Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

 
Tanatos
Albatta, Hamletni «shafqatsiz omadning kamon va yoylaridan aziyat chekib turib ham 
xayolan aslzoda bo‘lish mumkinmi yoki o‘zingni mushkul ahvolga solgan dengizga qo‘l 
ko‘tarib, mushkulotlarni kunpayakun qilish kerakmi?» qabilidagi ikkilanish qiynaydi. Bu 
yerdagi o‘zini qurbon qilish uchun aslzodalikni tanlagan xristian (va ba'zi bir dunyoviy) 
hukmlar salbiydir. Lyuteranlarning din tarixiga «ikki podsholik» deb atalgan printsip 
asosidagi yondashuvi ta'sirida bo‘lgan Kennet Kregg bu holni Muhammadning o‘zini tinch 
yo‘l bilan qurbon qilgan Iso Masihga nisbatan quyiroq maqomdagi ruhoniy bo‘lganining 
bosh isboti sifatida keltiradi. Unga ko‘ra, Rumiyning hijratga oid ma'naviy talqini g‘alati 
va tarixiylikdan xoli bo‘lgan ters bir narsadir. U payg‘ambarning «jamoa uchun, qarshi 
turish uchun, tashqi g‘alaba uchun, tinchlantirish va boshqarish uchun» sochmasiga ko‘zi 
tushib, ayyuhannos soladi.
[69]


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
Payg‘ambari o‘zini Iso Masihning izdoshi deb biladigan va uni hurmat qiladigan 
musulmonlar Kreggning bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita chigal vaziyatga ilohiy 
yechim topib berish uchun yuborilgan ikki kishini bir-biridan ajrata olmaganiga hayron. 
Xristianlar, isoshunoslik nuqtai nazaridan, Isoni ustun deb e'tirof etishga majbur. Biroq 
asl vaziyatdan xabardor bo‘lish o‘zaro solishtirish chog‘ida, hech bo‘lmaganda, 
og‘machilikka yo‘l qo‘yishdan qochishga xizmat qilishi kerak-ku. Yaqinda 
ilohiyotshunoslikda ro‘y bergan burilishlar bu o‘zgarishni tasdiqlaydi. Payg‘ambarning 
jinsiyati bilan bog‘liq munozaralar so‘nggi 50 yil ichida jimib ketdi, endi uning siyosiy 
hayoti bilan bog‘liq tortishuvlar ham oradan ko‘tarilishi mumkinmi? Barcha xristianlar 
Kreggning qarashlariga qo‘shilmasligini anglagan holda, dunyoning adolatsizliklariga 
axloqiy jihatdan eng to‘g‘ri javob harakatsiz va tahammulli guvohlikdir. Bugungi kunda 
Qaysar oyoq osti qilgan deb hisoblanayotgan ishlarning amaliy oqibatlarini qayta 
baholash istagi kuchayib borayotibdi. Eng dahshatlisi, XX asrning eng katta ta'sir 
kuchiga ega bo‘lgan cherkov arboblaridan biri Payus XII ning aybi «davrning eng qora 
kuchlari bilan hamtovoqlik»
[70]
da edi. U hijratning qaysi faol, mardona narratsiyasidan 
bahra olganki, siyosati bunday cheklovlarga duchor bo‘lgan? 
Bunga o‘xshash taxminlardan foyda yo‘q, biroq biz o‘z-o‘zimizdan, yigirmanchi asrning 
moslashuvchanlik so‘qmoqlari va «Yaratganning kunini kutish» oqibatlari bizni so‘roq 
qildimi yoki yo‘qmi, yoxud sarroflarni qamchi bilan haydab solgan Iso Masih o‘rniga 
«Unga qarshilik ko‘rsatma, u yovuzdir» deb amr etgan kishiga Pavelning ko‘rsatgan 
ko‘zbog‘lamachiligini bekor qildimi, yoki yo‘qmi deb qayta-qayta so‘rashimiz mumkin. 
Hozirgi kunda ko‘pgina Injilga oid tadqiqotlar Iso ta'limotidan faol va mutaassiblik 
rishtalarini yulib tashlaydi. Ularni Rim inkvizitsiyasidan qo‘rqqan ma'ruzanavislar 
ehtiyotkorlik tufayli lom-mim demagan yoki ma'ruzalardan chiqarib tashlagan edi. 
Bunday qarash har qanday «ikki podsholik» ilohiyotshunosligini bezovta etib, kamqon 
viktorian messiyalarining Holman Hantcha turli-tumanligini kunpayakun qiladi. Bu hol 
xristianlarning ibodatxonalarni yana tozalovchisini hurmat qilishiga yordam beradimi? 
Zamonaviy xristianlar Isoni qaytadan yahudiylashtirmay turib ham quyidagicha 
o‘zgarishga yuz tutmoqda: 
Men xristian Tavroti va xudomiz bo‘lgan Iso Masih Injili barcha adolatsizlik va yovuzlik
zulm va ezishni yo‘qotishi va... ul zot barcha hijrat qilganlarni ozod qiluvchi Alloh 
ekanini ko‘rsatmoqchiman. Ul zot o‘z bandalarini har qanday tutqunlikdan emin 
qiladi
.
[71]
Xaloslik, ya'ni emin bo‘lish mavzusi Lotin Amerikasidagi ozodlik kurashchilari va 
zamonaviy katolik cherkovi o‘rtasida ba'zi hollarda keskin ziddiyatlarga sabab bo‘lgan 
sharoitda vujudga kelgan bosimni mavhum yo‘l bilan qayta taqsimlashdan, ya'ni 
xristianlikdan ko‘ra ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bu hol, Shabbir Axtar shubha 
bildirayotganiday, islomdagi taxminlarga qiziqish uyg‘otishi kerak bo‘lgan xristianlikning 
yangi imkoniyatlari tug‘ilishi oldidan boshlangan to‘lg‘oqlari bo‘lishi mumkinmi? Hijrat, 
Rumiyda bo‘lgani kabi, dunyo nuqtai nazaridangina emas, balki, unga daxl qiladigan 
zolimlar nazdida ham ozodlik nishoni bo‘lib ko‘rinadi. Aslida musulmonlarning Tavrot 
xususidagi eng umumiy iddaolaridan biri unda yangi Musoning kelishi bashorat 
qilinganidir.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish