Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 485,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.10.2019
Hajmi485,75 Kb.
#23203
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonning barqarorligi va


 

Millatlar  va  milliy  manfaatlar,  milliy  ehtiyojlar  mavjud  ekan,  ularni  nazar-pisand 

qilmaslikka  aslo  yо‘l  qо‘yib  bо‘lmaydi.  Bir  millatning  manfaatlari  boshqa  millat  va 

elatlarning  manfaatlaridan  ajratilmagan  holda  о‘rganilishi  lozim.  Milliy  va  umumilliy 

manfaatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratib yoki bir-

biriga  qarama-qarshi  qо‘yib  bо‘lmaydi.  Umumilliy  manfaatlar  milliy  manfaatlarga 

qaraganda ustuvor turadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda milliy manfaat xalqaro 

munosabatlarda ikki ma’noda ishlatiladi: 

1. Ma’lum  bir davlat siyosatining  maqsad  va  vazifalarini aniqlab  beruvchi tadqiqot 

quroli sifatida. 

2.  U  yoki  bu  davlat  siyosatini  oqlash  uchun  ishlatiladigan  keng  ma’nodagi  siyosiy 

tafakkur tо‘g‘risidagi tushuncha sifatida. 

Har ikkala ma’noda ham milliy manfaat davlat siyosatining tashqi muhit bilan о‘zaro 

munosabati vositasi deb qaraladi. U faqat suveren davlatga xos va asosan tashqi siyosatga 

taalluqli: ichki rang-baranglik asosan davlat manfaati (jamiyat manfaati) deb hisoblanadi

16



Jahon  tajribasi  shuni  tasdiqlaydiki,  islohotlarning  samaradorligi  va  umuman 

mamlakatning  ichki taraqqiyoti davlatning tashqi siyosiy  va tashqi  iqtisodiy  faoliyatining 

samaradorligi  bilan  bog‘liqdir.  Bu  о‘rinda  shuni  ta’kidlab  о‘tish  muhimki,  О‘zbekiston 

jahon xamjamiyatining mustaqil subyekti sifatida о‘zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy 

faoliyatini  respublika  rahbariyati  tomonidan  ishlab  chiqilgan  mustaqillik  g‘oyalariga 

asoslangan  milliy  g‘oya  ruhida  olib  boradi.  Ana  shu  nuqtai  nazardan  qaraganda 

                                                             

16

 Tinchlik va bag‘rikenglik atamalari izohli lug‘ati. – T., JIDU, 2005, - B. 72. 



О‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosat  faoliyati  sohasidagi  milliy  istiqlol  g‘oyasi 

asoslarini о‘quvchilarga quyidagicha talqin etish lozim: 

Birinchidan,  tashqi  siyosatni  teng  huquqlilik  va  о‘zaro  manfaatdorlik  tamoyillari 

asosida tashkil etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

Ikkinchidan,  biron-bir  davlatning  ta’sir  doirasiga  tushib  qolishga  yо‘l  qо‘ymaslik, 

jahondagi barcha mamlakatlar bilan о‘zaro munosabatlarni mafkuraviy qarashlardan qat’i 

nazar о‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilash; 

Uchinchidan, ikki tomonlama va kо‘ptomonlama shartnomalar asosida о‘zaro foydali 

aloqalarni о‘rnatish; 

Tо‘rtinchidan,  mamlakatning  jahon  xо‘jaligi  va  xalqaro  mehnat  taqsimotida  keng 

ishtirok etishi uchun ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etish. 

Siyosiy  masalalarini  mustaqil  hal  qilish  tajribasi  amalda  bо‘lmagan  bir  sharoitda 

О‘zbekiston  Prezidenti  mamlakat  yetakchisi  sifatida  respublika  tashqi  siyosiy  faoliyatini 

rivojlantirishning milliy-g‘oyaviy negizlarini belgilab berdi. Bu negizlar I.A.Karimovning 

“О‘zbekistonning  о‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yо‘li”

17

  kitobida  о‘z  aksini  topdi  va  milliy-



ma’naviy davlat konsepsiyasi darajasiga kо‘tarildi. Prezidentimiz I.A.Karimov zimmasiga 

yо‘q narsani yaratish mas’uliyati yuklangan edi. 

Aynan  milliy  g‘oya  insonlarni  milliy  g‘ururli,  or-nomusli,  halol-pok,  iymonli, 

e’tiqodli, sadoqatli, vatanparvar etishga chorlaydi. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 

“...xalqimizning  asriy  an’analari,  urf-odatlari,  tili  va  ruhiga  asoslangan  holda  milliy 

mustaqillik  mafkurasi  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  mushtaraklikda  kelajakka  ishonch, 

ona  Vatanga  muhabbat  ruhida  tarbiyalash,  insonparvarlik,  vijdonlilik,  mardlik  va 

chidamlilik  adolat,  bilimga  va  ma’rifatga  intilish  tuyg‘usini  odamlar  qalbi  va  ongiga 

yetkazish uchun xizmat qilmog‘i darkor. U davlat fuqarolarining buyuk maqsad yо‘lidagi 

ruhiy yaqinlashuviga hamkorlik etmog‘i lozim”

18



Shu  ma’noda,  u  jamiyatning  о‘z  milliy  g‘oyalari  atrofida  mustahkam  jipslashuvi, 



fikrlar  rang-barangligi  va  qarashlar  xilma-xilligi  asosida  hayotda  mafkuraviy 

jarayonlarning  muvofiqlashuvidan  manfaatdor.  Bosh  islohotchi  sifatida  davlat  ijtimoiy-

                                                             

17

 Karimov I.A. О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li. – T.: О‘zbekiston. 1992 



18

 Abilov U. Milliy g‘oya: ma’naviy omillar. – T.: Ma’naviyat, 1999. – B. 5. 



siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda 

milliy istiqlol g‘oyalarini keng yoyish borasida faoliyat olib boradi. 

Buni  xorij  tajribasida  ham  yaqqol  kо‘rish  mumkinligiga  о‘quvchilar  e’tiborini 

qaratish zarur. Bu mamlakatlarda yuzaki qaragandagina, g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta 

e’tibor berilmaydigandek tuyuladi, xolos. Masalan, AQShni olaylik. Bu yerda har bir inson 

ongiga  “Sen  amerikaliksan,  ozodsan”,  “sening  ozodligingga  daxl  qilishga  xech  kimning 

xaqi yо‘q”, degan g‘oya bolaligidan singdiriladi. 

Natijada  bu  mamlakat  fuqarosi,  dunyoning  qayerida  bо‘lmasin,  “Men-

amerikalikman”  deb  g‘ururlanadi  va  atrofdagilarni  ham  shu  fikrga  bо‘ysindiradi.  Yoki 

Angliya  va  ingliz  tili  amal  qiladigan  davlatlardagi  maktablarda  “men”  sо‘zini  bosh  harf 

bilan, “siz” sо‘zini esa, aksincha, kichik harf bilan yozishga о‘rgatiladi

19



Shuning  uchun  Ismoil Gaspirali “Ovrupa bir  keksa choldir, tajribasi kо‘pdir. Ulug‘ 

yoshiga  hurmatimiz  bor.  Tajribasidan  о‘rganamiz.  Lekin  xatolarini  takrorlamaymiz... 

Ovrupada  nimani  kо‘rsak,  yosh  boladek  olib  yugurmaymiz.  Esli-xushli  insonlardek  “Bu 

nimadir? Oqibati nima bо‘ladi?  

Vijdon  va  xaqqoniyatga  uyg‘unmi?”  deya  aql  tarozisiga  tortib  olamiz”,  –  deb 

ta’kidlagan edi

20

. Bu da’vat bugungi  murakkab bir sharoitda о‘z dolzarbligini yо‘qotgani 



yо‘q. Chunki ota-bobolarimiz о‘gitlarida о‘zlikni anglash, dunyoviylikka intilish, bosiqlik 

va  bag‘rikenglik  bizga  meros  qolgan.  Bular  esa  о‘z  navbatida  ajdodlarimiz  orzu  qilgan 

mustaqillik, mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlashning asosiy omillaridir. 

Dunyoni  termoyadro  xavfidan  qutqarish,  xalqlar  va  davlatlar  о‘rtasida  mо‘tadil 

iqlimni  vujudga  keltirish,  diniy  ekstremizm,  fanatizm,  xalqaro  terrorizmga  qarshi 

kurashish, narkotik  moddalarning tarqalishiga  chek qо‘yish singari  global  muammolarni, 

mintaqaviy mojarolarni bartaraf etishda yuksak siyosiy madaniyatga erishish XXI asrning 

dolzarb  masalalaridandir.  Prezident  I.A.Karimovning  BMT  48-sessiyasida  ushbu  global 

muammolar  yechimi  yuzasidan  bildirgan  quyidagi  mulohazalari  e’tiborga  molikdir: 

“Dunyo  mojarolarini hal etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”. Sharqona 

                                                             

19

 G‘aniyev A. G‘arb olamidagi axloqiy muammolar. – T.: Voris, 2007, – B. 6. 



20

B.Qosimov Milliy uyg‘onish. - T.: Ma’naviyat. 2002. – B. 33. 



munosabatlar  esa  asrlar  davomida  shakllangan  va  Prezidentimiz  tomonidan  asoslangan 

milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillarida о‘z aksini topgan. Ular quyidagilar:  

- insonparvarlik tamoyili; 

- milliy maxdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bо‘lish; 

-  adolat,  tinchlik,  tenglik,  bunyodkorlik  va  demokratiya  g‘oyalarini  о‘zida  ifoda 

ettirish; 

-  jahon  xalqlari  yaratgan  sivilizatsiya  yutuqlarini  asrash  va  keyingi  avlodga 

yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bо‘lish; 

- insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish 

va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish; 

Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bо‘lgan kishilarning bir 

zamin,  bir  Vatanda,  olijanob  g‘oya  va  niyatlar  yо‘lida  hamkor  va  hamjihat  bо‘lib 

yashashini  anglatadi

21

.  Diniy  bag‘rikenglikning  rivojlanishi  va  mustahkamlanishi  barcha 



insonlarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlarini amalga oshirish 

yо‘lida birlashtiradi. U nafaqat insonlarning ongidan, balki qalbidan о‘rin olishiga yordam 

beradi.  Bu  g‘oya  bugungi  kunda  nafaqat  dindorlar,  balki  butun  dunyo  xalqlarining 

hamkorligini  nazarda  tutadi.  Hamkorlik  esa  halollik  va  poklik,  mehr-shafqat,  yaxshilik, 

tinchlik  va  dо‘stlik  kabi  insoniy  fazilatlarga  tayanadi.  Shuning  uchun  Prezidentmiz 

I.A.Karimovning  “Insonning  insoniyligini  uyg‘otmoqchiman”  degan  fikrlari  muhim 

ahamiyatga ega. Dars yakunida о‘quvchilar diqqatini quyidagi fikrlarga qaratish zarur: 

1.  Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etish va О‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos 

keladigan  kо‘p  tomonlama  siyosat  yuritish  davlatimiz  mustaqilligini  mustahkamlashning 

muhim shartidir.      

2. 

Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosatining asosida davlatlar 



mustaqilligi,  respublikalardagi  barcha  xalqlarning  manfaatlari,  uning  farovonligi  va 

xavfsizligi yotadi.  

                                                             

21

Milliy itsiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: О‘zbekiston faylasuflar milliy 



jamiyati. 2001. – B. 168. 

3. 

Jahonni,  xususan,  Markaziy  Osiyoni  mafkuraviy  bо‘lib  olishga  urinishlarning 

asosida  muayyan  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  geosiyosiy  manfaatlar  yotadi.  Xalqlarni 

ma’naviy-mafkuraviy tobe etishga bо‘lgan harakat – hozirgi davrning asosiy xususiyatidir; 

4. 

Hozirgi  globallashuv  davrining  xususiyatlari 



mafkuraviy  jarayonlarning 

umuminsoniy, gumanistik bunyodkorlik yо‘nalishini kuchaytirish uchun mintaqadagi har 

bir  davlatdan  nafaqat  о‘z  ichki  imkoniyatlaridan,  balki  tashqi  omillardan  ham  oqilona 

foydalanishni taqozo etadi.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli 

 

Mashg‘ulot vaqti-2 soat 

O‘quvchilar soni: 25 – 35 gacha 

 

Nazariy  mashg‘ulot rejasi 

1.  Globallashuv  jarayonida  mafkuraviy  tahdidlarni  о‘rganishning 

konseptual asoslari 

2.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.   

3. 


G‘oyaviy 

tahdidlarga 

nisbatan 

mafkuraviy 

immunitetni 

shakllantirish omillari 

 

O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:    O‘quvchilarga  Jahon  taraqqiyotining  turli  darajalari.  Ma’naviy 

xurujlarning  milliy  rivojlanishga  o‘tkazayotgan  ta’siri  va  uning  oqibatlari  va  unga  qarshi  kurashda 

ta’lim tizimi oldidagi vazifalarni tushuntirib berish. 

 

 



pedagogik vazifalar

 O‘quvchilarga 

Jahon 

mafkuraviy 



manzarasini 

unda 


kechayotgan 

turli 


darajadagi xurujlar haqida tushuncha berish.  

 Ma’naviy xurujlarning milliy rivojlanishga 

o‘tkazayotgan  ta’siri  va  uning  oqibatlari. 

Iqtisodiy  globallashuv  ta’sirini  tushuntirib 

berish. 

 O‘zbek  xalqi  ma’naviy-ruhiy  qiyofasi 

takomillashuvi 

mafkuraviy 

tazyiqlarga 

qarshi  kurashning  muxim  omili  ekanligini 

tushuntirish. 

 

 



O‘quv faoliyati natijalari: 

 

O‘quvchilar  Jahon  mafkuraviy  manzarasini 



unda  kechayotgan  turli  darajadagi  xurujlar  haqida 

xususida ma’lumotga ega bo‘lishadi; 

 Ma’naviy 

xurujlarning 

milliy 

rivojlanishga 



o‘tkazayotgan  ta’siri  va  uning  oqibatlari.  Iqtisodiy 

globallashuv ta’sirini tushunib etishadi.   

 O‘zbek 

xalqi 


ma’naviy-ruhiy 

qiyofasi 

takomillashuvi 

mafkuraviy 

tazyiqlarga 

qarshi 


kurashning  muxim  omili  ekanligi  haqida  tushuncha 

hosil qilishadi. 



Ta’lim berish usullari 

“piramida”, “Qanday”, “FSMU”, “Insert” 

texnologiyalardan foydalanish, muammoli usul, 

munozara, suhbat, aqliy hujum, tezkor-so‘rov 



Ta’lim berish shakllari 

Jamoaviy,  guruhlarda ishlash;  

 

Ta’lim berish vositalari 

Ma’ruza matni,  o‘quv materiallari, marker, skotch,  

qog‘oz 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun 

mo‘ljallangan auditoriya 

 

Monitoring va baholash 

Og‘zaki nazorat: savol-javob  

 

Mavzu



  

О‘ZBEKISTONNING 

BARQARORLIGI 

VA 


HAVFSIZLIGIGA  RAXNA  SOLUVCHI  TAHDIDLARGA 

QARSHI 


MAFKURAVIY 

IMMUNITETNI 

SHAKLLANTIRISH YО‘LLARI

 


Mavzu  :      “О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari”        mavzusida 

nazariy mashg‘ulotning  

         

TEXNOLOGIK XARITASI 

 

Ish 

jarayonlari 

vaqti 

Faoliyat mazmuni 

 

O‘qituvchi 

 

O‘quvchi 

1 bosqich. 

Kirish 

(10 daqiqa) 



1.1. 

Ma’ruzaning 

mavzusi, 

rejasini 

e’lon 

qiladi, 


o‘quv 

mashg‘ulotining  maqsadi  va  o‘quv  faoliyat  natijalarini  tushuntiradi 

(1-ilova) 

Tinglaydi, 

mavzu nomini 

yozib oladi 

1.4. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi 

Yozib oladi 

2 bosqich. 

Asosiy 


jarayon 

(40 daqiqa) 

2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti rejasi bo‘yicha ma’ruza qiladi 

(2-ilova)  Ma’ruza  bo‘yicha  “piramida”  usulidan  foydalangan  holda 

o‘quvchilarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat  qiladi:  Globallashuv 

nima? (3-ilova) 

2.2.  Mavzu  rejasining  ikkinchi  punkti  bo‘yicha  ma’ruza  qiladi  (4-

ilova).  Ma’ruza  bo‘yicha  «Qanday”  usulidan  foydalangan  xolda 

o‘quvchilarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat  qiladi:  Ma’naviy 

tahdidlarni tahmin etuvchi vositalar nima? (5-ilova) 

Yozadi, savolga 

javob beradi. 

 

 

Yozadi, savolga 



javob beradi. 

 

Mavzuning uchinchi punkti e’lon qilinadi.  



(6-ilova)  

Mavzuda  bayon  etilgan  masalalarni  mustahkamlash    «Kichik 

guruhlarda  ishlash»  orqali  amalga  oshirilishini  e’lon  qiladi. 

“FSMU”  texnikasidan  foydalangan  holda  guruhlarga  topshiriqlar  

beradi  (7-ilova).  Bu  texnika  guruhlarda  ijodiy  ishlashga  yordam 

beradi,  qo‘shimcha  ma’lumotlardan  foydalanishga  imkon  yaratadi. 

Diqqatlarini  kutiladigan  natijaga  jalb  qiladi.  Har  bir  guruh 

topshiriqlarini    -  qog‘ozlarga  tushirib,  taqdimotini  o‘tkazishga 

yordam  beradi,  bilimlarini  umumlashtiradi,  xulosalarga  alohida 

e’tibor  beradi.  Topshiriqlarning  bajarilishini  qay  darajada  to‘g‘ri 

ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi. 

 

Savollarga javob 



beradilar, erkin 

bahs-munozara 

yuritadilar 

Guruhlarda 

ishlaydilar.  

 

 



 

 

 



3 bosqich. 

Yakuniy 


bosqich 

 (30 daqiqa) 

3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.  

 

Tinglaydilar 



3.2. O‘quvchilarning baholash mezonlarini e’lon qilinadi 

 

Yozib oladi 



3.3. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar beradi (8-ilova) 

 

Javob yozadi 



 

3.4  Navbatdagi  mashg‘ulotda  ko‘riladigan  mavzuni  e’lon  qiladi  va 

“Aqliy  xujum”  usulida  jadvalga  mustaqil  ta’limga  tayyorgarlik 

ko‘rishlarini so‘raydi (8-ilova). 

”Insert” usulida 

jadvalni 

to‘ldiradi. 

 

 



 

1-ilova 


 

MAVZU: 

О‘zbekistonning barqarorligi va havfsizligiga raxna soluvchi tahdidlarga 

qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish yо‘llari



Reja.  

1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari 

2.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi  tahdidlar  va  ularning  namoyon 

bо‘lish xususiyatlari.   

3. G‘oyaviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari 



O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  O‘quvchilarga  Jahon  mafkuraviy  manzarasini  unda 

kechayotgan  turli  darajadagi  xurujlar  haqida  tushuncha  berish.  Ma’naviy  xurujlarning  milliy 

rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari. Iqtisodiy globallashuv ta’sirini tushuntirib 

berish 


O‘quv faoliyatining natijasi: O‘quvchilarga  Jahon  mafkuraviy  manzarasini unda kechayotgan 

turli darajadagi xurujlar haqida bilimga ega bo‘lishadi.   

 

 

 



 

 

2-ilova 



 

 

 



 

 

1. Globallashuv jarayonida mafkuraviy tahdidlarni о‘rganishning konseptual asoslari         

Insoniyatning aql salohiyati o‘sib borgani sari uning ehtiyojlari ham oshib bormoqda. U 

bugun  kechagiga  qaraganda,  ertaga  esa  undan-da  ko‘proq  yaxshi  yashashga,  moddiy-ma’naviy 

barkomollikka  ershishga    va  farovon  hayot  kechirishga  intilmoqda.  Aslida  bu  insoniyat 

taraqqiyotining  mazmuni,  uning  hayot  kechirish  qonuniyati  va  falsafasi  hisoblanadi.  Agar  ana 

shu intilish bo‘lmaganda insonlarning boshqa mavjudodlardan farqi ham qolmagan bo‘lur edi. 

Shunday  ekan  uning  intilish  va  harakatlarining  nimasi  yomon?    Muammo,  ana  shu 

intilishlarda  moddiy  manfaatdorlikka    bo‘lgan  intilish  bilan  ma’naviyatni  unga  mos  ravishda 

rivojlantirishga  bo‘lgan  zaruriyat  o‘rtasidagi  muvozanatning  yo‘qolib  borishida  namoyon 

bo‘lmoqda.  Buni  yuksak  darajada  taraqqiy  qilgan  mamlakatlar  o‘zlarining  ulkan  intellektual 

salohiyatlari  bilan  fan,  texnika  va  texnologiyaning  eng  zamonaviy  turlarini  yaratib,  ular 

vositasida mintaqalarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo resurslarini qo‘lga kiritishning eng jirkanch 

uslublaridan foydalanib, ana shu mintaqa xalqlarini  avvalo moddiy jixatdan qaram qilish hamda 

bu omil vositasida ularni o‘ziga xos ma’naviyatini ham barbod  qilish yo‘li bilan uning o‘rniga 

o‘zlarining 

ma’naviyatini 

ommaviylashtirishdek 

ma’naviy 

amaliyotida 

 

namoyon 


bo‘layotganligida ko‘rish mumkin.  

 

 



 

 


3-ilova 

 

 

1-o‘quv to‘shiriq 

«piramida» organayzerini to‘ldiring 

 

Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari? 



 

 

 

 

 

                 4-ilova 

  

2-MASALA  BAYONI.  О‘zbekistonning  barqarorligi  va  havfsizligiga  raxna  soluvchi 

tahdidlar va ularning namoyon bо‘lish xususiyatlari.   

 

Globallashuvning  insonlar,  millatlar,  mamlakatlar  va  mintaqalarga  o‘tkazayotgan  salbiy  ta’siri 



bugunning  o‘zida  yaqqol  namayon  bo‘lmoqda.  U  iqtisodiyoti  yuksak  taraqqiy  qilgan  yirik 

mamlakatning  yetakchiligini  ta’minlashga,  ularning  kam  taraqqiy  qilgan  yoki  endi  taraqqiyot 

yo‘liga kirayotgan mamlakatlar resurslarni qo‘lga kiritish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Siyosat 

sohasida xuddi ana shu mamlakatlarning o‘zlarining demakratik qadriyatlarni ommalashtirishga 

xatto  kuch  ishlatish  yo‘li  bilan  bo‘lsa  ham  millatlar,  halqlar  va  mamlakatlar  hayotiga  joriy 

qilishdek  mudxish  amaliyotni  qo‘llash  imkoniyatini  ham  kengaytirmoqda.  Bu  jarayonning 

milliy-ma’naviy  hayotga,  axloqiy  qadriyatlar,  urf-odat  va  an-analarning  yemirilishiga 

o‘tkazayotgan  ta’siri  ayniqsa  shiddat  bilan  rivojlanmoqda.  Bu  salbiy  jarayonning  bugungi 

oqibatlarini  Birlashgan  Millatlar    Tashkilotining  sobiq  Bosh  sekretari  Kofe  Anan  shunday 

baholagan edi: “millionlab va millionlab fuqarolar o‘zlarining shaxsiy tajribalaridan shunga amin 

bo‘lmoqdalarki,  globallashuv  taqdirning  mukofati  emas,  balki  ularning  moddiy  farovonligini 

yoki      ularning  odatga  aylanib  qolgan  turmush  tarzini  barbod  qiluvchi  kuchdir.  Bu  fikrning 

aytilganiga 9 yildan ortiq vaqt o‘tdi.  

 

 



 

 


5-ilova 

1-o‘quv to‘shiriq 

«Qanday» organayzerini to‘ldiring 

 

 

 

 

Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal 

qilinadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

Download 485,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish