Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


 Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari



Download 485,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.10.2019
Hajmi485,75 Kb.
#23203
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonning barqarorligi va


2. Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. 

Shu  bilan  birgalikda  ma’naviy  qashshoqlashuv  axborot  xurujiga  va 

buzg‘unchi  g‘oyalarga  qarshi  tura  oladigan  ma’naviy  immunitetni  zaiflashuviga 

olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy 

immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. 

Jamiyat  taraqqiyotini  ta’minlashda  qonunga  rioya  qilish,  hamda,  tartib-

intizomni  о‘rnatish  muhim  rol  о‘ynaydi.  Qonunga  rioya  qilish,  adolatni  qaror 

toptirish  odamlarda  daxldorlik  xissi  bо‘lishini  talab  qiladi.  Agar  odamlarda 

loqaydlik 

kayfiyati 

kuchli 


bо‘lsa, 

qonunga 


rioya 

qilishni 

ta’minlash 

murakkablashadi.  Odamlardagi  befarklik  hissini  bartaraf  qilish  ma’naviyatning 

yuksalishi  bilan  bog‘liq.  Ma’naviyati  yuksak  odamning  irodasi  kuchli  bо‘lib,  u 

adolatsizlikka  befarq  qarab  tо‘ra  olmaydi.  U  jamiyatda  dahldorlik  hissi  bilan 



yashaydi.  Shuning  uchun  jamiyat  taraqqiyotiga  tо‘siq  bо‘ladigan  adolatsizlikni 

bartaraf  qilish  odamlardagi  befarqlik  kayfiyatini  yо‘qotish  demak.  Odamlar 

о‘zlaridagi  befarklikdan  halos  bо‘lib,  daxlodorlik  hissi  bilan  yashashlari  uchun 

ma’naviyat  yuksalishi  lozim.  Chunki  ma’naviyat  inson  irodasini  mustahkamlaydi  

iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. 

Ma’naviy  tarbiyaning  asosiy  maqsadlaridan  biri  —  odamlardagi  befarqlik 

kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarklikni sabablarini topish lozim 

bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikni sababi nimada? Befarklikni sababi nodonlik, egoizm va 

kolonial  davr  bulib  xisoblanadi.  Kolonial  davr  bu  asosan  sovetlardan  keyingi 

makondagi  davlatlarga  taallukli.  Chunki  usha  zamonlarda  jamiyatda  biror  bir 

muammo  paydo  bulsa  u  muammoni  markaz  xal  kilishi  kerak  bо‘lgan.  Sovetlarga 

qadar    muammoni  podsho  hal  kilishi  kerak  bо‘lgan  bо‘lsa,  sovetlar  zamonida 

Moskva hal qilishi kerak bо‘lar edi. Biz endi mustaqil davlat ekanligimizni anglab 

olishimiz  va  unutmasligimiz  lozim.  Befarklikni  sabablaridan  yana  biri  -  egoizm 

ya’ni  о‘z  manfaatini  jamiyat  manfaatidan  ustun  qо‘yishdir.  Agar  odam  о‘zida 

egoizmni  jilovlay  olsa  befarqlikdan  xalos  bо‘lib  daxldorlik  hissi  bilan  yashaydi. 

Boshqacha  qilib  aytganda  u  о‘z  manfatini  jamiyat  manfatiga  xizmat  qildira  oladi. 

Faqat  о‘z  manfaatini  о‘ylab  yashaydigan,  egoizmi  kuchli  bо‘lgan  odam  adolat 

bilan  razolat  urtasidagi  kurashda  befarq  bulib  yashaydi.  Chunki  u  razolatni 

tazyikiga uchrab tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikni sabablaridan yana biri 

nodonlik  ekanligini  tushinish  uchun  oldin  nodonlik  nima  ekanligini  anglab  olish 

lozim.  Nodonlik  bu  bilmaslik.  Nimani  bilmaslik?  Befarklik  oqibatida  razolat 

g‘alaba  qozonishini,  kimningdir  huquqlari  paymol  qilinishini  va  xuddi  shunday 

holat  ertaga  о‘zi  bilan  takrorlanishi  mumkinligini  bilmaslik.  Agar  inson  befarklik 

oqibatida  kimningdir  hukuqlari  paymol  qilinishini  va  ertaga  shunday  holat  о‘zi 

bilan  takrorlanishini  bilsa,  u  xech  kachon  befark  bulmaydi.  Muammoning 

murakkabligi shundaki  inson oliy  ma’lumotli,  hatto  fan doktori, professor bо‘lishi 

mumkin,  lekin,  ayni  bir  paytda  nodon  bulishi  xam  mumkin.  Nodon  bulmaslik 

uchun axlokiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bulishi lozim. 


Axloqqa  rioya  qilishni  ta’minlovchi  kuch  -  bu  avvalo  jamoatchilik  fikridir. 

Ammo  axloq  faqat  jamoatchilik  fikri  bilan  mavjud  emas.  Odamning  tabiiy 

tuyg‘ulari  va  tarbiya  jarayonida  shakllangan  burch  hissi  muayyan  axloqiy  xatti-

harakatga  olib  keladi.  Axloqiy  meyorlar  yoki  tamoyillar  odam  ongida  buyruq 

shaklida  paydo  bо‘ladi  va  kishilarni  ezgu  ishlar  qilishga  undaydi,  yovuzlikdan, 

razolatdan  asraydi.  Bunday  buyruqlar  «Tuhmat  qilma»,  «Yolg‘on  sо‘zlama», 

«О‘zgalar takdiriga befarq bо‘lma», «Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber», 

«Zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla» va  shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo 

ushbu  buyruqlar  qandaydir  tashqi  ta’sirdan  emas,  balkim  insonning  e’tiqodidan, 

ichki  sabablar  asosida  kelib  chiqishi  lozim.  Masalan,  «Tuhmat  qilma»  degan 

buyrukda  bir  odam  boshqa  odamga  tuhmat  qilmasligiga  ijtimoiy  zarurat  borligini 

anglab  yetishi  kerak.  Agar  odamlar  о‘rtasida  tuhmat,  yolgon  gapirish  kо‘paya 

borsa, bunday jamiyat boshqarib  bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan  iborat 

bо‘lib  qoladi  va  muqarrar  halok  bо‘ladi.  Shu  о‘rinda  Muhammad  payg‘ambar 

(a.v.s.)ning  quyidagi  hadislarini  eslash  lozim.  Hadisda  shunday  deyiladi: 

«Shariatga  qarshi  borish,  ota  -  onaga  itoat  qilmaslik  va  yolgon  gapirish,  tuhmat 

qilish gunohi azimdir»

1



Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha 

buyruqni  bajarish  uchun  ijtimoiy  zarurat  borligini  anglatadi.  Ammo  biz  bu 

zaruratni  burch sifatida  idrok etib, shu  ishdan  kо‘zlangan  maqsadni qabul qilamiz 

va  ma’qullaymiz,  unga  yetish  uchun  harakat  kilishga  tayyorligimizni    bildiramiz. 

Shunday  qilib,  axloqiy  meyorlar  odamning  xatti-harakatini,  faqat,  obyektiv 

qoidalar  bilangina  emas,  balki  burch,  vijdon  talablari  bilan  ham  tartibga  solib 

turadi.  Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat  taraqqiy 

etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan 

qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, 

yangilikka  intilishlik  yoki  qahramonona  xatti-harakat  yangi  fikrni,  ya’ni  axloqiy 

mezonni  vujudga  keltirishi  mumkin.  Masalan,  Milliy  istiqlol  g‘oyasining  inson 

                                                             

1

 Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. T.4.Toshkent, 1992 yil. 80 bet.  



 

qalbiga  singdirilishi  unda  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi  va  xalq  farovonligi 

maqsadida  xizmat  qiladigan  mas’uliyatni  shakllantirishi  mumkin.  Bu  mas’uliyat 

fuqarolarda,  ayniqsa,  yoshlarda  о‘tmish  ajdodlari  va  kelajak  avlod  oldida 

javobgarlikni,  burchni  his  qilish  tuyg‘usini  hosil  qiladi.  Bunday  burch  esa 

odamlarni  jamiyat  manfaati  yо‘lida    fidokorona  xatti-harakatlarga  undaydigan 

ma’lum  bir  axloqiy  meyorlarni  yuzaga  keltirib  ma’naviy  immunitetni 

mustahkamlaydi. 

Demokratik  davlatdan  fuqarolik  jamiyatiga  о‘tish  jarayonida  tarbiya 

jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy 

regulyator  bо‘lgan  axloq  о‘z-о‘zidan  shakllanmaydi.  Biz  doimo  boy  ma’naviy 

merosimizni,    urf-odat,  an’analarimizni  zamon  talablaridan  kelib  chiqib  boyitib 

borishimiz  lozim.  Ana  shunda  biz  fuqarolik  jamiyati  sharoitida  yashay  oladigan, 

yetuk  fuqarolik  munosabati  shakllangan  va  yuksak  ma’naviyatga  ega  bо‘lgan 

kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat kurishning muhim 

omilidir. 

Zamonamiz  mohiyati  bо‘lgan  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishida  va 

xalqimiz  hayotini  farovon qilishda  yuksak  ma’naviyat asosiy  me’zon  hisoblanadi. 

Yuksak  ma’naviyatning  shakllanishida  esa  axloqiy  tarbiya  asosiy  omildir. 

Muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  «Yuksak  ma’naviyat  yengilmas  kuch» 

asaridagi  g‘oyalarning  mazmun-mohiyatini  odamlar  ongiga  va  qalbiga  singdirish 

bosh  maqsadimiz  bо‘lgan  farovon  jamiyatni  kurishga  xizmat  qiladigan  yuksak 

ma’naviyatni  shakllantiruvchi  manba  bо‘lib  xizmat  qilishiga  ishonamiz.  Chunki 

asarda  ma’naviyatning  ma’no-mazmuni,  hayotimizdagi  о‘rni  va  ahamiyati  tо‘liq 

yoritib  berilgan.  Buni  ma’naviyatga  berilgan  tugal  ta’rifdan  ham  kо‘rsak  bо‘ladi: 

«Ma’naviyat  -  insonni  ruhan  poklanish,  qalban  ulg‘ayishga  chorlaydigan, 

odamning  ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat,  iymon  -  e’tiqodini  butun  qiladigan, 

vijdonini  uyg‘otadigan  beqiyos  kuch,  uning  barcha  qarashlarining  mezonidir»

1



Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va kalban ulgayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning 

                                                             

1

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. T. 2008 y 19-bet. 



 

ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shligini ruhga 

о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va 

mukammalligini kо‘rsatib turibdi. 

 Jamiyatda  ma’naviy  immunitetni  mustahkamlaydigan  axloqiy  tarbiyani 

rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: 

-Jamiyatni  ilm  va  ma’naviyat  boshkargan  taqdirdagina  tartib,  tarakkiyot  va 

farovonlikni  ta’minlash  mumkin.  Ma’naviyat  jamiyat  tarakkiyotini  asosiy  sharti 

bulgan  ijtimoiy  tartibni  о‘rnatishda  va  har  qanday  tashqi  tahdidga  qarshi    tura 

oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. 

-  Jamiyatda  ma’naviyatni  qadr  topishi  hokimiyat  tizimida  ma’naviyatni 

yuksalishiga  bog‘liq.  Hokimiyatni  ma’naviy  yuksalishi  esa  saylov  jarayonida 

nomzod  kо‘rsatishga  ma’naviy  salohiyat  asosiy  mezonlardan  biri  bо‘lishiga 

bog‘liq.  Chunki    ma’naviyatni  qadrlash  uchun  о‘sha  odamning  о‘zida  ma’naviyat 

yuksak bо‘lishi lozim. 

-    Jamiyatda  ma’naviy  yuksalish  О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning  «Yuksak  ma’naviyat  -  yengilmas  kuch»  asarlaridagi  g‘oyalarni 

odamlar  ongi  va  qalbiga  singdirilishiga  bog‘liq.  Bu  borada  davlat  va  fuqarolik 

jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  fukarolik  jamiyatini  shakllanish 

jarayonida odamlarning xuquqlari ortishi oqibatida xulqni erkinligi kengayishi va u 

esa  о‘z  navbatida  tо‘g‘ri  yо‘ldan  og‘ish  holatlarini  keltirib  chiqarishi  ushbu 

jarayonda  ijtimoiy ahlok negizida  ma’naviyatni  yuksalishini taqozo etadi. Bizning 

mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonida  ma’naviyatni 

yuksaltirishga  qodir,  yetuk  ma’naviy  salohiyatga  ega  bо‘lgan  xalq  va  lider 

mavjuddir. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga kadr va kelajakka umid bilan karash 

xalkimiz ma’naviy  immunitetini yengilmas kuchga aylanishini muhim omilidir. 

 

 

 



 

3.  Jamiyatimizning  ma’naviy  yuksalishiga  ta’sir  etuvchi  mafkuraviy 

tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar. 

 

Bugungi  kunda  Prezidentning  ta’biri  bilan  aytganda  “Mafkura  poligonlari 



yadro  poligolaridan  ham  kо‘proq  kuchga  ega”

15

.  Shu  bois  mafkuravy  tazyiq 



masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng 

sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi 

paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. 

Bugungi  kunda  jamiyatimiz  hayotida  mafkuraviy  omillarning  sezilarli  ta’siri 

mavjudligini bir qarashdayoq sezish  mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, 

ulkan  texnikaviy  imkoniyatlar,  universal  texnologiyalar,  axborot  tarqatishning 

globallashuvi,  ya’ni  ularning  butun  kurrai  zaminni  qamrab  olish  jarayoni  shiddat 

bilan  bormoqda.  Aslida  axborot  sohasidagi  globallashuv  insoniyat  uchun, 

dunyoning  barcha  xududlaridagi  odamlarning  о‘zaro  muloqoti  uchun,  ilm-fan  va 

madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. 

Biror-bir  hudud  yoki  mamlakatda  paydo  bо‘layotgan  g‘oyalar  tez  fursatda 

butun  jahonga  yoyilmoqda.  Natijada  odamzot  ma’lum  bir  davlatlar  va  siyosiy 

kuchlarning  mafaatlariga  xizmat  qiladigan,  olis-yaqin  manbalardan  tarqaladigan, 

turli  mafkuraviy  markazlarning  bosimini  doimiy  ravishda  sezib  yashamoqda.  Shu 

ma’noda,  “globallashuv  –  bu  avvalo  hayot  sur’atlarining  beqiyos  darajada 

tezlashuvi demakdir”

1

, - deb ta’rif beradi Prezidentimiz. 



XX  asrning  80-90  yillari  va  XXI  asr  bо‘sag‘asiga  kelib  dunyoning  siyosiy 

manzarasi  tubdan  о‘zgardi,  ikki  qutbli  dunyo  barham  topdi.  Nisbiy  muvozanat 

buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bо‘lgan sotsialistik lager tarqalib ketdi. 

Uning  eng  katta  va  totalitar  tuzum  bо‘lgan  asosiy  davlati-sobiq  ittifoq 

о‘tmishga  aylandi.  Bu  davlatning  о‘rnida  mustaqil  davlatlar  yuzaga  keldi.  Bu 

davlatlar о‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi. 

                                                             

15

 I.A.Karimov О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 



taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, О‘zbekiston, 1997. 12-bet. 

1

 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”  T., “Ma’naviyat”. 2008. 111-b. 



Bugungi  kunda  aksariyat  rivojlangan  davlatlarning  mafkurasi  umuminsoniy 

qadriyatlar  va  demokratik  tomoyillarga  asoslanadi.  Ularda  tinchlik  va  taraqqiyot, 

inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir.                                 

Bu  tamoyillarga  asoslangan  ezgu  g‘oyalar  umuminsoniy  manfaatlar  orzusi 

bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. 

Shu  bilan  birga  ming  afsuski,  hozirgi  vaqtda  dunyoning  mafkuraviy 

manzarasida  turli  vositalar  orqali  о‘z  ta’sir  doirasini  kengaytirishga  intilayotgan 

tajavuzkor  millatchilik,  shovinizm,  neofashizm,  irqchilik,  diniy  ekstremizm  kabi 

siyosiy,  kuchlar  va  oqimlar  ham  bor.  Bunday  g‘ayriinsoniy,  bugungi  g‘oyalar 

xalqlar  boshiga  sо‘ngsiz  kulfatlar  keltirib,  insoniyatning  tinchligi,  osoyishtaligini 

buzib,  odamlar  ongiga  turli  balolar  yog‘dirmoqda.  Afg‘onistonda  25  yildan  ortiq 

davom  etayotgan  birodar  kushlik  urushi,  Bolqon  mintaqasida  mustahkam  tinchlik 

о‘rnatishga  haligacha  erishilmagani  ana  shunday  bugungi  g‘oyalarning  ta’siri 

oqibatidir. 

XX  asr  boshlariga  kelib  dunyo  mamlakatlari  о‘rtasidagi  о‘zaro  ta’sir  shu 

qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q 

deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. 

Hattoki  xalqaro  tashkilotlardan  uzoqroq  turishga  intilayotgan,  ularga  a’zo 

bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. 

Prezidentimiz  Islom  Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch” 

kitobidan  tо‘liq  javob  olishimiz  mumkin.  “Ma’naviy  tahdid  deganda,  avvalo,  tili, 

dini,  e’tiqodidan  qat’iy  nazar,  har  qaysi  odamning  tom  ma’nodagi  erkin  inson 

bо‘lib  yashashiga  qarshi  qaratilgan,  uning  aynan  ruhiy  dunyosini  izdan  chiqarish 

maqsadini  kо‘zda  tutadigan  mafkuraviy,  g‘oyaviy  va  informatsion  xurujlarni 

nazarda tutish lozim. 

Eng  yomoni  bunday  xurujlarning  pirovard  oqibati  odamni,  ayniqsa, 

yoshlarni  о‘zi  tug‘ilib  о‘sgan  yurti  va  xalqidan  tonishga,  vatanparvarlik 

tuyg‘ularidan  mahrum  etishga  va  hamma  narsaga  loqayd  bо‘lgan  shaxsga 

aylantirishga qaratilgani bilan xavflidir. 


Globallashuv  shunday  jarayonki,  undan  chetda  turaman  degan  mamlakatlar 

uning  ta’siriga  kо‘proq  uchrab  qolishi  mumkin.  Bunday  g‘ayri  ixtiyoriy  ta’sir  esa 

kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. 

Globallashuvning  turli  mamlakatlarga  о‘tkazayotgan  ta’siri  ham  turlicha.  Bu 

hol  dunyo  mamlakatlarining  iqtisodiy  axborot,  ma’naviy  salohiyatlari  va  siyosati 

qanday  ekani  bilan  bog‘liq.  Dunyoda  yuz  berayotgan  shunday  jarayonlarning  har 

bir  mamlakatga  о‘tkazayotgan  salbiy  ta’sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta’sirini 

kuchaytirish  uchun  shu  hodisaning  mohiyatini  chuqurroq  anglash,  uning 

xususiyatlarini о‘rganish lozim. 

Globallashuv  yana  shunday  jarayonki,  uni  chuqur  о‘rganmaslik,  undan 

foydalanish  strategiyasi,  taktikasi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqmaslik  mamlakat 

iqtisodiyoti  va  madaniyati,  ma’naviyatini  “tog‘dan  tushayotgan  shiddatli  daryo 

oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘lar edi.  

Mustaqillik  davrida  mamlakatimiz  olimlari  о‘tkazgan  va  о‘tkazayotgan 

tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. 

  Bugungi kunda  nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy 

kurashning  bosh  maqsadidir.  Shuning  uchun  ham  Yer  yuzining  turli  mintaqalari 

xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga 

aylantirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda 

mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega” 

1

dir. 



  Ana  shunday  sharoitda  xalqning  barcha  qatlamlariga  bnrilayotgan  bilimlar 

obyektiv,  voqelikni  tо‘liq  va  tо‘g‘ri  aks  ettirishi,  jamiyat  taraqqiyotiga,  Vatan  va 

halq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. 

Bu  boradagi  bilimlar  qanchalik  obyektiv  va  chuqur  bо‘lsa,  uning  zamirida 

yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam 

mafkuraviy tajovuzlarga  munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni  nihoyatda 

serqirra  bо‘lib,  u  о‘z  mohiyatiga  kо‘ra,  yot  g‘oyalar  kirib  kelishining  oldini  olish 

va  ularning  yо‘qotishga  qaratilgan  chora-tadbirlar,  g‘oyaviy-tarbiyaviy,  siyosiy, 

iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi. 

                                                             

1

 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.,  “Ma’naviyat” 2008. 113-b. 



Hozirgi  davrda  dunyoda  g‘oyaviy  qarama-qarshiliklar  murakkab  tus  olgan, 

mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. 

Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya 

darslaridan  yaxshi  bilamiz.    Jahonnning  siyosiy  xaritasiga  qarab  va  mavjud 

davlatlarning  chegaralarini  xisobga  olgan  holda  ham  yer  yuzining  hududiy 

bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz.  

Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan  muammolarga 

duch  keldi.  Urush  va  tinchlik,  ekologik  falokatlar,  ma’naviy  qashshoqlik, 

narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga,  

axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda 

mavjud  chegaralarni  о‘zgartirish,  muayyan  hududlarni  bosib  olish  uchun  son-

sanoqsiz  urushlar  bо‘lgani  ma’lum.  Bu  jarayonda  esa  urush  qurollari  muntazam 

takomillashib  yorganini bilamiz. Mazkur  urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq 

bir  davlat  ichida,  ikki  davlat  о‘rtasida  yoki  nari  borganda  bir  mintaqa  doirasida 

bо‘lishi  mumkin  edi.  Tо‘g‘ri,  aytaylik,  Aleksandr  Makedonskiy,  Chingizxonning 

ulkan  davlat  barpo  etish  uchun  yoki  о‘rta  asrlardan  boshlab  Yevropalik 

istilochilarning  boshqa  qit’alarni  zabt  etish  uchun  olib  borgan  urushlari  kо‘lami 

jihatidan  ajralib  turadi.  Ammo  bunday  holatlar  istisno  hodisalar  sifatida 

baholanmog‘i  kerakka  о‘xshaydi.  XX  asrda  rо‘y  bergan  ikkita  jahon  urushida 

о‘nlab  davlatlar,  bir  necha  qit’a  mamlakatlari  ishtirok  etganligini  eslasak,  bunday 

xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.  

Bugungi  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi  о‘z  maqsadlari  yо‘lida 

о‘zgartirmoqchi  bо‘layotgan  mafkura  shakllari  barqarorlik  va  taraqqiyotga  tahdid 

solmoqda.  Ta’lim-tarbiya  tizimida  bunday  tahdidlarga  qarshi  kurashda  quyidagi 

vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: 

Birinchidan,  Taraqqiyotga  nisbatan  xavf-xatarlardan  biri  buyuk  davlatchilik 

shovinizmidirMuayyan kuchlar  va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, 

mafkuraviy  va  iqtisodiy  hukmronlik,    millatlararo  va  davlatlararo,  mintaqaviy 

munosabatlarda  unga  intilish  hissi  ba’zilarni  tark  etmayapdi.  Uning  zararli 


oqibatlarini,  kо‘zlangan  maqsad-manfaatlarni,  uni  amalsha  oshirish  usul  va 

vositalarini keng tahlil etib borish zarur.  

  Ikkinchidan,  milliy  suverenitetdan  voz  kechish  hisobiga  yagona  davlat 

tuzishni  kо‘zlayotgan,  xalifalikni  tiklashga,  uning  tо‘g‘ri  ekanini  asoslashga 

urinuvchilar  xamon  uchraydi.  Bu  hol  aynan  millat  sifatida  о‘zligimizni  anglashga 

yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga 

e’tiqod  qilishimizga  alohida  urg‘u  beradilar.  О‘zbekiston  dunyoviy  kо‘p 

konfessiyali,  kо‘p  millatli  davlat.  Undagi  taraqqiyot  ijtimoiy  hamkorlik,  milliy 

totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. 

Uchinchidan,  mafkuraviy  profilaktika  bilan  bog‘liq  ma’rifiy  chora-tadbirlar 

tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi 

Tо‘tinchidan,  mafkuraviy  immunitetni  yuksaltirish,  uni  tashkil  etuvchi 

elementlarni  yanada  qaror  toptirish  bilan  bog‘liq  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar 

samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi.  

          

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

III-BOB.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish  yо‘llari  mavzusini 

о‘qitishda ilg‘or tajribalardan foydalanish. 

 

1.  Globallashuv  sharotida  mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  mafkuraviy 

immunitetni  shakllantirishda  milliy  va  xalqaro  tajribalardan  foydalanish 

yо‘llari. 


Download 485,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish