MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o`rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo`lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. SHakli va o`lchami;
2. Harakati (xivchinlarining bor — yo`qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gram usulida bo`yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olish;
8. Tashqi muhtni o`zgartirishi;
9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta`siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo`lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o`rganish kerak buldi va molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi, ya`ni 1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir—birlariga bo`lgan nisbatlari o`rganiladi va shu asosda ikki guruh mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir —birlari bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (uxshashligi) o`rganiladi. Agar, nuklein kislota tarkibi 80 — 90% ga gomologiya bo`lsa, o`rganilayotgan mikroorganizmlar yakin "karindosh", gomologligi 50% dan kam bo`lsa mikroorganizmlar uzok "qarindosh" hisoblanadi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o`rganilgandan so`ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashkil topgan ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf ztgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhtni ifodalaydi.
Ikkinchi so`z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albus. Birinchi so`z — Bacillus - spora hosil tayoqcha, Gram musbat kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so`z - albus - koloniya rangining oq ekanligini bildiradi (albus- o).
Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo`ldi. Mikroorganizmlarni yakin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo`lim (divisio), saltanat yoki odam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o`xshashlikga ega bo`lgan bir genotipga mansub individlar yiggindisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo`linadi.
Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir muhtdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan ajratib olingan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi.
Klon — bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir.
Bir turga kiruvchi individlarning tuplami — (populyatsiyasi) toza kultura deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida ma`lumot yetarli bo`lmaganligi sababli, yuqori o`simliklar va hayvonlar singari, tabiiy sistematikaga ega emas.
SHuning uchun ham, Mikroorganizmlarni sistematikasi sun`iy bo`lib mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikatsiya qilish uchun xizmat tayoqcha aniqlagich vazifasini bajardi. Quyida biz, D.X.Bergining 1984 yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Mishustin (1987) tarifi buyicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u o`z navbatida turt bo`limga, bo`limlar esa sinflarga, tartiblarga, oilalarga, avlodlarga va turlarga Bulinadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo`qligi va ularning turiga qarab bo`limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo — biokimyoviy belgilari yiggindisiga qarab Bulingan.
Bergi Procariotae dunyosini to`rtta bo`limga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |