XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
147
bo‘lgan muhim jihatdir. 1992 yili, sotsialistlarning bir partiya rahbarligiga asoslangan 30
yillik turg‘unlikdan so‘ng, bu mamlakatda saylov o‘tkazildi.
Richard Nikson o‘sha yili chop etilgan "Lahzani ushlab qoling" kitobida bunday deb
yozadi: " Musulmonlar ko‘chalarni baqir-chaqir namoyishlar bilan to‘ldirishi mumkin,
biroq ular so‘rov o‘tkazish orqali hokimiyatni qo‘lga kiritishga qodir emas". "Islom
najot
fronti"(INF) vakili bo‘lgan jazoirlik musulmonlarning fikri esa butunlay boshqacha.
Saylovda 207 ta o‘rin uchun kurash olib borildi, shundan 188 tasini "Islom najot fronti"
egalladi. Hokimiyat tepasidagi xunta bor-yo‘g‘i 16 ta o‘rinni egalladi, qolgan o‘rinlarni
esa sotsialistik partiyalar va mustaqil nomzodlar qo‘lga kiritdi.
11 yanvar kuni harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va saylov natijalarini bekor etdi. Ular
INFni qonundan tashqari deb e'lon qildi va uning minglab rahbarlarini Sahroi Kabir
ichkarisidagi kontsentratsion lagerga jo‘natdi. Musulmon yo‘lboshchilari G'arbni bu
davlat to‘ntarishini qoralashga da'vat etdi, ammo ular sukut saqlashdan boshqa narsa
yaramadi. Sanktsiyalar joriy etish niyatidan yiroq bo‘lgan G'arb
davlatlari bu
mamlakatdagi hukmron rejimni pul bilan ko‘mib tashlay boshladi. Xalqaro valyuta
jamg‘armasi 300 million AQSh dollari miqdorida shoshilinch yordam berdi. 1994 yili yana
prezident saylovi o‘tkazildi. Unda islom partiyalarining ishtirok etishi taqiqlab qo‘yildi.
General Lamin Zerual prezident etib saylandi, G'arb uni samimiy tabrikladi va endi
hamma narsa "iziga tushib ketadi", deb umid bildirdi.
Bu bilan musulmon dunyosiga nima shama qilinayotgani aniq edi. Mabodo,
demokratiya
G'arbning suygan diktatorlarini jamiyatning konservativ qadriyatlariga sherik bo‘lgan
mashhur arboblar bilan almashtirishni nazarda tutsa, unga toqat qilinmaydi. Afsuski, hali
bu mash'um saboq ham kam ekan. Islom harakati o‘z rahbariyatining hokimiyatdan
chetlashtirilishi bilan parchalanib ketdi. Manfaatlari toptalgan o‘sha xalqning ma'lum bir
bo‘laklari rejimning vahshiyliklariga qarshi qo‘liga qurol oldi. Albatta, hokimiyat ham
qarab turmadi. Shu vaqtgacha 50 mingdan oshiq jazoirliklar o‘ldirildi. "Emnesti
Interneshnl"ning 1995 yilgi ma'lumotlarida ta'kidlanganiday:
Xavfsizlik kuchlari minglab odamlarni o‘ldirdi. Odamlarni sud qilishda xalqaro me'yorlar
asosidagi adolatga rioya qilmaslik hollari davom etmoqda. Ma'lum qilishlaricha, qiynoq
va shafqatsizlik, ayniqsa, qamoqda ushlab turish paytida keng tarqalgan. Yil davomida
xavfsizlik kuchlari hibsga olgan kishilar "daraksiz yo‘qolgan".
Yo nihoyat adolatli saylov o‘tkaziladi, yoki bo‘lmasa, bu dahshatlar abadiy davom etadi.
Albatta, chirkin G'arb matbuotida yovuz aqidaparastlar demokratiyani qabul qila
olmasligi xususidagi baqir-chaqirlar bo‘lib turishi tabiiy hol. Ammo INF rahbariyatining
ilg‘or fikrlaydigan qismi Jazoir o‘zining hukmronligi ostida demokratik davlat bo‘lib
qolishini ochiq-oydin bayon etdi. Uning ma'naviy rahnamosi Shayx Abdulhamid bin Badis
bunday deb yozgan edi: "Hech kim odamlarning roziligisiz
ularni boshqarishi mumkin
emas. Hokimiyatni kimgadir berish yoki tortib olishni odamlarning o‘zi hal qiladi". Jazoir
musulmonlari sahnasidagi vahhobiylar demokratiya printsipini yomonotliq qilayotgani
to‘g‘ri, ular musulmonlarga, hokimiyatni Allohning qonunini bekor yoki mayib qilishi
mumkin bo‘lgan partiyalarga
berishni dinimiz taqiqlaydi, deb da'vo qiladi. Biroq INFning
Yevropadagi bosh vakili Anvar Haddam tez-tez norozilik bildirganiday, Jazoirdagi
yetakchi islom harakatining maqsadi o‘zini hokimiyat tepasiga olib kelishi mumkin