Tafsir
ulamolariga ko‘ra, bu yerda asosiy e'tibor iymon va iymonsizlik
kalima
lariga
qaratilgandir. Iymon so‘zi tabiiy o‘sish, uning axloqiy va aqliy yutuqlari baquvvat
ildizlardan kuch oladi, deb tasvirlanadi, ildizlar esa o‘z navbatida e'tiqodning asosini
tashkil etadi: kishini inontirgan isbotlarning sifati hamda Allohning mavjudligiga ishonish
va buni to‘g‘ri tushunish o‘sha kishining borliq realligiga asoslanganidan dalolat beradi.
Shu tariqa olingan meva - diniy hayotdan olingan sezilarli foyda - doimiy ("har safarlik")
dir, o‘sha meva (foyda) insonning o‘z muvaffaqiyati emas, u(lar) faqat "parvardigorning
ijozati bilan" keladi. E'tiqodga asoslangan sog‘lom hayot mana shudir. Buning teskarisi
esa bitta narsa: voqelikka emas, xomxayolga asoslangan, binobarin, "barqarorlikka
erisha olmagan"
kufr
dir
[485]
.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
132
«Baqara»
surasi
ning boshida kelgan va odamlarning ikki turga bo‘linishini eslatib
turuvchi mana shu oyat amallar va e'tiqod o‘rtasidagi munosabatni, ular orasidagi
mavjud ierarxiyani hamda haqiqiy iymonga xos bo‘lgan oziqlanish va meva qilish, olish
va berish o‘rtasidagi barqaror muvozanatni aniq ifodalab beradi.
Biz iymonning zamonaviy faol usullariga aynan mana shu mezon asosida baho
berishimiz kerak. Yosh «ultra» o‘zining ba'zan asabiy beboshliklarga olib keladigan qattiq
g‘azabi bilan hamda miyasiga jiddiy o‘rnashib qolgan va samarali bo‘lgan nisbatan biqiq
masalalar va tashvishlariga andarmon bo‘lgani bilan Qur'onning mana shu tavsifiga mos
keladimi?
Men bu savolga o‘zimning tajribamdan kelib chiqadigan bir misol bilan javob bera qolay.
Men Misrdagi Assiut universitetida "Jamoat ul-islomiya" deb atalgan bir radikal "islomiy"
guruh rahbarini yaxshi tanir edim. Uning oti Hamdi edi. U ko‘pchilik havas qilsa
arziydigan soqol qo‘ygan, har doim tishini misvok bilan tozalar, o‘z vaqtini kopt
xristianlariga bo‘lgan nafrati xususida voizlik qilish bilan o‘tkazar, ulardan bir nechasiga
uning
xutba
si natijasida hujum qilingan va kaltaklangan edi. Uning yuzlab izdoshlari bor
edi; oqibatda Assiut bugungi kunda murosasizlik va vahhobiylik usulidagi faollik qo‘rg‘oni
bo‘lib qolmoqda.
Qissadan hissa shuki, men tanishganimizdan so‘ng oradan 5 yil o‘tib, yana shayx
Hamdiga ro‘para bo‘lib qoldim. Bu safar u bilan Qohira ko‘chasida uchrashar ekanmiz,
to‘g‘risi, uni taniyolmay qoldim. Soqolini oldirib tashlabdi. U sviter va shim kiyib olgan
ekan. Eng qizig‘i, u bir g‘arblik qiz bilan birga yurgan ekan, qiz avstraliyalik bo‘lib
chiqdi. Shayx uyalgancha o‘sha qizga uylanmoqchi ekanini aytib berdi. U bilan
gaplashganimizda, musulmonlik ruknlarini mutlaqo bajarmay qo‘yganini, namoz ham
o‘qimayotganini, endigi maqsadi Misrdan ketib, Avstraliyada yashash va pul orttirish
ekani ma'lum bo‘ldi. Qandaydir jin urib, islomiy faollik amaliyoti unga ta'sir qilmay
qo‘yibdi, u yana «radikal musulmon»ga aylanmasidan burungi mavhum va oddiy misrlik
yigitga aylanib qolibdi. «Salafiycha yonib kul bo‘lish» deb atashimiz mumkin bo‘lgan bu
hodisa ko‘pgina zamonaviy musulmon madaniyatilarda tez-tez uchrab turadi. Kishi 20
yoshdan endi oshgan paytida orttiriladigan ilk tashabbus oradan 7-10 yil o‘tgach,
sustlashib qoladi. Islom radikalining chekiga tez-tez tushadigan qamoq va qiynoq singari
qur'a iymonga sodiqlikni cho‘zishi mumkin, biroq pirovardida ushbu yangi
musulmonlarning aksariyati salafiy munosabatning iymonga o‘xshash dunyosida yana
o‘z amaliyoti uchun na yaxshi, na yomon bo‘lgan ilgarigi ahvoliga tushib qoladiganga
o‘xshaydi.
Ekstremistlar faolligining ushbu omonatligidan xuddi uning mazmunidan
shubhalanganday shubhalanish kerak. Haqiqiy musulmon e'tiqodi bu qadar nozik
bo‘lmaydi; Qur'onda ta'kidlanganiday, uning ildizi "juda mustahkamdir". Qur'on oyatida
tavsiflangan ikki daraxt haqida xulosa qiladigan bo‘lsak, salafiy ekstremizmi birinchi
emas, ikkinchi daraxtdir. Gapning po‘stkallasini aytadigan bo‘lsak, sahobalar orasida
iymoni o‘zgaruvchanlari bo‘lmagan: ularning sadoqati va xudojo‘yligi o‘limlariga qadar
nihoyatda sof bo‘lib qolgan.
Yosh musulmonlarni bunga o‘xshash o‘tkinchi, ammo vahshiy faollikka nima majbur
etadi? Bugungi kunda musulmon jamiyatlari boshidan kechirayotgan beqarorlikning
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |