Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
56
Gomoseksualizm nikoh instituti - qurimi uchun ko‘p zararlidir. Uning targ‘ibotchilari bir 
faktni tan olmasligi mumkin, ammo u bizning eng muhim yashash tarzimiz - erkak va 
ayol ittifoqi ildiziga bolta uradi. Vaholanki, biz aynan shuning uchun dunyoga kelganmiz 
va bu farzand o‘stirish uchun qulay tabiiy sharoitdir. Tabiatning ilgarigiday nufuzi 
qolmagan, odamlar ming-ming yillardan beri yashab kelgan hayot yo‘lidan butunlay 
chiqib ketgan bizning davrimizda jamiyat erkak-ayol ittifoqini qadrlashga arzirlik yagona 
hodisa ekaniga ishona olmaydi. Muqobil yo‘llar ko‘p tarqalgani sari muqaddas sanalgan 
me'yorlar kamayib boraveradi. Gomoseksualistlar tarafdorlarining har bir g‘alabasi 
jamiyatning yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan me'yorlarga qarshi urilgan kuchli 
zarbadir.
Gomoseksualizmga qarshi kampaniya - mujodala oilani muhofaza etish uchun kurash 
kontekstida hamma qilishi kerak bo‘lgan ishga aylanib bormoqda. Baqir-chaqir qilib 
yurgan, yepiskoplarni ko‘chaga haydab solayotgan va besoqolbozlikka izn beradigan 
yoshni pasaytirishni talab qilayotgan mutaassiblar 
fitrat
ning ashaddiy dushmanidir. 
Ibtidoiy me'yor bo‘lmish fitrat bani basharning rang-barangligi yo‘lida yangi avlodni 
tarbiyalash vositasi o‘laroq, o‘zini nikoh orqali izchil namoyon qila bordi. Islom inson 
tanasining tabiiy ehtiyojlarini hisobga olar ekan, nimaiki 
fitrat
ga qarshi bo‘lsa, insoniyat 
va Allohga ham qarshidir, degan aniq-ravshan tushunchada sobit turadi. Bu tushuncha 
qonunlarda o‘z aksini topishi kerak, u uzoq vaqt mobaynida oilani zavqli «turmush 
tarzini tanlash» diapazonlaridan biri sifatida nisbiylashtirish yo‘llarini izladi.
Ma'lumki, inversiya - qadriyatlarning oyog‘i osmondan bo‘lishi ham individual, ham 
ijtimoiy nuqtai nazardan zararlidir. 1997 yili uch nafar amerikalik akademik 
besoqolbozlik amaliyoti VICh infektsiyasi tarqalishiga sabab bo‘ladi, deb 
gomoseksualizmni mazax qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Ular milliondan oshiq 
amerikaliklarning hayotini zimiston qilayotgan ushbu vaboning tabiati to‘g‘ri hayot 
kechirayotgan insonlarga nisbatan zamonaviy haqoratdan boshqa narsa emasligini 
ko‘rsatib bergan edi. Bevosita aksiljismlar
100
, bizni mikroblar dunyosidan himoya 
qiladigan inson immunitet tizimi yadrosi o‘zimiz o‘z tanamizni buzishimiz miqyosiga 
qarshi tura olmaydi. Bu, ayniqsa, islom uchun tushunarlidir. Imom Malik hikoya qilgan 
hadis insonning bu tanlovi nimalarga olib kelishi mumkinligini bizga sabr-toqat bilan 
eslatib turadi: «Axloqsizlik hech qachon uni odamlarning o‘zi tarqatmaguncha paydo 
bo‘lmaydi, u ota-bobolarga yot bo‘lgan jazava va vabo bilan birga tarqaladi». SPID 
ilohiy jazo emas, bu juda qo‘pol qarashdir. Bu bizga ilohiy 
nomos
- qonunlarni
buzganimizda nimalarga duchor bo‘lishimiz mumkinligi eslatmasidir. Biz bu qonunlarga 
rioya etib, insoniylik me'yorlariga uyg‘un holda yashaymiz, bu me'yorlarning asosiy 
maqsadi bizni eson-omon saqlashdir. 
Ba'zan musulmonlar G'arbdagi oila qadriyatlari inqirozi insoniyatning aksariyat qismi 
manfaatlariga mos keladi, deb hisoblaydi. Ular tushkunlik G'arb tanlagan yo‘l va u 
shunga munosibdir; G'arb jamiyatining muqarrar portlashi axloqan mustahkam bo‘lgan 
islomga dunyoning kuchli tamadduni sifatida o‘z o‘rnini qayta egallashiga maydon 
hozirlab beradi, deyishadi. Bu nazariyaning ko‘ngilni xijil qiladigan jihati shundaki, 
portlash yalpi inqiroz alomatlarini zohir qilayotganicha yo‘q. Texnologiya va boylik o‘sib 
borayotgan baxtsiz hodisalarga barham bera oladigan kuzatuv va ijtimoiy ta'minot 
tizimini vujudga keltirishga imkon yaratmoqda. Taqdir hazilini qarangki, Yangi Dunyo 
Tartibiga posbonlik qilayotgan davlat qorong‘i tushganda o‘zining Markaziy xiyobonida 
tartib o‘rnata bilmaydi. Biroq biz ahmoqlarcha nekbin bo‘lsak ham, yoki mutlaq 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish