan mikdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) borlikdir. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o`simtalar, do`ngliklar, tikon kabilar bor. o`simta
Hujayra devori faqat mikoplazmalar va L —shakllik bakteriyalarda bo`maydi. Ko`p incha biror antibiotik ta`sirida yoki tabiiy sharoitlarda o`z—o`zidan L —shaklli bakteriyalar hosil bo`lishi. mumkin. Ularda hujayra devori qisman saqlanib qolgan. Ularda ko`p ayish xususiyatlari tula saqlangan. Ular katta yoki kichik shar shaklida bo`lib ko`p gina patogen va saprofit bakteriyalarda topilgandir.