www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
Shu yergacha hammasi ravshan. Ochko‘zlikning gunohligi dindorlardan boshqalarga
ham tushunarli ekani xususida bahs qilib o‘tirish shart emas. O'tgan asrlarda fidoiylikka
qaytish haqidagi ko‘plab da'vatlar odamlarning ensasini qotirar ediki, ularni biror qaror
qabul qilish uchun yetarli deb bo‘lmaydi. Modomiki, dinlar insonlar qilgan gunohlar
oqibatini bartaraf etar darajada qudratli ekan, «yaxshi bo‘lish» uchun yolvorish
kamdan-kam hollarda ta'sir kuchiga ega bo‘ladi, unga islohotlarning amalga oshirish
mumkin bo‘lgan paradigmasi yo‘ldosh bo‘lishi kerak. Ravvin ham, yepiskop ham real va
muayyan narsadan boshqasini taklif etishi qiyin; bu siyosatchilar va liberal OAV murosa
qilgan, hattoki, yo‘l sifatida tanlagan narsa bo‘lsa ajab emas. Biroq biz maqomi
muayyan ijtimoiy, shuningdek, ma'naviy dasturda «millatlarga saxiylik» deb bayon
etilgan vositachi orqali diniy erkinlik bilan siylangan musulmonlar sifatida bilamizki,
jamiyatning mavjud og‘ir ahvolini hech qachon va'zgo‘ylik bilan tuzatib bo‘lmaydi.
Struktural o‘zgarishlar ham talab etiladi: biz muammoning tortish kuchi ta'siriga tushib
qolib, bunday o‘zgarishlar og‘riqli bo‘lishi mumkinligidan ajablanmasligimiz kerak.
* * *
Oila inqirozining sababi hukmron mafkuralar uni tan olmayotganida ekani kundek
ravshan. Siyosatchilar o‘z sharmandaliklari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda: ochig‘ini
aytganda, prezident Klintonning shahvatparastlik bilan bog‘liq o‘z qilmishlarini tan olishi
zerikarli hodisalarning ipga tizilgan so‘nggi munchog‘idir, bu esa siyosiy arboblarning
axloqiy hayot borasida boshqalarga namuna bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Oval -
tuxumsimon kabinetda, har bir vazir va parlament a'zosining kabinetida bizga kerakli
yashirin jinoyat belgilari stol tortmasida turadi va ularning har bir zerikarli xat yozish
lahzasiga lazzat baxsh etadi, bu hol ularning, o‘zini sipo tutishiga qaramay, bir pulga
qimmat odam ekanini tasdiqlovchi tartibsizlikdir. Ayrim parlament a'zolarining kotibalari
ikkinchi xotinlaridir. Aslida ular maxfiy jazmanlarning ikkinchisidir. Ko‘pxotinlilik tasodifiy
istisno emas, xuddi musulmon mamlakatlaridagi kabi, odatiy holdir. Faqat me'yorni
bilmaydigan telbalik yoki mutelikkina tiyiqsiz shahvatparastlikka mubtalo bo‘lgan
siyosatdonning qarama-qarshi jins vakilasi bilan yarim tungacha ishlashini, o‘yindan o‘t
chiqishi ehtimoldan xoli emasligini ko‘rib, ko‘rmaslikka olishi mumkin. Bunday sharoitda
mavjud tizim bolalar, er yoki xotinni himoya qilish chorasini topolmaydi. Oqibatda ular
yuragiga o‘z joniga qasd qilar darajada jarohat yetadi. Shaxs huquqlari oila
huquqlaridan baland turadi, degan buzmakor tushuncha ikkalasining ham inqiroziga
sabab bo‘ldi.
Biroq siyosat muhitning eng qayg‘uli namunasidir. Eronliklar uni «olov va paxtaning
apoq-chapoqligi» deb ataydi. Jinsiy tegajog‘lik xususida davom etayotgan iztirobli
bahslar intim xohishlar dasturxon bo‘lmayotgan jamoat joylar kamdan-kam
qolayotganini ko‘rsatmoqda. Ilgari hech qachon jamiyatda erkak va ayol har kuni
aralashib ishlamagan hamda shayton yo‘ldan urishi va xiyonat uchun imkoniyatlar shu
darajada ko‘payib ketmagan edi, bu holni axloqsizlik tarafdori bo‘lgan jurnalist ham,
siyosatchi ham va ijtimoiy strateg ham ko‘rmasligi mumkin emas.
Tomas Vulfning mashhur «Manmanlik o‘ti» romanida yosh moliyachi «shahvoniy
hirslarga cho‘kib ketgan» Nyu-York farzandi bo‘lgani uchun ham zino qilib, xotini va
qizining hayotiga zomin bo‘ladi. Uning tubanligiga sabab bo‘lgan hol jinslarning
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |