Jaholatga qarshi ma’rifat Reja



Download 22,86 Kb.
Sana29.01.2021
Hajmi22,86 Kb.
#57465
Bog'liq
Jaholatga qarshi ma


Jaholatga qarshi ma’rifat

Reja:

  1. Bashariyat tarixida jaholat mezoni.

  2. Komillik sari yo’l – tarbiya o’chog’ida.

  3. Ma’rifat – qalb quyoshi.

Inson yer yuzida paydo bo’lgandan to hozirgi kungacha o’z umri mobaynida ezgulik va jaholat o’rtasida ko’rinmas arqon to’qiydi. Bu umrboqiy hayot qonuni, o’z o’rnida hayot tarozisining ikki pallasidir. Moziyning minglab zarvaraqlarda bular xususida minglab misollar ko’rishimiz mumkin. Jaholat… Bu so’zni eshitishimiz bilanoq har birimiz ongimizda chuqur o’y, qalbimizda esa ovchi qo’ygan tuzoqqa tushgan ohunikidek titroq uyg’onadi. Bilasizmi, bular qo’rquvdan emas, bular jaholat so’zining zamirida yotuvchi inson farzandining o’z xalqiga o’z ota onasiga boringki, o’z vijdoniga qilgan xiyonati, yuztubanliklari, jirkanch amallariga bo’lgan munosabatlar ta’siridir. Mana shunday jaholat qurbonlari, taassufki, bizning ertangi kun egalarimiz yosh avlod ildiziga bolta urmoqchi bo’layotgan manqurt kimsalardir.

…Mening fikrimcha, insonning birinchi baxti uning hazrati Inson bo’lib tug’ilishi bo’lsa, ikkinchi baxti esa muqaddas zamini – ona Vatanining ertangi kun egasi bo’lishidadir. Ona Vatan! ming yillar dovonida ota- bobolarimiz ardoqlagan, zaminidan ona yopgan issiq kulcha muattari tarqaluvchi muqaddas diyor. Uning har shamol yaprog’ida o’tmishing yashirin, ona xalqing nigohida kelajaging namoyon. Axir uni asrab avaylamoq, kamoli uchun yelib yugirmoq uning korida bo’lmoq, azizim, o’ylab ko’ring, bundan ortiq baxt bormi? Biroq, taasuflar bo’lsinki, hozirgidek globallashuv zamonida bular xususida o’ylash tugul, xattoki, Vatanini sotuvchi, ota – onasi yuziga oyoq qo’yuvchi vatanfurushlarning oramizda bor ekanligi achinarli…

Xo’sh, nimaga bu vatanfurushlar ongli inson bo’la turib, bu kechirib bo’lmas xato ekanligini bilib turib, yana shu jaholat botqog’iga botishadi? Nima uchun kindik qoni to’kilgan zaminda, beshikdan ona allasini eshitib, shu zamin, shu xalq ichida unib-ulg’ayadiyu yana shu Vatanga, xalqiga xiyonat qiladi? Bunga sababchi kim? Ularni shunday insonga aylanishida aybdor ularni oq yuvib oq taragan mushtipar ota-onami? Yoki uning kamoli uchun yaxshi yashashi uchun yelib yugurgan sodda xalqimi?

Hamma chaqaloqlar bir xil farishtadek ma’suma bo’lishadi. Chaqaloq dunyoga keldimi, u uchun hayotda oppoq, yangi sahifa yaratiladi. Uning bu sahifasiga uning umri mobaynida bajargan amallari yozib boriladi. Ulg’ayib unib o’sishi natijasida unda fe’l-atvor shakllanadi. Bunda tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Xalqimiz “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishi bejiz emas. Farzand ota-ona uchun bamisli ko’zgudagi aksidir. Agar farzand noqobil bo’lsa, demak, uning tarbiyasida nuqson bor. Bu esa ota-onaning farzandning aytgan narsasini muhayyo qilishi, yoki uning tarbiyasiga beparvolik qilishidandir. Bu orqali, ota-ona farzandni noto’g’ri yo’lga kirib borayotganini payqamay qoladi, payqaganida esa kech bo’lgan bo’ladi. Zero, zabardast ijodkor Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir” degan teran so’zlari fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bilasizmi, xalqimiz orasida bir gap bor: ”Kasalni davolashning eng ma’qul usuli uning oldini olishdir”. Ko’z tegmasin, hozirgi zamonamiz mustaqillik, tinchlik nafasi ufurib turgan davr. Ayrim yoshlarimizda shu narsani ko’ramizki, ular bu ne’matni bardavom deb bilishadi, go’yoki, o’zlarini bunga dahlsizdek his qilishadi. Har amalida faqat o’z manfaatlarini, o’zlarini hoy-u xavaslarini o’ylab ish ko’rishadi. Mana asl manqurtlikning bosh debochasi. Jaholat botqog’ining jirkanch qirg’og’i. Xalqning yana “Eng xavfli odam bu har ishga befarq odam” degan jumlasini misol keltirmoqchimiz. Har insondan qandaydir insonni kashf etish mumkin, qachonki, unda qalb bo’lsa. Qachonki unda tarbiyalangan ong, bilim, saviya bo’lsa.

Shu yerda fikrlarimizni umumlashtiramiz. Insoni manqurtga aylanishidagi sababni izlashdan ko’ra, uning jaholat botqog’iga eltuvchi yo’liga to’siq qo’ymoq lozim. Bunga erishishimiz yechimini birinchi prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan quyidagi jumlalardan topamiz: “Hozirgi vaqtda ko’z o’gimizda dunyoning geopolotik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan,turli mafkura tortishuvlari keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidanda muhim ahamiyat kesb etmoqda.”

Jaholatga qarshi ma’rifat... O’ylanib qolasan kishi… nahotki jammiyki yovuzliklarning daxshatli ko’rinishi jaholatga ma’rifat bilan qarshi chiqmoq mumkin bo’lsa? Shundayin qudroatli kuchni nahotki, biz kitob, bilim, o’qib-o’rganish orqali paydo qilolsak? Ha, ma’rifat barcha yovuzliklarni yengishdagi eng kuchli atom qurollaridan-da qudratliroq kuchdir. U har bir shaxs ongida mafkuraviy immunitetni hosil qiladi. Darhaqiqat, mafkuraviy imunitetga ega bo’lgan shaxs hayotga teranroq qaray oladi, oqni qoradan ajrata oladigan manaviyatli inson bo’lib yetishadi. Ma’rifatli inson haqiqaqtni ko’ra bilguvchidir. Haqiqatni ko’ra oladigan inson har xil aldovlar qurboniga aylanmaydi. Bugun yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar zamirida, ma’rifatni sevuvchi, uni tuganmas bulog’idan qonib ichish baxtini tuya oluvchi insonni tarbiyalash maqsadi yotishi bu fikrimizning yaqqol isbotidir.


  1. Prezidentimiz I. A. Karimov 1998- yili “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri bergan savollariga javoblarida, tarixchi olimlar bilan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e’tibor berib, quyidagi “G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat” shiorini o’rtaga tashladilar. Bu esa, berayotgan fikrlarimizning davlat siyosatida ham amaliy tamal toshi mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Ma’rifat – xalqni komillikka yetaklovchi porloq quyoshdir. Uning nuri orqali har bir kishi o’z qalbini zulmatdan xalos etadi. U bilan kelajagini, qilayotgan ezgu amallari nihoyasini teran oldindan ko’ra biladi, his eta oladi. Jamiyatda yetuk, kerakli inson sifatida obro’-e’tibor qozonadi.

Darhaqiqat, ma’rifatparvar kishilar o’zligini anglay oladi. Tarixini, ming yillik an’analarini, ota-bobolarini, qolaversa, kelajakda farzandi unib o’sadigan muqaddas tuprog’ini qadrlay olishadi. Ular vatanfurushlik, sotqinlik, tubanlik illatlaridan hazar qilishadi. Vatani obodligi, tichligi-yu osudaligi yo’lida bor kuch qudratlarini safarbar etishadi. Hech qanday sabablarsiz Vatanini seva olishadi. Shu yerda O’zbekiston qahramoni buyuk shoirimiz A. Oripovning quyidagi satrlari behosdan yodimga tushdi:

Men nechun sevaman O’zbekistonni?

Sababini aytgil, desalar menga,

Shoirona go’zal so’zlardan oldin,

Men ta’zim qilaman, Ona xalqimga.

Xalqim, mangu ,uzlik seni agarda

Mangu muzliklarni makon etsayding,

Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga.

Vatanlar vatanlar mayli gullasin

Bog’ unsin mangulik nuzda ham ammo

Yurtim, faqat seni boyliklaringchun



Sevgan farzand bo’lsa kechirma aslo.

Ushbu satrlrni o’qir ekansiz, yuragingizda ajib bir titroq uyg’ongan bo’lsa, qalbingizda ajib bir tuyg’uni tuygan bo’lsangiz, demak, siz shu tuproq, mana shu muqaddas Vatan xizmati uchun “labbay” deb javob bera oluvchi ma’rifatli insonsiz! Unutmang, “tenglar ichra teng bo’lgan” tengdoshim, sizni ona Vatan kutadi!
Download 22,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish