1–bo‘lim. Statistika umumiy nazariyasi asoslari
1- bob. Statistik kuzatish va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar
Statistik kuzatish
Idora, korxona, tashkilotlarda statistika ishlari ma’muriy statistika deb yuritiladi. Amaliyotda yagona hisob joriy qilingan, u uch turdagi hisobni o‘z ichiga oladi:
Tezkor texnika hisobi.
Buxgalteriya hisobi.
Statistika hisobi.
Statistika hisobi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni yanada chuqurlashtirish;
- iqtisodiyotning barcha hisobotlarini tartibga solish va ularning aniqligini ta’minlash;
- xalqaro statistika andozalari va qoidalariga mos ilmiy asoslangan statistika uslubiyat va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
- xo‘jalik yuritishning turli shakllarini (davlat, xususiy, aralash) mulkchilikning ko‘p qirraligini ifodolovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
- bozor munosobatlari sharoitida korxonalarning ish samaradorligini, yuqori mehnat unumdorligi va aholi ehtiyojini to‘liqroq qondirilishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish;
- davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va mintaqalararo xo‘jalik aloqalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
- milliy hisoblar tizimi va yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga bo‘lgan talabga e’tiboran, ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasida statistika tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish.
Statistika amaliyotida asosiy masalalardan biri bu statistik to‘plam, uning tuzilishi, tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi tushunchalaridir.
Statistik to‘plamning muhim belgisi – unda ichki o‘zgaruvchanlikning, ya’ni variatsiyaning mavjudligidir. Masalan, temir yo‘l transportida yuk tashish jarayonida yuk tashuvchi vagonlarni toifalari va yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha hisobga olish. Yuk ortish va yuk tushirish bo‘yicha statistik hisobotlar bekatlar, mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU), yuk turlari bo‘yicha tuziladi va tahlil qilinadi. Statistik to‘plam statistik tadqiqot natijasida paydo bo‘ladi. Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o‘z ichiga oladi: statistik kuzatish; kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash; kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. Statistik kuzatish turlari quyidagilar:
Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab: uzluksiz kuzatish; fursatli kuzatish; bir yo‘la kuzatish.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab: bevosita kuzatish; xujjatli kuzatish; savol-javob usuli.
O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab: yoppasiga kuzatish; qisman kuzatish.
Statistik kuzatish o‘tkazilgandan so‘ng uning natijalarini qabul qilish boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma’lumotlar uch nuqtai nazardan tekshiriladi:
Tashqi nazorat;
Mantiqiy tekshirish;
Arifmetik tekshirish.
Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki xildagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va reprezentativ (vakolatli) xato. Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plangach, keyingi vazifa olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solishdan iboratdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiklangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo‘linadi. Svodkalash tashkil qilinishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo‘linadi. Qayta ishlash texnikasiga qarab svodkalash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat talab qilinadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi.
Keng ma’noda svodkalash deyilganda to‘plangan boshlang‘ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo‘yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o‘rganishga aytiladi.
Guruhlash usuli ommaviy to‘plamlarda keng qo‘llaniladi. Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch turdagi vazifa yechiladi:
Hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o‘rganiladi,
Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi.
Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Ko‘zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai-nazaridan statistik guruhlash uch turga: 1) tipologik; 2) tuzilmaviy; 3) analitik guruhlashga bo‘linadi.
Tipologik guruhlash yordamida to‘plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo‘lgan guruhlarning salmog‘ii hisoblanadi va to‘plam tarkibi o‘rganiladi. Bunday guruhlashlar yordamida temir yo‘l transportida xo‘jaliklar bo‘yicha daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlari, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o‘rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish o‘rganiladi. Ikki va undan ortiq belgilar bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlash deyiladi.
Statistik kuzatish ma’lumotlari qayta ishlab bo‘lingach, guruhlarga ajratilib, jadvallarda aks ettiriladi. Ijtimoiy voqea va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi, tushunish oson bo‘ladigan va ixchamlashgan sonlar yordamida tartib bilan yozishga statistik jadval deyiladi. Jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavxaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi territoriya, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim. Har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir.
Har xil ko‘rsatkichlarda ifodalanadigan statistik to‘plamlar jadvalning egasi, o‘rganilayotgan to‘plamlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa ung tomonida bo‘ladi.
Temir yo‘l transportida tashilgan yuklarning tahlilini o‘tkazishda 1- jadvalda berilgan shartli raqamlar misolida analitik guruhlashni ko‘rishimiz mumkin:
1 jadval
201X yil 1 choraqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuk toifalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan xarajatlarini
taqsimlanishi*
Yuk toifasi
|
Tonno-kilometr netto, mln
|
Boshlang‘ich-yakuniy operatsiyalardan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari
|
Boshlang‘ich-yakuniy operatsiyalar xarajati
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |