www.ziyouz.com
kutubxonasi
55
Shunga qaramasdan, gomoseksualizmning harakatlantiruvchi kuchi juda kam
o‘rganilgani ayni haqiqatdir. Bu hol darvinizmning ma'lum vaqt o‘tishi bilan aksil-
reproduktiv xossalarning sistemali ravishda yo‘qolib borishi xususidagi faraziga qarshi
qat'iy dalil sifatida paydo bo‘lmoqda. Ba'zi bir madaniyatlarda bu hol juda kam uchraydi:
Vilfred Tezigerning yozishicha, u o‘zining arab badaviylari bilan uzoq sayohatlari
davomida hech qachon odamni kamsitadigan bunday amaliyotga duch kelmagan. U
boshqa jamiyatlarda, xususan, zamonaviy shahar madaniyatlarida juda keng
tarqalgan. Nega aynan shunday bo‘lishi kerakligi xususidagi nazariyalar tiqilib yotibdi:
ba'zi bir tadqiqotchilar aholi haddan ziyod ko‘payib ketgan jamiyatlarda bu tamoyil
tabiatning nufus o‘sishini nazorat qilish usulidir, deb safsata sotadi. Bizga aytishlaricha,
laboratoriya kalamushlari haddan ziyod yorug‘ chiroqlar, qattiq shovqin va bir joyga ko‘p
yig‘ilish oqibatida bezovta qilingan taqdirda ham geteroseksualligicha qolaveradi. Boshqa
olimlar esa kontratseptiv dori iste'mol qiluvchilarning ichimlik suviga solingan minglab
tonna estrojen
99
natijasida «gormonlarning bulg‘anishi» ta'siri haqida mulohaza
yuritishadi. Bu ham hali isbot etilmagan.
Ayrim olimlar yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida gomoseksual tamoyillar har doim
ham hayot davomida orttirilmaydi, ba'zi bir shu dardga mubtalo bo‘lgan individuumlar
xromosomalarining aniq-taniq nosozligi bilan tug‘iladi, degan xulosaga keladi. Buning
axloq ilohiyotshunosligi uchun qanday ahamiyatga ega ekani ayon: Qur'onning odamlar
faqat o‘z ixtiyori bilan sodir etgan xatti-harakatlari uchungina javobgardir, degan qat'iy
hukmini inobatga oladigan bo‘lsak, gomoseksualizm ma'lum ma'noda tug‘ma moyillik
sifatida gunoh sanalishi mumkin emas.
Albatta, bundan ushbu moyillikka mos harakatlarni oqlash mumkin, degan xulosa kelib
chiqmasligi kerak. Shunga o‘xshash tadqiqotning dalolat berishicha, ko‘pgina insoniy
mayllar, xususan, o‘t qo‘yish va boshqa jinoiy xulq shakllari ham ba'zida genetik
tartibsizlik oqibati o‘laroq, yuzaga chiqadi; binobarin, shuning uchun ham hech kim xulq
axloqiy nuqtai nazardan izchil degan xulosaga kela olmaydi. Biz buning o‘rniga Alloh
odamlarga turli-tuman jismoniy va aqliy hadyalar bergani, ul zot ba'zi birlarimizni
axloqiy mayllarni berish orqali sinashini, biz uni o‘z-o‘zimizni isloh qilish va intizomning
bir qismi sifatida kurashib yengishimiz orqali o‘rganamiz. Butun borlig‘i bilan uylarga o‘t
qo‘yishni istovchi aqlli mijozga bu istakni yengish uchun o‘ziga xos iroda berilgan. Kuchli
gomoseksual xohishi bo‘lgan erkak yoki ayol xuddi shunday sinovga duchor bo‘ladi.
Taqvodor kishi uchun gomoseksual ishlar ham metafizik, ham ma'naviy jinoyatdir.
Geteroseksualizm esa qarashlar yig‘indisi - kontseptsiya sifatida yangi hayotga,
farzandlarga, nabiralarga va so‘ngsiz avlodlarga eltuvchi g‘aroyib ittifoqdir: u cheksizlik
eshigidir. Buning mutlaq ziddi bo‘lgan besoqolbozlik esa jahannamga eltadi. Har
doimgiday, g‘urur yerga urilganda eng yaramas illat yuzaga chiqadi.
Albatta, bularning birortasi ham dunyoviy tafakkurni qiziqtirmaydi, chunki u mavjudlikda
ma'ni ko‘rmaydi hamda eng oliy lazzat va zavq inson hayotining maqsadi bo‘lishi
mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi. Ko‘plab vatandoshlarimiz biz dunyoga
ko‘nglimizni poklash va ilohiyot mavjudligi tufayli bemisl baxt hissini tuyish uchun
kelganimizni mutlaqo tushunmaydi. Shuningdek, homofiliyaga qarshi dunyoviy dalillar
ham yetarli, biz ularni o‘z fikrimizni dalillashda istifoda etishimiz mumkin.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |