XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
O'rta asrlarning shunga o‘xshash munozaralari jinsiyatga bo‘lgan munosabatning xristian
dunyosini sarosimaga soladigan tarzda keskin o‘zgarishi oqibatida tumanday tarqab
ketdi. Bugungi kunda har bir kishi inson tabiatining tarixan ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan
nikohsizlik va'dasi tufayli buzilishi oqibatida qanchalar nadomat chekkanini ko‘rishi
mumkin
[66]
va Kungning taraddudlanishi hozirda yo‘qolib
borayotgan behuda
uyatchanlik sarqiti bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda gap jinsiy baquvvatlikning ma'naviyat
bilan uyg‘unligi xususida emas - islom bu munozarada g‘alaba qilgan ko‘rinadi -
aksincha, ko‘pxotinlikning axloqiy maqomiga borib taqalmoqda. Men bu o‘rinda
Bosniyaning madaniyat vaziri bilan bo‘lgan suhbatimni esga olmoqchiman. Bundan
boshqasi gapimni tasdiqlash uchun dalil bo‘la olmaydi. Uning aytishicha, Bosniya
hukumati muslima ayollar guruhlarining ko‘pxotinlikni qonuniylashtirish bilan bog‘liq
kuchli bosimi ostida bo‘lgan, biroq mahalliy xristianlar va
xalqaro kuzatuvchilar bunga
qarshi bo‘lgani uchun ularning talabi amalga oshirilmagan. Bosniyada ro‘y bergan urush
ayollar sonining erkaklarga nisbatan oshib ketishiga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, Iroqda
bunday tengsizlik bir million kishidan iborat ekan. Menga hamsuhbat bo‘lgan bosniyalik
vazir: «Har doim tokchada turgandan ko‘ra yarim erkakka ega bo‘lish yaxshiroq»,
degan
edi.
[67]
Islomdagi ko‘pxotinlik ham undan oldin qaror topgan yahudiylar ko‘pxotinligi kabi
qabilalarning o‘zaro urushlari oqibatida vujudga keldi, Bunday ko‘pxotinlik beva
ayollarning jamiyatga qayta qo‘shilishini ta'minlab bergan yagona mexanizm edi.
Payg‘ambar arab yo‘lboshchisiga xos faoliyat ko‘rsatar edi. Ul zotning bitta xotinidan
boshqa barchasi beva ayollar edi. O'sha vaqt nuqtai nazaridan qaraganda,
aksariyatining yoshi ancha o‘tib qolgan edi.
Zamonaviy
apologetika
[68]
ning tabiati shunaqa: biroq an'anaviy musulmonlar bunday
talqinni tan olmasligi mumkin, chunki bunday talqin faktning ortiga yashiringan bir
nuqtani e'tibordan qochirishi mumkin. Bu nuqta o‘sha ayollarning
qayta nikohga kirish
bilan havoriy va haqiqiy dindorga aylanishi, o‘z hayotini «maxluqlarning sardori», ya'ni
erkaklar bilan baham ko‘rib, «taqvodorlarning onasi» bo‘lishday go‘zal baxtga
musharraf bo‘lishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: