Микрои=тисодий статистиканинг объекти, услуби ва вазифалари



Download 2,02 Mb.
bet16/95
Sana01.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420867
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
temir yol transporti statistikasi.

Pul o‘lchov birligi deganda har xil turdagi va turlicha is­te’­mol xususiyatga ega bo‘lgan hodisalarni (mahsulotlar, xiz­mat­lar­ni) bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birligi tushuniladi. Masa­lan, tashishdan tushgan daromad pul birligi yordamida ifoda­la­nadi. U tashilgan yuklar, tashilgan yo‘lovchila kabi natura mah­su­­lot­larining pul shaklida ifodalangan qiymati hisoblanadi. Demak, pul o‘lchov birligi yordamida barcha umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.



      1. Nisbiy miqdorlar

Mutlaq miqdorlarning bir biriga taqqoslash natijasida kelib chiquvchi uchinchi miqdor nisbiy miqdor deb ataladi. Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi qilib har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Nisbiy miqdorlar asosan koeffitsiyent, foiz, promille va pro­de­tsimellada ifodalanadi. Nisbiy miqdorlar koeffitsiyentda ifoda­lansa, baza 1 ga tenglashtiriladi, foizda ifodalansa, baza 100 ga, promelleda ifodalansa, baza 1000 ga, prodetsimelleda ifodalan­sa, baza 10000 ga tenglashtirib olinadi.


Nisbiy miqdorlarni ta’riflashda, ularga baho berishda u yoki bu ifodalash shaklini qo‘llash taqqoslanayotgan miqdorlar orasi­dagi farqqa bog‘liq. Agar bo‘linuvchi miqdor bo‘luvchiga nisba­tan bir necha marta katta bo‘lsa, u holda nisbiy miqdorni koef­fi­tsiyent yordamida ifodalash ma’quldir. Agar taqqoslanadigan miq­dorlar bir-biridan uncha farq qilmasa, u holda nisbiy miq­dorni foizda ifodalash qulay. Promella va prodetsimella shakllari ko‘pincha aholi statistikasi nisbiy ko‘rsatkichlarini ifodalashda qo‘llaniladi.
Taq­qos­lash bazasidagi miqdorlar har xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni o‘t­gan davr (yil) ning haqiqiy ko‘rsatkichi, hisobot davrining re­jalashtirilgan ko‘rsatkichi, boshqa xo‘jalik ko‘rsatkichi, o‘rga­ni­la­yotgan hodisa yig‘indisi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rinishida bo‘­ladi. Shuning uchun ham, nisbiy miqdorlar har xil bo‘ladi va qu­­yidagi turlarga bo‘linadi:

  1. reja topshirig‘i nisbiy miqdorlari;

  2. reja bajarilishi nisbiy miqdorlari;

  3. dinamika nisbiy miqdorlari;

  4. tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari;

  5. taqqoslash nisbiy miqdorlari;

  6. koordinatsiya nisbiy miqdorlari;

  7. intensiv nisbiy miqdorlar.

Reja bajarilishi nisbiy miqdori yordamida rejaning bajarilish da­rajasi aniqlanadi. U ko‘rsatkich orqali ya’ni ishlab chiqarish haj­­mining yoki boshqa qandaydir jarayon hajmining (miqdo­ri­ning) rejaga nisbatan necha foizga oshganligi yoki kamayganligi ta’­riflanadi. Bu ko‘rsatkich quyidagicha hisoblanadi:



Bu yerda: RBnm – reja bajarilishi nisbiy miqdori (%);


D1 – joriy davr (haqiqiy) darajasi;
Drt – joriy davr uchun reja topshirig‘i.

Reja topshirig‘ini ifodalovchi nisbiy miqdorlar. Ushbu miq­dor­lar rejalashtirilgan davr ko‘rsatkichini oldingi davrning ha­qi­qiy ko‘rsatkichiga nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi, ya’ni u yoki bu hodisa bo‘yicha o‘sish, qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish top­shirig‘i foizini ifodalaydi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:



Bunda: RTnmreja topshirig‘i nisbiy miqdori (% hisobida);
Drtjoriy davr uchun reja topshirig‘i;
D0bazis davr darajasi.
Dinamika nisbiy miqdorlari deganda bir xil turdagi ijtimoiy ho­disalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalovchi miqdorlar tushuniladi. Dinamika nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun ka­mi­da ikki hisobot davri (ikki yil)ning haqiqiy miqdorlari (ko‘r­sat­kichlari) olinadi va birini ikkinchisiga taqqoslab ushbu nisbiy miq­dor aniqlanadi. Buning uchun hisobot davridagi haqiqiy miq­­dorni 100 foizga ko‘paytirib, bazis davridagi haqiqiy miqdorga bo‘lish ke­rak. Natijada kelib chiqqan uchinchi ko‘rsatkich dinamika nis­biy miqdori hisoblanadi. Bu miqdor darajasiga qarab hisobot dav­­ri­da­gi muayyan hodisaning bazis davridagi u yoki bu hodisaga nis­ba­tan necha foizga oshganligini yoki kamayganligini ta’riflay­di.
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlarni aniqlash uchun to‘plamning har bir qismini ifodalovchi miqdorni 100 foizga ko‘paytirib, uning jami miqdoriga bo‘lish kerak. Masalan, mamlakatning jami ichki mahsulotini 100 foiz deb olib, shundan necha foizi sanoat his­sa­siga, necha foizi qishloq xo‘jalik hissasiga va necha foizi boshqa tar­moqlar hissasiga to‘g‘ri kelishligini aniqlash tuzilmaviy nisbiy miqdorga misol bo‘la oladi. Shu tariqa sof ichki mahsulot, yalpi mil­liy daromad, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti kabi boshqa ijti­moiy hodisalarning tarkibiy tuzilishini aniqlash mumkin.
Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar foizlarda ifodalanadi. Ana shu fo­izlar butun to‘plamga nisbatan ayrim qism, guruhlarning qan­cha hissa tashkil etishini ko‘rsatadi, ya’ni ijtimoiy hodisalarning tar­kibiy tuzilishini ta’riflaydi.
Turli xil obyektlarga aloqador bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadigan miqdorlar taqqoslash nis­biy miqdorlari deyiladi. Har xil xo‘jaliklarning hamma turdosh ko‘r­satkichlarni taqqoslab, nisbiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin emas, ayniqsa miqdoriy (hajmi) ko‘rsatkichlarni taqqoslab xu­losa chiqarish mumkin emas, agar xulosa qilinganda ham ular aniq maz­munga ega bo‘lmaydi, aksincha katta xatoliklarga olib keladi.
Shuning uchun faqat xildosh, turdosh bo‘lgan sifat ko‘rsat­kich­larini taqqoslab aniqlash va ular asosida turli xulosalar chiqarish mumkin.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari. Koordinatsiya nisbiy miqdor­lari deganda statistik to‘plamdagi guruhlar (qismlar)ning bir-biriga bo‘lgan nisbati tariqasida aniqlanadigan nisbiy miqdorlar tushuniladi. Tashilgan netto tonno-km umumiy sonidagi yuk va yo’lovchilarning nisbati, umumiy ishchilar sonida tashish faoliyatida ishchilar soni koordinatsiya nisbiy miqdoriga misol bo‘la oladi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari statistik to‘plam birliklari­ o‘r­tasidagi zaruriy nisbatlarni nazorat qilish va har birining tutgan o‘r­niga baho berishda qo‘llaniladi.
Intensiv nisbiy miqdorlar. Intensiv nisbiy miqdorlari deganda u yoki bu hodisaning aniq joyda, hududda tarqalish yoki rivoj­lanish darajasini tavsiflovchi miqdorlar tushuniladi. Ushbu miq­dorlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi hodisalarni o‘za­ro nisbati tariqasida yuzaga keladi.
Intensiv nisbiy miqdorlar, odatda, o‘rganiladigan hodisa­lar­ning 100, 1000 yoki boshqa birliklar nisbati tariqasida aniq­la­nadi. Mintaqada yashyatgan 1000 aholi soniga to‘g‘ri keladigan yo’lovchilar soni, 1 km2 ga to‘g‘ri keladigan aholi soni, 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan tug‘il­gan bolalar soni va hokazolar intensiv nisbiy miqdorlarga misol bo‘la oladi. Ushbu nisbiy miqdorlar faqat aniq son (raqamlar) – hajm ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi.




      1. Download 2,02 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish