XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
138
"Sufiylarning yo‘li Qur'on va sunnatda belgilab berilgan, u payg‘ambarlarning va (yuragi)
tozalangan kishilarning axloqiga mos yashashga asoslanadi. Uni Qur'on, sunnat va ijmo
aqidalarini aniq buzmaguncha qoralab bo‘lmaydi. U mana shu manbalarning birortasiga
ham zid kelmasa, qoralash mumkin emas, faqat odamlarning boshqalar haqidagi past
fikrini yoki nomaqbul manmanlikka berilishinigina qoralash lozim. Sufiylar tutgan yo‘ldan
bexabar bo‘lgan kishidan boshqa hech kim ularning gapirgan gaplarini inkor
etmaydi
[495]
.
Hanbaliya tasavvufi haqida gap ketganda, har bir kishi Abdulloh Ansoriy,
Abdulqodir aj-
Jilaniy, Ibn aj-Javziy va Ibn Rajabday mo‘‘tabar zotlardan boshqa kishilarni izlab
o‘tirmasa ham bo‘ladi.
Aslida, as-Suyutiy, Ibn Hojar al-Asqalaniy, al-Ayniy, Ibn Xaldun,
Ibn Subkiy, Ibn Hojar
al-Haytamiy, Baydaviy, as-Saviy, Abul Shu'id, al-Bag‘aviy va Ibn Kosir
[496]
kabi
tafsirchilar; Taftazoniy,
an-Nasafiy, ar-Roziy singari aqidanavislarning barchasi o‘rta
asrlar islomining buyuk shaxslari bo‘lgan va tasavvufni qo‘llab asarlar yozgan.
Darhaqiqat, ularning ko‘pchiligi sufiylikdan ilhomlanib, mustaqil asarlar ham yozgan.
Ulamolarning islom tarixidagi buyuk sulolasi - bunga usmonlilar va mo‘g‘ullar ham
kiradi - tasavvuf dunyoqarashidan ilhomlangan va uni islomiy ilmlarning markaziy va
muhim ilmlaridan biri sifatida hurmat qilgan.
Islomning keyinchalik tasavvufni qonuniy deb tan olishiga sabab ushbu ilm
tarmoqlarining dinimizni musulmon dunyosidan tashqarilarga ham yoyish tashabbusi
bo‘ldi.
Hindiston, qora tanlilar Afrikasi va Janubi-sharqiy Osiyoni, asosan, kezgindi sufiy
muallimlar islomlashtirishgan. Xuddi shunga o‘xshash, jihod deb atalgan islom
majburiyatini sufiylik jamiyatlari katta g‘ayrat bilan o‘z zimmasiga olgan. 19-asrning
buyuk mujohidlari: Usmon dan Fodio (Hauzalend (Nigeriya)), as-Sanousiy (Liviya),
abdulqodir al-Jazoiriy (Jazoir), Imom Shomil (Dog‘iston) va Padre qo‘zg‘oloni (Sumatra)
yo‘lboshchilari tasavvufning faol amaliyotchilari bo‘lgan va u haqda mujodala paytida
asarlar yozgan.
Bu dunyoda, tasavvuf islomning sokin va jangari bo‘lmagan shaklidir,
degan da'vodan bema'niroq narsaning o‘zi bo‘lmasa kerak.
Biz bu gaplarning barchasi bilan bir paradoksga qarshi turamiz. Agar tasavvuf butun
tariximiz davomida musulmon intellektual va siyosiy hayotining bir qismi sifatida
e'zozlanib kelgan bo‘lsa, nega bugungi kunga kelib, unga qarshi bo‘lgan
ovozlar yangrab
turibdi? Buning ikkita fundamental sababi bor.
Birinchidan, sharqshunos olimlarning keng tarqalgan ta'siri mavjud. Lui Massignon 1922
yili o‘zining
Do'stlaringiz bilan baham: