2.3.Temir yo‘l transporti statistikasi bo‘limlari va ularning vazifalari
Temir yo‘l tarnsporti statistikasi quytdagi bo‘limlariga ajratiladi: tashish statistika, foydalanish statistika, asosiy fondlar va texnik jixozlar bilan qurollantirish statistika, mehnat va ish haqi statistika, moliya statitikasi. Har birini xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Tashish statistikasi - temir yo‘l transportining asosiy bo‘limi sifatida asosiy funktsiyasini bajaradi, ya’ni yuk, yo‘lovchilar va bagaj tashish jarayonini tashkil qiladi (yuk, yo‘lovchilar, bagaj tashishning hajm va sifat ko‘rsatkichlari o‘rganiladi). Kuzatish birligi - jo‘natish va qabul qilishlar soni.
Foydalanish statistikasi. Foydalanish statistikasining asosiy funktsiyasi harakatlanuvchi tarkiblar mavjudligi va ishlatilishni tavsiflash. Kuzatish obyekti bo‘lib harakatlanuvchi tarkiblarning mavjudligi, hamda foydalanish toifasi bo‘yicha ularning guruhlanishi hisoblanadi. Kuzatish birligi - lokomotivlar, vagonlarning mavjudlik soni.
Asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan qo‘rollantirish statistikasining asosiy vazifasi ularni texnik holatini o‘rganish va samaradorligini tahlil qilish. Kuzatish obyekti – temir yo‘l transporti korxonalarida asosiy fondlarning mavjudlik soni. Kuzatish birligi- temir yo‘l transportiga taalluqli va o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy fondlar va texnik zaxiralar.
Mehnat va ish haqi statistikasi. Kuzatish obyekti - temir yo‘l transportidagi xar xil toifadagi ishlovchilar. Kuzatish birligi - har bir ishlovchining ish vaqti va ish haqi.
Moliya statistikasi. Kuzatish obyekti - moliyaviy resurslar va ulardan samarali foydalanish. Kuzatish birligi - buxgalteriya va moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlar.
Temir yo‘l transport statistikaning har bir bo‘limi aloxida ravishda o‘z vazifani bajaradi xamda o‘ziga xos xususiy ko‘rsatkichlar tizimini yaratadi. Shu bilan birga temir yo‘l transportida har tomonlama faoliyatini tavsiflash va talkin qilish maqsadida xaqiqiy natijaviy ma’lumotlarni faqat svodkalash natijasida aniqlash mumkin. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi talablarga javob berilishi zarur: tarmog‘idagi ishlab chiqarish samarasini ifodalash; ierarxiya tuzilmasiga bo‘ysunish; ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘lanishni aniq matematik formulalar bilan ifodalash.
Temir yo‘l transportida statistik ma’lumotlar yoppasiga kuzatish shaklida joriy hisobotlarda ifolanadi, bundan tashqari maxsus statistik kuzatish shakli chegaralangan masalalarini yechishda qo‘llaniladi. Rahbariyat organlariga temir yo‘l transporti tarmog‘ida barcha statistik ma’lumotlar markazlashgan xolda hisobot shaklida ikki oqim ko‘rinishida yetkaziladi. Birinchi oqim tezkor-statistik oqim. Ikkinchi oqim statistik oqim. Oqimlarni quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflash mumkin:
Oqimlar xususiyatlari
|
Tezkor-statistik ma’lumotlar oqimlari
|
Statistik ma’lumotlar oqimlari
|
1. Bajarilayotgan vazifa
|
Rejalangan ko‘rsatkichlarni belgilangan muddatda bajarish, tekshirish
|
Temir yo‘l transport faoliyatini tavsiflash va tahlil qilish
|
2. Ko‘rsatkichlar tizimi
|
Chegaralangan
|
Kengaytirilgan
|
3. Minimal hisobot davri
|
Kun-kecha (sutka)
|
Oylik
|
4. Ishlab chiqish muddati
|
Soatlar
|
Kunlar, oylar
|
5. Yetkazish usuli
|
Telefon, telegraf
|
Pochta
|
6. Svodkalash uslubi
|
qo‘lda, markazlashmagan
|
Avtomatlashtirilgan, markazlashgan
|
Temir yo‘l transport statistikada yig‘ilgan statistik ma’lumotlarida temir yo‘l transportnining muayyan ko‘rsatkichlarining haqiqiy xolatini ifoda etadi va shunga asoslanib reja chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Moddiy va mehnat zaxiralarini aniqlab chiqib, ulardan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tannarx harajatlarni kamaytirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |