XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
146
qochqinlar kelishi bilan yomonlashib keta boshladi. Masalan, Livan aholisi bir oy ichida
20 foiz ortib ketdi. Iordaniya aholisi esa 30-35 foiz ko‘paydi.
Bunday falokatga duch kelgan g‘arblashgan zodagonlarning
orzu-umidlari chippakka
chiqdi. G'arbliklarning faqat Isroilni qo‘llab-quvvatlashi, falastinliklarning o‘z yerlariga
qaytib kelishiga yo‘l ochish yoki ularning dehqonchilik qilib kelgan dalalari, qishloqlari va
ishidan ayrilgani uchun tovon puli olishiga imkon yaratish
uchun Isroilga bosim
o‘tkazishdan bosh tortishi ushbu mintaqa aholisining G'arbga zavq-shavq bilan qarashiga
putur yetkazdi. Bir islom voizi aytganiday: "Agar G'arb shariati shu bo‘lsa, bizga uning
umuman keragi yo‘q". G'arbning arablar va musulmonlarga nisbatan nafrati shu
darajaga yetdiki, ularning nazarida xalqaro tartibning muhim
printsiplari buzilganidan
ko‘ra butun boshli arab davlati yer bilan yakson qilib tashlangani afzal edi.
G'arbning nafratiga duchor bo‘lgan millatchi harbiy rejimlar sotsialistik blokka yuz tutib,
Tito va Xrushchev bilan noz-karashma qila boshladi. Pufaksimon quruq gap-so‘zlar bilan
o‘tgan yillardan so‘ng, "Falastin - falastinliklar uchun!" da'vosi bilan yarim-yuluq urushlar
ham bo‘ldi. 20-asrning 80-yillarida kommunistik blok inqirozga
yuz tutishi bilan hamma
narsa barbod bo‘ldi, Isroilning kuchi oldida ojiz qolgan arab rejimlarining obro‘si tutday
to‘kilib ketdi. Ko‘rfaz urushidagi mag‘lubiyat o‘sha rejimlar faqat bir narsaga: Isroil bilan
tinchlik shartnomasi imzolash evaziga G'arbdan moliyaviy yordam olishga qodir ekanini
namoyish etdi, xolos.
Bugungi vaziyat Yaqin Sharqdagi aksariyat mamlakatlardagi
harbiy xuntalarning qudrati
o‘sha yerning o‘zida emas, G'arbda ekanini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Misr va Tunis
hamda G'arbning mintaqaga suqilib kirishi uchun qulay bo‘lgan boshqa mamlakatlar
xalqlari o‘z rejimlarini tobora ko‘proq so‘kmoqda.
Endilikda mo‘‘tadil fikrlovchi kishilar bu muammoning yechimini demokratiyada deb
bilmoqda. Agar aholi o‘z mamlakatlaridagi
rejimlardan nafratlansa, nima qilish
kerakligini o‘zi hal etishi lozim. Ammo ko‘pgina Yaqin Sharq mamlakatlarida amalda
buning imkoni yo‘q. G'arbparast rejimlar, ma'lum sabablarga ko‘ra, demokratiya
joriy
etilishiga ijozat bermasligi tayin. Shuning barobarida G'arb ham o‘zi ishongan xalq
vakolat bergan hukumat to‘g‘risidagi universal qadriyatni mintaqadagi do‘stlariga
nisbatan qo‘llashga ro‘yi xush bermayotir. Ko‘rfaz bo‘yidagi g‘arbparast rejimlarning
aksariyati absolyutizm (hokimiyatning bir kishi qo‘lida jamlanishi)ga moyillik
bildirmoqda. Yaman singari demokratiyaning haqiqiy shakllariga ega bo‘lgan arab
rejimlarining esa G'arb bilan munosabatlari unchalik ham iliq emas.
Jazoir G'arbning demokratlashtirishga bo‘lgan munosabatiga juda yaxshi misol bo‘ladi.
1830 yili Frantsiya bosib olgan bu mamlakat mustamlakachilik davrida o‘ziga xos
xususiyatlaridan deyarli butunlay ayrilayozdi. Hatto 20-asrning 50-yillarida
ham arab
maktablarida o‘quvchilarning o‘z ona tillarida ta'lim olishi taqiqlangan edi. Har bir bola
Do'stlaringiz bilan baham: