Mikroorganizmlarning morfologiyasi, hujayra to’zilishi va sistematikasi



Download 101,5 Kb.
bet1/11
Sana03.06.2022
Hajmi101,5 Kb.
#631919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mikroorganizmlarning hujayraviy tuzilishi. Bakteriya misolida


Reja:


1. Eukariot va prokariot organizmlar.
2. Bakteriyalarning shakllari va katta-kichikligi.
3. Bakteriya hujayrasining to`zilishi.
4. Kapsula, xivchin, fimbriy va pililarning to`zilishi, funksiyasi.
5. Bakteriya hujayra devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazma,
nukleoid – yadro ularning to`zilishi va funksiyasi.
6. Bakteriyalarning sporalari va ularning hosil bo`lishi.
7. Mikroorganizmlarning o`sishi. O`sish deb nimaga aytiladi.
8. Mikroorganizmlarning ko`ayishi: kurtaklanib, ko`ndalangiga
bo`linib ko`payish.
9. Izomorf va geteromorf bo`linishlar.
10. Bakteriyalarning rivojlanish va rivojlanish fazalari.
11. Mikroorganizmlar sistematikasi, uning prinsiplari va tavsifi.
12. Amerikalik olim B.X.Bergining yangi klassifikatsiyasi va tavsifi.
13. Bergining prokariotlar yoki mikroorganizmlarni 4 ta bo`limga, bo`limlarni sinf, guruh, tartib, oila, avlod va turlarga bo`lishi..

Mikroorganizmlarning ko`pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhtdan hujayra po`sti, ba`zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra to`zilishiga qarab organizmlarning ikki tipii mavjud. Bular eukariot va prokariot hujayrali organizmlar. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo`lsa unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu – haqiqkiy, chin, kario – yadro demakdir).


YAdro apparati sodda (diffo`z holdagi yadroga ega) bo`lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug`lar, suv o`tlari, sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko`k-yashil suv o`tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va unda 1-2 yadrocha, xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir. Ribosomalari esa 80S ni tashkil qiladi
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo`q: yadro membranasi bo`maydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Bakteriyalarning shakllari.
Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr yoki egilgan shaklda bo`ladi.. SHarsimon shaklli bakteriyalar kokkilar (kokkus lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, nuxotsimon va boshqa ko`rinishlarga ega bo`ladi.. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. SHarsimon bakteriyalar hujayrasi bo`linib, ayrim joylashsa ular monokokklar, hujayra bo`linishi natijasida har xil o`zum boshi kabi to`lamlar hosil qilsa, ular stafilokokklar deyiladi. Bo`lingandan so`ng ikkitadan bo`lib joylashadiganlarini – diplokokklar,bo`linishi natijasida o`zun zanjir hosil qilsa streptokokklar, to`rttadan bo`lib joylashsa — tetrakokklar, kub shaklida joylashsa — sarsinalar deb ataladi.
Bakteriyalarning ko`pchiligi silindr yoki tayoqchasimon shaklga ega bo`ladi.. Tayoqchasimon bakteriyalar o`zunligi, katta - kichikligi, ko`ndalang kesimi, hujayra uchini ko`rinishi, hujayralarining o`zaro joylanishlari bilan farqlanadilar. Hujayralar uchlari to`g`ri ,oval , buralgan yoki o`tkirlashgan bo`lishi. mumkin. Bakteriyalar kayrilgan, ipsimon, shoxlangan ham bo`lishlari mumkin: Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayoqchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora hosil tayoqchalari bo`lsa diplobatsillar, zanjir hosil tayoqchalarini esa streptobakteriya (streptobatsilla) deyiladi.
Ba`zan buralgan yoki spiralsimon ko`rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar deyiladi (spira — lotincha buralgan). Spirillalarni burilishga ega bo`ladi.gan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio so`zi lotincha kayrilaman) deb ataladi.
Bakteriyalarning ipsimon shaklliklari, ko`p hujayralilari ham bo`lib hujayraning tashqitomoni har xil o`simtalar hosil qiladi Ularning uchburchak, yuldo`zsimon, ochiq yoki yopiq halqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllilari ham uchraydi.
Bakteriyalar o`lchami kichik bo`lganligi uchun ular mikrometrlarda, nozik strukturalari esa nanometrlar bilan o`lchanadi. Kokkilarni razmerlari 0.5-1.5 mkm ni tashkil etadi. Tayoqchasimonlarini eni 0.5–1 mkm, o`zunligi esa bir necha mikrometr (2 - 10) bo`lishi. mumkin. Mayda tayoqchalarni kattaligi 0.22-0.4 x 0.7-1.5 mkm bo`ladi.. Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga yetadiganlari ham bo`ladi.. Agar bakteriya hujayrasini qattiq oziqa muhtiga eqilsa bir necha soatdan so`ng ular ko`p ayib oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan koloniya hosil qiladi Koloniyalar ko`rinishi, rangi va boshqa xususiyatlari bakteriya turigabog`liq , hamda har bir bakteriya turi uchun o`ziga xos — spetsifik bo`ladi..
Ba`zi bir bakteriyalarning kattaligi

Bakteriyaning nomi

O`zunligi, (mkm)

Ko`ndalang kesimi, (mkm)

Mikrokokk

0,8

0,5

Streptokokkus laktus

0,8 – 1,2

0,5 – 0,8

Atsidofil tayoqchasi

1,5 – 6,0

0,6 – 0,9

Pichan tayoqchasi

1,2 – 3,0

0,8 – 1,2

Sil kasali tayoqchasi

1,5 – 3,5

0,3 – 0,5

Kuydirgi tayoqchasi

4 – 8

1,0 – 1,5

Brutsellez tayoqchasi

0,5 – 1,5

0,4 – 0,6




Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish