X bob
Islom ma'naviyati: unutilgan inqilob
Shekspir aytganiday, "qon muhokama etilmaydi". Taassufki, bugungi kunda
musulmonlar safi o‘z gapiga qo‘shilmaydigan kishilar bilan to‘lib ketgan. Kechagi global
moliya ramzi bo‘lgan Jahon savdo markazi
[483]
bugungi kunda G'arb o‘zining boshqarib
bo‘lmaydigan yo‘llarini Sharq tomon burishi mumkinligiga ishongan kishilarni nazorat
qilishga qaratilgan urinishlarini barbod etgan global islomning haykaliga aylandi. Bu
o‘rinda oqlashga hech qanday o‘rin yo‘q. Ko‘pchilik chiranayotganiday, "jo‘jalarning
katakka qaytib kelishi"ni talab qilish hamda Vashingtonning Isroil yuritayotgan etnik
tozalash siyosatiga yon berishi uni avj oldirib yuborayotganiga norozilik bildirishning o‘zi
yetarli emas. Shabbir Axtar qayd etganiday, ojizlik ham xuddi tizginsiz qudratday,
odamni buzishi mumkin. Ammo tushunish degani biror narsaga rozilik berish yoki
hamdardlik bildirish degani emas. Maqsadga erishish uchun begunoh kishilarning qonini
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
to‘kish eng bebosh dunyoviy utilitar axloq belgisidir, u din talab qiladigan mutlaq axloqiy
cheklovlarga nisbatan teskari qutbda turadi.
Hali unchayam uzoq tarixga aylanib ulgurmagan paytlarda "ultralar" ko‘pchilik emasdi.
Dunyo miqyosida islomga qaytadan hayot baxsh etishga bo‘lgan urinish ularning
yuzidagi kichkina bir so‘gal edi. Taassufki, biz endi ularni mensimaslikday
xursandchilikdan ortiq bahramand bo‘la olmaymiz. Ekstremizm kengayib, unga yo‘l
berayotgan oraliq zamin o‘z joyidan siljib va chalkashib ketdi. Va bu zaminning
Rasululloh bashorat qilgan zaiflashuvi nafaqat ekstremistlarning mag‘lubiyati, qolaversa,
ular tufayli dunyoning turli burchaklarida yashovchi haqiqiy musulmonlarning
obro‘sizlanishi bilan tezlashib ketdi. Xuddi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu masalada
ham ommaviy axborot vositalari bizga nisbatan keskin qarshi ishlamoqda. Devid Koresh
o‘zining umumiy me'yorlardan chetga chiquvchi Tavrotga oid xabarini xristianlikka yoki
uning adventistlar qanotiga bog‘lamasdan, hech qanday sharmandalikdan tap tortmay
turib ham "Qiyomat ranchosi"dan efirga uzatishi mumkin. Ammo biror bebosh islomiy
guruh Qohirada shved sayyohlariga bomba hujumini uyushtirsa, o‘sha paytning
o‘zidayoq butun dunyoga "jangari musulmonlar" haqida go‘ng sochiladi.
Mabodo bu narsalar davom etaversa, islom harakati madaniy va ma'naviy qayta
tiklanishga bo‘lgan intilishlaridan voz kechadi va parchalanib ketgan, hech narsadan tap
tormaydigan mayda-mayda guruhlar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Bir zamonlar
munozaralar va yotfikrlilikka nisbatan o‘zining bag‘rikenglik qobiliyatini ko‘rsata bilgan
hamda boshqa dinlardan ustun bo‘lgan din tarixining bu tariqa dahshatli va haqoratli
intiho topish ehtimoli voqelikka aylanayozdi. Keyingi 15 yil davomida islom tajribasi,
an'anaviy islom institutlari va boshqa musulmon harakatlarining musulmon kishilarni
yashashga arzigulik, ammo va'da qilingan xomxayol "islom davlati"ga boshlab borish
borasidagi muvaffaqiyatsizligi radikallashuvning ortib ketishiga sabab bo‘ldi.
Agar bunday pirovard falokatning oldi olinsa, hukmron tamoyil yana tashabbusni o‘z
qo‘liga olishi mumkin. Ammo u bunga erishish uchun ishni o‘zining kuchi sustlashuvni
keskin tanqidiy tahlil qilishda ekanini tan olishdan boshlashi kerak bo‘ladi. Islom
harakati hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani hammaga ayon. Biz o‘zimizga,
qanday qilib Musulmon birodarligi millionlab a'zolari bo‘lishiga qaramasdan, 60 yil
davomida takror va takror omadsizlikka yuz tutgan bir paytda Nosir singari qassob,
omadsiz askar, manman safsataboz e'tiqodsiz bo‘lsa-da, Misr singari muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan mamlakat rahbarligini o‘z qo‘liga ola bildi, degan savolni berishimiz kerak.
Bunday odamni siqib yuboradigan va uzoq nomuvofiqlik kontekstida metodologiyaning
yaroqsizligi uchun keskin ayblash maqsadga erishishga to‘sqinlik qila olmaydi.
Aynan mana shu kontekstda biz
-
hayratlanarli, ehtimol, muqarrar tarzda -islom
doirasida ma'naviy hayotni qayta tiklash imkoniyatidan foydalanib qolishimiz kerak.
Mabodo u qachondir gullab-yashnashi kerak bo‘lsa, "islomning qayta tiklanishi" o‘zining
inqirozga yuz tutgani va aqliy resurslari zamonaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli
emasligini tan olishga majbur etilishi lozim. Bunga javob qayta tiklovchilarning
mafkuralashgan neo-islomidan ustun bo‘lish hamda ko‘proq klassik va asl musulmon
dialektikasiga qaytish sharti bilan kollektiv muhosaba, o‘z-o‘zini imtihon qilib ko‘rishga
asoslanishi zarur.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |