Tayanch iboralar: statistika ko‘rsatkichi, mutlaq va nisbiy miqdorlar, o‘rtacha miqdor, variatsiya, dinamika qator, mutlaq qo‘shimcha o‘sish, o‘sish sur’ati, qo‘shimcha o‘sish sur’ati.
1.3. Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala. Quyidagi jadvalda korxonalar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqlari, ish haqi fondi va xodimlar soni to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan:
Korxonalar
|
Sentyabr
|
Oktyabr
|
O‘rtacha ish haqi, ming so‘m
|
Xodimlar soni
|
O‘rtacha ish haqi, so‘m
|
Ish haqi fondi, so‘m
|
1
|
1020,0
|
48
|
1040,0
|
499200
|
II
|
1240,0
|
110
|
1260,0
|
1386000
|
III
|
1430,0
|
60
|
1420,0
|
852000
|
Jami korxonalar bo‘yicha har qaysi oy uchun alohida o‘rtacha ish haqi hisoblansin va ish haqining oktyabr oyiga kelib mutlaq va nisbiy jihatdan o‘zgarishini aniqlang va tahlil qiling.
2-masala. Ishlab chiqarish normasining bajarilish darajasiga qarab korxona ishchilari quyidagicha taqsimlangan:
Ishchilarning ishlab
chiqarish normasining
bajarilishi bo‘yicha
guruhlari, %
|
Ishchilarning soni, jamiga nisbatan foizlarda
|
yanvar
|
fevral
|
Mart
|
90 gacha
|
4
|
1
|
1
|
90-100
|
8
|
3
|
3
|
100-110
|
30
|
26
|
12
|
110-120
|
21
|
33
|
35
|
120-130
|
19
|
22
|
26
|
130-140
|
14
|
12
|
14
|
140-150
|
4
|
3
|
9
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
Mavjud ma’lumotlardan foydalanib, har qaysi oy uchun alohida hisoblang:
1) ishlab chiqarish normasining o‘rtacha foizi;
2) moda va mediana;
3) o‘rtacha kvadratik chetlanish;
4) o‘rtacha kvadrat chetlanish (dispersiya);
5) o‘zgaruvchanlik koeffitsienti.
1.4. Nazorat savollari:
Statistika fanining predmeti?
Statistik belgi, to‘plam va ko‘rsatkichga ta’rif berilsin?
Statistik ko‘rsatkich deganda nimani tushunasiz?
Statistik kuzatishning turlari?
Statistik hisobot va uning turlari?
Statistik kuzatishning xatolari va ularni tekshirish?
Statistikada variatsiya deganda nima tushuniladi?
Variatsiya qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Dinamika deb nimaga aytiladi?
Dinamika qatorlari deganda nimani tushunasiz?
Dinamika qatorlarini tuzishdagi qoidalarni bilasizmi?
Momentli qatorlar deb nimaga aytiladi?
Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi?
Momentli va davriy qatorlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (kamayish) ko‘rsatkichini aniqlash tartibini tushuntiring.
O‘sish yoki kamayish sur’atini aniqlash zaruriyati nimada va qanday hisoblanadi?
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’ati qanday aniqlanadi?
1 foiz qo‘shimcha o‘sishning (kamayishning) mutlaq ahamiyati qanday hisoblanadi va u nimani tavsiflaydi?
1.5. Testlar
1. Har qanday statistik tadqiqot quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) faqat statistik kuzatish;
b) faqat kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash;
v) kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish;
g) statistik kuzatish, kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash, har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.
2. Statistik formulyar:
a) alohida shaklda bo‘lishi mumkin:
b) ro‘yxat shaklida bo‘lishi mumkin;
v) anketa shaklida bo‘ladi;
g) alohida va ruyhat shakllarida bo‘lishi mumkin.
3. Bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari o‘rtasidagi tafovut:
a) registratsiya (qayd qilish) xatolari deb yuritiladi;
6) reprezentativ (vakolatli) xato deb yuritiladi;
v) arifmetik hato deb yuritiladi;
g) registratsiya (qayd qilish) va reprezentativlik xatolari deb yuritiladi.
4. Statistikada variatsiya (o‘zgaruvchanlik) deyilganda:
a) to‘plam birliklari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik tushuniladi;
b) to‘play o‘rtachalari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik tushuniladi;
v) bosh va tanlama to‘plam o‘rtasida o‘zgaruvchanlik; .
g) to‘plam birliklari va o‘rtachalari o‘rtasidagi tafovut (farqlanish), o‘zgaruvchanlik tushuniladi.
5. Variatsiya koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
a) K=Xmax+Xmin b)
v) g) .
6. O‘rtacha mutlaq tafovut oddiy qatorlar uchun quyidagi formulalarning qaysi biriga asoslanib hisoblanadi?
A) b)
V) g) .
Do'stlaringiz bilan baham: |