Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
tuzumdan voz kechgan kamolchilar Turkiyasida, xoh Rizo Shoh Eronida bo‘lsin, yangi 
milliy kiborlar tayyorlagan, ulardan kam qudratga ega bo‘lmagan erkak kiborlar esa 
shahar ayollariga ozodlik berish bo‘yicha ijtimoiy dastur ishlab chiqishni tezlashtirgan 
edi. 
Ayollarni ozod etish tili
[101]
va siyosatida erkaklar ustunlik qilgan paytlar ular tez-tez 
ikki tomonlama begonalik hissini tuyar edi. Ayollarni ozod etish harakati alal-oqibat 
nosirizm va baasizm singari vakolatli sotsialistik millatchilik jarayonlariga qo‘shilib ketdi. 
Nosirizm islomga xos edi, chunki erkak qonun chiqaruvchilar bu ozodlikni majburan joriy 
etdilar, sababi, uning mahalliy yoki ilohiy kitoblarda qayd etilgan asosi o‘z ahamiyatini 
yo‘qotib borayotgan yoki (kommunistik boshqaruv domidagi musulmonlar muhitida) 
jangarilik holatida emas edi. Baasizmni esa davlat yuritayotgan bo‘lib, so‘zamollik va 
qonunchilikka qaramasdan, u ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yetarli emas deb 
topdi. Demokratik hisob berish yoki an’anaviy zodagonlarga xos sharaf kodeksining 
yo‘qligi tufayli yuqori mansablardagi kishilar o‘rtasida korruptsiya va kalondimog‘lik
urchib ketdi. Bu aksariyat hollarda mehnat taqsimotining an’anaviy shakllarini qayta 
tasdiqlash ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ko‘pincha bu ko‘hna aslzodalarning barham 
topishi va ular o‘rniga ayollarga xos tana tuzilishi dehqonlarga borib taqaladigan harbiy 
kishilarning paydo bo‘lishida yaqqol ko‘rindi.
Mustamlakachilikdan so‘nggi inqilobchi avlod birin-ketin dunyodan o‘tib ketayotgan eng 
yangi davrda bu ikki barobar begonalashuv musulmon ayollarning murakkab javob 
harakatlariga sabab bo‘ldi. Bu harakatlar ularning an'anadan g‘arb feminizmi 
nazariyotchilaridan o‘rganilgan sxemalar foydasiga ateistlarcha voz kechib yuborishidan
to o‘rta asrlar shariatining keskin maslak tafovutiga oid hukmlarini ishonch bilan qayta 
tasdiqlashgacha bo‘lgan sipehri - spektrida zuhur bo‘ldi. Misrda Zaynab al-G'azaliy va 
Safinaz Kozim singari ayol yozuvchilar feminizmni madaniyat mustamlakachiligi sifatida 
mazax qiladi, ular G'arbning yolg‘iz otalik yoki onalik va ajrashish singari ijtimoiy 
muammolarini bir-bir sanab o‘tar ekan, ularga ayollar harakatiga esh bo‘lgan holat deb 
qaraydi hamda ko‘pincha hanballashtirishni, musulmonlarning muqaddas kitoblarini 
o‘qishni muammo yechimi sifatida tavsiya etadi.
Ushbu qutblashuv yirik madaniy qutblashuvning kichik bir bo‘lagidir, u zamonaviy 
musulmon madaniyatlarida g‘arblashgan milliy aslzodalarni o‘sib borayotgan quyi-o‘rta 
islomchi sinflardan ajratib turadi. Ammo bu qutblashuv kerak bo‘lganda nisbatan 
murakkab strategiyalar bilan birga yashashga majbur. Keyingi o‘n yil ichida g‘arb 
tamadduniga bo‘ysunish va muqaddas kitoblar aqidalarini tushuntirishda bo‘shanglik 
qilayotganlikda ayblanishi mumkin bo‘lgan yangi musulmon mutafakkirlari avlodi paydo 
bo‘ldi. Ular anaxronistik tarzda risoladagi o‘tmishdan ham, boshqalarning bugungi 
kunidan ham, islom feminizmidan ham nusxa ko‘chirishni istamaydi. Turli-tuman 
mahalliy xususiyatlarga moyil bunday mualliflarni ta'riflash qiyin. Biroq ba'zan ular sobiq 
marksistlar bo‘lib chiqadi. Buning yorqin misoli Aziza al-Hibriydir. Boshqalari esa 
Turkiyada. U yerda 90-yillarning boshida kommunizm obro‘siga putur yetishi ziyolilar, 
yozuvchi va siyosat faollarining islom tomon yuz burishini tezlashtirdi. Ikki turk juvoni: 
Zakiya Demir va Zakiya O'g‘uzxon ushbu tamoyilning vakilalaridir. Zakiya O'g‘uzxon «Bir 
ro‘molning kundaligi» asarida kamolchilarning ayollarni yangilik uchun an'anadan ozod 
bo‘lishga majbur etishi hanuz ularning ozodlikdan mahrum bo‘lib qolayotganiga sabab 
bo‘lgani kinoya bilan bayon qilinadi. Turkiya sharoitida ayollar dindorligiga universitetlar 
va hukumat idoralarida jinoyat deb qaralishi bunga misoldir. Demirning 1998 yili 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish