Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Men ular uchun o‘zlarining orasidan senga o‘xshash yangi payg‘ambar yetishtiraman va 
o‘z so‘zlarimni uning og‘ziga joylayman; u odamlarga men amr etgan narsalarni 
so‘ylaydi. (Tavrotning 5-kitobi, 18:18)
[72]
 
U bashorat qilingan va muqaddas bitik nozil qilinajak yangi ozodlik payg‘ambari edi.
Hindistonlik bir musulmon o‘z kitobini «Ozodlik mafkurasi»
[73]
deb nomlar ekan, «Agar 
Muso qul qilingan isroilliklarni ozod etgan bo‘lsa, Muhammad butun insoniyatni uning 
zaiflarini ozod etish orqali emin qiluvchi zot edi», deb iddao qiladi. Kregg ko‘z yosh to‘kib 
qo‘msayotgan ommaviy qochqin, oldingi qochqinlarga o‘xshash xomxayol emas, haqiqiy 
dunyoviy ozodlik edi, u pirovardida cho‘lga emas, Quddusga va Allohning buyukligi 
tajassum topgan joyga olib boradi. 
Moviy va zarrin jilolangan Uchinchi ibodatxona yap-yangi Uchinchi saltanatning qoq 
markazida qad rostlab turibdi. U Quddusning oldingi dinlariga rasulluloh Me'rojdan olib 
tushgan ilohiy duolardan nimalarnidir ato etadi. Mehmed Bosqinchi 1453 yili Bobil 
hukmdorligiga da'vogarlik qilganida buni oshkor etdi. Biroq Uchinchi saltanat shu 
ma'noda qurama ko‘rinishida edi: u muqaddas saltanat va muqaddas jinsiyat ehtimoliga 
izn berar edi. Binobarin, u Tavrotning eng go‘zal mezonlarining zuhur bo‘lishi edi. 
Shunga ko‘ra, Islom iudaizmning monoteizmi, harbiy jasorati va jinslarni o‘ta nozik 
fahmlashining ajoyib tantanasiga aylandi. Iudaizmni inkor etish orqali 
takomillashtirishga da'vo qilgan Pavel xristianligidan farqli o‘laroq, islomning yahudiy 
nomasidan ildamlab ketishi ham uning universallashuvi belgisidir.
Uchinchi saltanat Henrik Ibsenning ajoyib mulohazalariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning 
o‘zi nodir asar deb hisoblagan «Qaysar va galileyalik» pesasida norveg donishmandi 19-
asrda xristianlikni ijtimoiy tengsizlikka barham berishi mumkin bo‘lgan xususiyat va 
zaruratga ega boshqa bir e'tiqod bilan almashtirishday umumiy xarakterga ega 
muammoni hal etish uchun kurashadi. Pesada tana va ruhning bir-biriga urush e'lon 
qilmasidan burun mavjud bo‘lgan uyg‘unligini dunyoga qaytarish uchun yo‘l izlayotgan 
Nobakor Yulian tasvirlanadi. U Rim xudolarining eski tushunchalardan xoli va nozik did 
egasi ekanini anglab yetadi. Ular qahramonlik va iroda kuchini qadrlashadi. «Tananing 
totli tashnaligi»ni Baxus va Elevsin sirlariga mos gulchambar taqqan ko‘yi suratlangan 
qizlar qondiradi, Yulian ularning muammolardan xoli hissiyotidan mutaassir bo‘ladi. Bu 
Birinchi saltanatga xos edi; Konstantin va Yelena kashf etgan Ikkinchi saltanat esa 
mavjud tartibni keskin tarzda teskarisiga o‘zgartirish, raddiyalar dunyosi ko‘rinishidadir. 
Bu saltanat ikkilinayotgan imperator qaysariyalik Beyzelga aytmoqchi, «ruhoniy bir 
oyoqda turib abadiyatni kutayotgan ustun» ustida yashar edi. Ikkinchi saltanat 
qahramonlari bu sportchilar emas edi, biroq hatto Iso uchun qurbonlik qilingan 
majusiylar ham Yelena aytganiday: «ularning Yaratgan huzuriga ravona bo‘luvchi qoni 
ham bir xushomadga mengzar edi».
[74]
Shunga ko‘ra, Yulian tanlagan yo‘l ma'naviy va axloqiy jihatdan o‘ziga xosdir. U ko‘hna 
kultlarni qayta tiklaydi va universal murosa axtaradi. Biroq ma'jusiy identitet
[75]
ga 
dushmanlik ko‘zi bilan qarash orqali Vagnerning o‘zlikni namoyon qilish xususidagi 
orzulari bilan o‘ynashgan Ibsen Yulianning Birinchi saltanatning tiklash bilan bog‘liq sa'y-
harakatini foydasiz deb biladi. «Ko‘hna go‘zallik endi go‘zallik emas», deb imperator 
Beyzelga yon beradi, biroq u «yangi haqiqat ham endi yangi emas», deydi. U o‘zining 
taqdir xususidagi qarashlariga aldangan, har bir ishda tartibni yoqtiradigan zolimga 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish