Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
140
kelingan "o‘rta yo‘l"ni qayta tiklashdir. U asrlar osha mashaqqatli munozara va ilmiy 
izlanishlar natijasida ishlab chiqilgan edi. Aynan shu ijmo birlashish uchun asos bo‘lishi 
mumkin. Ammo u biz qalblarimizni poklasak va ularni qon-qardoshlik, hurmat, 
bag‘rikenglik va murosa singari islomiy qadriyatlar bilan to‘ldirsakkina qayta tiklanishi 
mumkin. Tasavvufning ichki islohotni amalga oshira bilish qobiliyati mahsuli bo‘lgan 
ushbu yangilanish islom harakati birligini qayta tiklash uchun mavjud bo‘lgan 
imkoniyatdir. Uning teskarisi esa qayta-qayta jazava bilan yo‘g‘rilgan mag‘lubiyatlarga 
olib borishi tayin.
XI bob
Mutaassiblik balosi
Ikkinchi ming yillikning so‘nggi yillarida ikkita muhim voqea ro‘y berdi: kommunizm 
inqirozga yuz tutdi va jurnalistlar tilida "islom mutaassibligi" deb ataladigan hodisa 
to‘satdan kuchayib ketdi. Islom haqida to‘qilayotgan afsonalar "yangi, kommunizmdan 
so‘nggi yashil xavf" deb atalmoqda. Endi bizga aytishlaricha, G'arb va kommunizm 
o‘rtasidagi raqobat aslida islom va xristianlik o‘rtasidagi real, tarixiy va ming yillik 
kurashdan kichik bir tomosha va e'tiborni chalg‘itish bo‘lgan emish. Semyuel Hantington 
singari mualliflar postmodern "mafkuraning intihosi" va xristianlar G'arbi, konfutsiylar 
Sharqi hamda kamida o‘rtadagi 60 ta mamlakatni qamrab olgan musulmon dunyosi kabi 
madaniy uyushmalarning qayta tiklanishi haqida yozib, arzon obro‘ orttirdilar. Ba'zan 
esa to‘rtinchi ulkan uyushma ham tilga olinadi: bu G'arb xristianligi va janubdagi islom 
yerlari bilan keskin tarzda azaldan ziddiyatda bo‘lib kelgan Sharqiy pravoslav 
dunyosidir.
Hech bir shubha yo‘qki, bugungi dunyodagi taloto‘plarni bunday oson talqin qilish ko‘p 
odamlarga jozibali tuyuladi va muhojirlarni yomon ko‘radiganlar va mutaassiblarga juda 
qo‘l keladi. Biroq qarama-qarshi tomonga harakatlanuvchi turli tamaddunlarning o‘zaro 
to‘qnashuvidan hosil bo‘ladigan xalqaro kelishmovchiliklarni zilzila zonalarining 
"tektonika qatlami" nazariyasi bilan tushuntirish mumkinligi hali real isbotini topgani 
yo‘q. Yaqinda Yaponiya va Amerika Qo‘shma shtatlari o‘rtasida yuz bergan savdo-sotiq 
bilan bog‘liq ziddiyatga madaniyatlar o‘rtasidagi tafovut asos bo‘ldi, qabilidagi bema'ni 
umumlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Musulmon davlatlari ham tortilayotgan 
zamonaviy ziddiyatlarni yengib bo‘lmaydigan madaniy tafovutlar sifatida talqin qilish 
ham to‘g‘ri emas. Yaqin Sharqdagi ziddiyatlarning har qanday ehtiyotkor 
dekonstruktsiyasi, odatda, ularni universal xavotirlarga saba bo‘ladigan ziddiyat sifatida 
ko‘rsatishga harakat qiladi. Aslida, bunday xavotirlarning madaniy qadriyatlarga bog‘liq 
joyi juda kam. Ular, asosan, energetika va suv ta'minoti yoki hudud talashish tufayli 
vujudga keladigan to‘qnashuvlar sirasiga kiradi.
Hozirgi kunda g‘arb sharhlovchilari orasida ularning o‘z dunyosidagi jinoyatchilikning 
oshib ketishi, nikohlarning buzilishi, uysizlik, giyohvandlikning keng tarqalishi singari
xavflarning ortayotgani haqidagi xavotir kuchayib bormoqda. O'z ichida xavf sezgan har 
bir jamiyat beixtiyor tashqaridan dushman axtara boshlaydi. Gitlerning "Dunyo 
yahudiyligi" haqidagi munozarasi Versal (tinchlik shartnomasi)
[500]
va Veymarning 
iqtisodiy boshboshdoqligi tufayli paydo bo‘lgan ishonchsizlik bo‘lmasa, vujudga kelmasdi.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish