O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Tarix fakulteti dekani
______ t.f.n., dot. V.Ishquvvatov
2016-yil “___” _________
5111600 – Milliy g‘oya, ma’nayiyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nаlishi
4-kurs H-401-guruh talabasi
Xoliqov Yodgor Amonovichning
“О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi
tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari
(о‘quvchi-yoshlar misolida)” mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: “Milliy g‘oya va ma’naviyat
asoslari” kafedirasi katta o‘qituvchisi, s.f.n
_________X.S.Jumaniyozov
Taqrizchi: “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari”
kafedrasi dotsenti ______ f .f.n. X.Samatov
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Milliy
g‘
oya va ma’naviyat asoslari”
kafedrasi mudiri
_________f.f.n M. Sobirova
Toshkent - 2016
MUNDARIJA
I-BOB.
MUSTAQILLIKKA
RAXNA
SOLUVCHI
MA’NAVIY
TAXDIDLARNING YUZBERISH JARAYONLARINI О‘RGANISHNING
NAZARIY ASOSLARI
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual
asoslari
2. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va
ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.
III-BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA
TAXDIDLAR
VA
UNGA
QARSHI
KURASHDA
MAFKURAVIY
IMMUNITET SHAKLLANTIRISH YО‘LLARI.
1. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish zaruriyati.
2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.
3. Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni
bartaraf etish borasidagi vazifalar.
III-BOB. О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi
tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari mavzusini
о‘qitishda ilg‘or tajribalardan foydalanish.
1. Globallashuv sharotida mafkuraviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirishda milliy va xalqaro tajribalardan foydalanish yо‘llari.
2. mavzuni о‘qitish yuzasidan dars ishlanmasi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YHATI
Kirish
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab о‘tganidek,
«Jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,
xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy
hamkorlik va millataro totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi kо‘p-kо‘p muhim
masalalardan iborat»
1
. Bu ulkan vazifalarni ma’naviyatimizni milliylik asosida
boyitib borsakkina amalga oshirishimiz mumkin bо‘ladi.
Islom Karimov о‘z asarida mamlakatimizda milliy ma’naviyatni tiklash va
rivojlantirish davlat siyosatida ustivor vazifa ekanligiga e’tiborni qaratib quyidagi
konseptual g‘oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy
boylik berish, sо‘ngra ma’naviyat tо‘g‘risida о‘ylash kerak deydiganlar haq
bо‘lmasa kerak. Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-
qudratidir. U yо‘q joyda hech qachon baxt-saodat bо‘lmaydi...»
Bugungi kunda nafaqat О‘zbekistondagi yoshlar ongida ma’naviy bо‘shliq
vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va
umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab
shakllantirishimiz zarur
2
.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi
yо‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bо‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot
olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, kо‘zga kо‘rinmaydigan, lekin
zararini hech narsa bilan qoplab bо‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Birgina sо‘ngi о‘n besh yillik ichida О‘zbekistonimizning Mustaqil
taraqqiyotini kо‘ra olmayotgan vahhobiylar, diniy ekstremistik guruhlar beqarorlik
urug‘ini sepish, xalqimizni о‘zi tanlagan yо‘ldan ozdirish, jalg‘itish uchun ne-ne
kuchlarni ishga solmadilar, har qanday qabih vositalardan foydalandilar. Shunday
1
Islom Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.Toshkent,
«O‘zbekiston, 2000y, 23-24 betlar».
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat, 115-bet.
ekan bunday kuchlarning ildizini yо‘qotishga mamlkatimizning xushyor kuchlari
astoyidil kirishganliklari tabiiy tarixiy dolzarb zaruriyatdir.
О‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning
“Yuksak
ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “Ma’naviy tahdid deganda,
avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin
inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan
chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion
xurujlarni nazarda tutish lozim, deb о‘ylayman”
1
.
Shunday ekan tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan
belgilanadi:
- Mafkuraviy tahdid jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanligini ochib
berish;
- Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlarning namoyon bо‘lish
xususiyatlarini yoritish;
- Mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda ommaviy axborot vositalarining
ahamiyatini tahlil qilish;
- Ma’naviy tahdid – о‘zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini yoritish;
- ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillarini tahlil
qilish;
- Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish zaruriyati yoshlarga tushuntirish;
- Jamiyatimizdagi turli ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini
shakllantirishdan iborat.
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning har chiqishida, asarida ma’naviy tahdidlar, unga qarshi
kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar keng tahlil qilingan. Ushbu О‘zbekiston
mustaqilligiga havf solayotgan ma’naviy tahdidlar M.Quronovning “Milliy
tarbiya”, S.Otamurtovning “Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik”
2
,
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma’naviyat, 2008, 13-14-betlar
2
Отумаротов С. Globallashuv va milliy-ma’naviy havfsizlik. Т.2013
M.Lafasovning “Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati”, Х.Жуманиёзов,
М.Собироваларнинг “Глобаллашув асослари”
3
asarlarida keng yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. О‘zbekistonning barqarorligi va
havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar, ularning turlari va unga qarshi о‘quvchi-
yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llarini tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
-
Globallashuv va uning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini yoritish;
-
Mafkuraviy tahdidlar tushunchasi, namoyon bо‘lish xususiyatlarini taxlil
qilish;
-
Yoshlar ma’naviyatiga yot ichki tahdidlarva ularga qarshi kurashish chora-
tadbirlari;
-
Yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlarga qarshi g‘oyaviy tarbiya vositalarini
kо‘rsatish;
-
islom ekstremizmi va aqidaparastligining jahon tinchligi, barqarorlik va
taraqqiyotiga salbiy ta’siri kо‘rsatish;
-
О‘zbekiston mustaqilligiga raxna solayotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi
kurashda ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni kо‘rsatib berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti. О‘zbekistonning barqarorligi va
havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar, ularning turlari va unga qarshi о‘quvchi-
yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari, bu borada olib
borilayotgan g‘oyaviy-ma’rifiy jarayonlarni tahlil qilish malakaviy ishning
obyektini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. О‘zbekistonning barqarorligi va
havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va unga qarshi о‘quvchi-yoshlar misolida
mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasidagi vazifalar, olib borilayotgan
ma’rifiy siyosatning yо‘nalishlari bilan bog‘liq kо‘rsatmalar malakaviy ishning
predmetini tashkil etadi.
3
Жуманиёзов Х, Собирова М. Нигманова У. Глобаллашув асослари. Т.2015
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu taqiqot ishida ilk bora yoshlahayotiga
ta’sir etuvchi ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar, ularning tizimi, namoyon bо‘lish
sohalari va ularni oldini olish chora-tadbirlari tо‘g‘risida tо‘lik ma’lumot berilgan.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Tadqiqotningnazariy asosi
bо‘lib О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida mustaqillik
davrida ilm-fanning ravnaqi haqida yoritilgan g‘oyalari,
1
ilgari surilgan konseptual
vazifalari xizmat qiladi. Shuningdek mazkur soha bilan shug‘ullagan
mamlakatimizdagi yetakchi olimlarning asarlari, monografiyalari ham tadqiqot
uchun muhim nazariy, metodologik asos bо‘lib xizmat qildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishi materiallaridan
О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlar va unga
qarshi о‘quvchi-yoshlar misolida mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida
tadqiqot olib borishda, shuningdek ushbu mavzu yuzasidan akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida tegishli mavzularni yoritishda keng foydalanish mumkin.
BMI tuzilishi. Mavzu kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
rо‘yxatidan iborat.
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bO‘sag‘asida: xavfsizlikka, tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T.6. - T.: «O‘zbekiston», 1997; Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni -
xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin. T.7.- T.: «O‘zbekiston», 1999; Karimov I.A.
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida sO‘zlagan nutqi. Xalq sO‘zi. 1998 yil 5
may; Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8. -
T.: «O‘zbekiston», 2000; Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «O‘zbekiston»,
2000; Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.8. -
T.: «O‘zbekiston», 2000; Karimov I.A. Egali yurt erkini bermas. T.9. - T.: «O‘zbekiston», 2001;
Karimov I.A. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga sO‘z boshi. T.9.
- T.: «O‘zbekiston», 2001. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent,
Ma’naviyat, 2008 va boshqalar.
.
I-BOB.
GLOBALLASHUV
VA
MA’NAVIY
TAXDIDLARNING
YUZBERISH
JARAYONLARINI
О‘RGANISHNING
NAZARIY
ASOSLARI
1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual
asoslari
Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
asarida ta’kidlaganidek, «bugun biz tez sur’atlar bilan о‘zgarib borayotgan,
insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan о‘ta
shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz... Hozirgi paytda yer yuzining
qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzod bu haqda dunyoning
boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas..
4
. Bugungi
dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsa-da, undagi mintaqa va davlatlar millatlar va
xalqlar о‘z о‘rniga kо‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr dunyoda g‘oyaviy
qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan
ham kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir.
Shunday ekan, ularning о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy
ta’sir usullari bо‘lishi, shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida kо‘plab davlatlar mavjud
bо‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, dinlar, diniy oqimlar, mazhablar,
guruh va qatlamlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Ular о‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-
biriga zid bо‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar о‘zga xalqlar, turli
mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga
ta’sir
о‘tkazish,
ularni
bо‘ysundirish
uchun
yо‘naltirilgan
maqsadlarni
shakllantiradi. Bundan kо‘zlangan asosiy muddao esa muayyaan joydagi kishilarga
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali о‘z manfaatlarini
ta’minlashga intilishdir.
Bunday ta’sir о‘tkazishning tinch yо‘li kо‘zlangan maqsadga olib
kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish mavjud vaziyatni
ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yо‘li bilan bо‘lsa ham ijtimoiy beqarorlikni
yuzaga keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga
4
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 9-b
nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik
tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish
imkonyatlarining kengayishi oqibatida Yer yuzining barcha mintaqalarida
mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha.
«Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va
uzoq qо‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday
chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda
turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv bu – avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada
tezlashuvi demakdir»
5
.
О‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni keskinlashtirishning maqsadi,
mafkuraviy tajovuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan
mamlakatimizga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga
oshirilayotgan g‘oyaviy buzg‘unchilikning maqsadi “Bо‘lib tashlab, hukmronlik
qilish”, ya’ni mamlakat ichkarisida parokandalikni keltirib chiqarish, uning
dunyodagi obrо‘siga putur yetkazib, mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi
qilib qо‘yish, separatizmni keltirib chiqarish kabi maqsadlarni о‘z oldiga vazifa
qilib olgan yovuz kuchlar ta’sirini anglamoq lozim buladi.
Agar tarixga nazar solsak, ilgari kuchli davlatlar zaif mamlakatlarni
ochiqdan-ochiq bosib olib, ularga о‘z hukmini о‘tkazgan bо‘lsa, XX asrning
oxiriga kelib, bunday siyosat yangi bir shakl kasb etadi. Hozirgi vaqtda qudratli
davlatlar va muayyan siyosiy markazlar о‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo
zabt etmoqchi, о‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bо‘lgan mamlakatlarning aloqasi
ongini о‘ziga qaram qilishga intiladi... «Mafkura dunyosida bо‘shliqqa yо‘l qо‘yib
bо‘lmasligi, shunday holat yuz bergan taqdirda bо‘sh qolgan mafkura maydonidan
bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar о‘rin egallashga urinishi
shubhasiz».
6
5
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 42-b
6
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 12-b
Bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda muayyan guruhlar va davlatlar
о‘zlarining g‘arazli manfaatlarini ifoda etayotgan turli tajovuzkor g‘oyalarni
sinovdan о‘tkazmoqdalar. Ularning ortida kishilarni, eng avvalo, ma’naviy-
mafkuraviy jihatdan tobe qilish, pirovard natijada esa butkul qaram qilib olish
maqsadi yotadi. Bu katta-katta hududlarni, ayniqsa, boy tabiiy resurslarga ega
bо‘lgan mintaqalarni egallab olishning eng qulay va kamxarajat usulidir.
Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan xavflilik sabablari:
1. Agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо‘lsa, buni sezish, kо‘rish, oldini olish
mumkin.
2. Mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish
nihoyatda qiyin.
3. Yoshlarning ma’naviy olamida bо‘shliqqa yо‘l qо‘yish, ularning buzg‘unchi
g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalari ta’siriga tushib qolishiga olib
keladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida siyosiy
barqarorlikni ta’min etadigan islohotlar va bunyodkorlik ishlarimizning asosiy
sharti ekanligi asoslab berilgan. Siyosiy barqarorlik bо‘lmasa, mamlakat о‘z oldiga
qо‘ygan tarixiy vazifalarni amalga oshira olmaydi. Asarda О‘zbekiston
barqarorligiga tahdid soluvchi quyidagi xavf-xatarlar tilga olingan:
Ichki xavf-xatarlar:
1. Etnik,milliy, mintaqaviy va davlat ichidagi jangari separatizm (ayirmachilik).
2. Ekologik va xavfsizlik muammolari.
3. Urug‘-aymoqchilikning xudbinlik, shaxsiy manfaat, alohida guruhlarning
mol -dunyoga ruju qо‘yishi bilan bog‘liq bо‘lgan xavf-xatar.
4. Qarindoshlik, urg‘u-aymoqchilik manfaatlari doirasi kengaygani sari endi bir
sulola doirasidan chiqib, korparativ mohiyat kasb etadi. Bu ichki birlikka ta’sir
etib, tanazzulga olib kelishi mumkin. Bunday separatizm ijtimoiy xavfliligi
jihatdan mahalliychilik illati bilan qо‘shilib ketgan.
5. Siyosiy- Ekstremizm, shu jumladan, diniy ekstremizm.
6. Millatchilik.
7. Milliy mahdudlik.
8. KorrupsiY.
9. Jinoyatchilik.
10. Sotqinlik – egrotsentrizm.
11. Axloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik.
12. Loqaydlik.
Tashqi xavf-xatarlar:
1. Terrorizm (ichki terrorizm, mintaqaviy terrorizm, xalqaro terrorizm).
2. Narkobiznes.
3. Diniy ekstremizm (diniy traditsionalizm, diniy fundamentalizm, diniy
modernizm: bular ham ichki, ham tashqi xavf-xatarlarga kiradi).
4. Separatizm (ayirmachilik).
5. Mintaqaviy fuqarolar urushlari (qо‘shni Afg‘onistondagi va h.k.).
6. Orol muammosi (jumladan ichimlik suvi). Bu tahdid ham ichki, ham tashqi
xavf-xatarlarga kiradi.
7. О‘zbekistonning jug‘rofiy siyosiy holati jihatidan endigina xavfsizlik tizimi
yо‘lga qо‘yilayotgan mintaqadaligi, murakkabligi
7
.
Tashqi tahdidlar – О‘zbekistonga davlat tashqarisidan kirib keluvchi
tahdidlar: xalqaro terrorizm, ekstremizm, fashizm, shovunizm va hokazo.
Kо‘rinib turibdiki, hozirgi davrda tashqi siyosatning yangi – zamonaviy
konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil
bо‘lmasin, uning yaxlitligini, bir butunligini tan olish tashqi siyosatda muayyan
yutuqlarga erishishlik asosini tashkil qiladi. Tashqi siyosatni takomillashtirish
emas, qat’iy isloh qilish davr talabi ekanini anglash natijasida xalqaro
munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar kо‘zga tashlanmoqda.
– Mafkuraviy ta’sirning yо‘qolib borishi.
7
Karimoov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. 24-96 b
– Konfrontatsiya – о‘zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka о‘tib borish.
– Xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish.
– Xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi.
– Xalqaro munosabatning kengayishi.
Mamlakatning hozirgi rivojlanish bosqichida odamlarni ma’naviy-mafkuraviy
va ijtimoiy-siyosiy faollashtirish asosiy vazifalardan biridir. Bunda ayniqsa,
fuqarolarning ongi va qalbini ma’naviy tahdidlardan himoya qilish muhim dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’naviy tahdid insonning ongi, dunyoqarashi va axloqiga daxl qilishi mumkin
bо‘lgan xavf-xatardir. Xavf kо‘zga kо‘rinmasa-da, lekin uning keltiradigan zarari
yuqumli kasalliklardan kam emas. Shu ma’noda tarixiy haqiqatni anglamaydigan
yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat
siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql о‘rgatishga, azaliy
hayot tarzimiz, ruhiy dunyoyimizga yot bо‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga
urinmoqda”. Haqiqatan ham bunday urinishlar turli usullar va vositalar yordamida
amalga oshirilmoqda. Ular orasida ma’naviy tahdidlarning kо‘lami pasaymayapti.
Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida
ma’naviy tahdid iborasiga quyidagicha ta’rif beradi: «Ma’naviy tahdid deganda,
avvado, tili, dini, e’tiqodidan qatt’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi
erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan
chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion
xurujlarni nazarda tutish lozim»
81
.
Mafkuraviy tahdidlar «bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni
avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilganligi bilan
ayniqsa xatarlidir».
Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish muammosini
ishlab chiqdi. Mazkur konsepsiyaga kо‘ra, ma’naviy tahdidlarni fikrga qarshi fikr,
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bartaraf qilish mumkin.
8
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 19-b
Mazkur masala yuzasidan quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin:
1. Globallashuv jarayonida Markaziy Osiyoda mafkuraviy muammolarni hal
etishda inson manfatini qondirish bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab jarayon, uning iqtisodiy
taraqqiyoti mustahkamlash uchun barcha urinishlari yangi muammolarni keltiradi;
2. Globallashuv jarayonida insonlar, xalqlar, jamiyat va zamonaviy sivilizatsiyalar
mafkuraga ehtiyoj sezadi;
3. Ijobiy fikr va bunyodkor g‘oya, avvalo, yoshlarimiz ongiga singdirishga qaratilgan
о‘quv, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlash va yanada
takomillashtirish;
4. Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari о‘rtasida mustahkam dо‘stligini
mustahkamlashning nechog‘lik ahamiyatini alohida ta’kidlashimiz lozim va bu
mafkuraviy koitsepsiyaning asosiy tamoillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |