XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
45
aloqadan tiyilish idealizmning yaqqol ko‘rinishlari, ushbu dialektikani osib qo‘yish
mumkin bo‘lgan qoziq vazifasini bajargan narsa uning
dastlab yozilgan aksariyat
pesalarining mavzusi edi.
Albatta, Shou o‘zining fabiy
[79]
cha hurfikrlik bilan yo‘g‘rilgan javobining talabga javob
bera olmasligini yaxshi bilar edi. Hurfikrlilik bo‘lmasdan turib jinsiy aloqa erkinligiga
qanday erishish mumkinligi u mashg‘ul bo‘lgan sohada chindan ham hal etilgan bir-ikki
masalaning biri edi
[80]
. Biroq Ibsenga uning «Qaysar va galileyalik» pesasi qanchalik
qadrli bo‘lgan bo‘lsa, Shou ham yozilajak eng zo‘r pesasida
superodamni yaratish
g‘oyasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Hesket Pirson yozganidek:
Shou ko‘p yillar davomida (bu 1913 yil edi) payg‘ambar haqida pesa yozishni o‘ylab
yurar edi. Uning tabiatiga ko‘proq mos keladigan qahramon jangari vali edi, bu
qahramonni u chin dilidan xush ko‘rar va shuning uchun uni sobit intuitsiya bilan
tasvirlashi mumkin edi. Butun tarix davomida uning talablariga to‘la javob bera oladigan
birdan-bir mukammal soqolli qahramonga Muhammadgina prototip bo‘lishi mumkin
edi
[81]
.
Shou 1913 yilgi kundaligida mana bunday deb yozadi: «Men ancha vaqtdan beri
Muhammadning hayoti xususida drama yozishni niyat qilib yurar edim.
Biroq Turkiya
elchisining norozi bo‘lish ehtimoli - yoki norozilikdan xavfsirash - lord Chemberlenning
bu pesa qo‘yilishiga litsenziya bermasligiga sabab bo‘lishi mumkinligi meni to‘xtatib
qoldi». Aynan shu sababdan, Pirson yozganiday, u «Avliyo Jon» pesasini yaratadi.
Shou ham, xuddi Ibsen singari xudoni sevar, biroq xristianlik uning g‘azabini qo‘zg‘ar
edi. U buni «o‘sib borayotgan narsa alal-oqibat xochga
mixlash bilan oyoq osti
qilindi»
[82]
, bu hol gunohlardan forig‘ bo‘lishdan safsata sotib, «bir pulga qimmat
gunohdan forig‘ bo‘lish bilan sotib olingan axmoqona qasos edi»
[83]
, deya tasvirlagan
edi. Uning qarshilik ko‘rsatmaslik haqidagi mafkurasi zolim hukmdorlar uchun ayni
muddao edi, u hatto odatda o‘zining din uchun makon hozirlashday maqsadini ham
yerga urar edi. «Ijtimoiy najot individual adolat qaror topmasidan burun
yuzaga chiqishi
kerak»
[84]
. Binobarin, Janna d'Ark yoki Muhammadning chizgilari pesaning satrlari
orasidan elas-elas ko‘zga tashlanib turadi. U tug‘ma peshvo bo‘lib, uning xudodan
eshitgan ovozlari asldir (bu Shouning yolg‘onni fosh qilishga debocha bo‘lmagan
yakkayu yagona g‘ayritabiiy rejissyorlik san'atidir)
[85]
; Janna «norozilik bildirayotgan
payg‘ambar, hamma
narsani kunpayakun qiluvchi, Hayot Kuchining faol agenti»dir
[86]
,
uni «idealistlar» (cherkov) qoralaydi, u murosa qila olmaydi, biroq siyosiy
donishmandlikni muqaddas deb biladi, chunki,
Shou astoydil ishonganiday, «hukumat
dinsiz mavjud bo‘la olmaydi»
[87]
.
Islom dunyosining javobi yetarli darajada ravshan. Biz Shouning «Avliyo Jon» pesasi
T.E.Lourensning arablarning jasurliklari xususidagi ertaklarni o‘z ichiga olgan
«Donishmandlikning yetti rukni» asarini tahrir qilayotgan paytda yozilganini bilib qolib
ham hayratlanmaymiz
[88]
. Garchi Lourens o‘limiga qadar Muhammadning
tarjimai holini
yozish niyatidan voz kechgan bo‘lsa-da, ikki do‘st bu masalani muhokama qilganiga
shubha yo‘q.
XX asrdagi musulmon payg‘ambari bilan Yevropaning xristianlikdan keyingi ideallari
o‘rtasidagi bunday o‘xshashliklarning romantizm bilan umumiy jihatlari ko‘p. Bu yerda
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: