Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc


Essai sur les origines de la lexique technique



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

Essai sur les origines de la lexique technique 
("Texnik leksikaning 
manbalari haqida esse") asarini yozgunga qadar sharqshunos olimlar islomning "taqir va 
huquqiy" zaminidan tasavvufdan boshqa biror unumdor va serma'no narsa o‘sib chiqmas 
edi, degan fikrda edilar. Sharqshunoslarning musulmonlar tillariga tarjima qilingan 
asarlari musulmon modernistlariga qattiq ta'sir ko‘rsatdi. O'zining so‘nggi asarlarida ana 
shunday modernistga aylangan Muhammad Abduh islomdagi tasavvuf diskursining 
markazda turishi yoki hatto qonuniyligini shubha ostiga ola boshladi.
Ikkinchidan, vahhobiylik 
da'vo
bilan chiqa boshladi. Bundan ikki yuz yilcha muqaddam 
Muhammad Abdulvahhob saudiyalik bir qabilaga qo‘shilib, qo‘shni qabilalarga hujum 
qilganida bu ishlarini mohiyatan islomning boshqa ko‘rinishi bo‘lgan yangi xorijiylik 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
bayrog‘i ostida amalga oshira boshladi. Garchi u Ibn Taymiyani yordamga chorlagan 
bo‘lsa-da, hatto uning qarashlariga ham to‘la qo‘shilmas edi. Ibn Taymiyaning o‘ziga 
kelsak, garchi u ba'zi sufiy guruhlarning keskin qarashlarini tanqid qilsa-da, hukmron 
tasavvufning bir tarmog‘iga bo‘ysunar edi. Bu, masalan, uning hijriy 6-asrda Bag‘dodda 
yashagan ruhoniy Abdulqodir al-Jiloniyning asosiy asari bo‘lmish 
"Futuh al-g‘ayb"
("G'ayb narsalarning oshkor bo‘lishi")dagi ba'zi bir texnik nuqtalarga sharh sifatida 
yozilgan "
Sharhi futuh al-g‘ayb
" asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ibn Taymiya butun 
asar davomida o‘zini Al-Jiloniyning sodiq shogirdi sifatida ko‘rsatadi va ustozini har doim 
shayxuna
("bizning ustozimiz") deb ataydi. Qodiriya tariqatining so‘nggi davri 
adabiyotida ibn Taymiyaning o‘sha tariqatga mansubligi tasdiqlanadi, adabiyotlarda u 
silsila, ya'ni qodiriya ta'limoti o‘tish zanjirining muhim bog‘lovchi bo‘g‘ini ekani qayd 
etiladi
[497]
.
Ammo Ibn Abdulvahhob undan ancha uzoqlab ketadi. Markaziy Arabistondagi Najd 
sahrosida tug‘ilib, voyaga yetgan bu kishi hukmron islom ta'limotidan deyarli bebahra 
edi. Uning 
da'vo
si paydo bo‘lgan va mash'um nom qozongan bir paytda ulamo va 
muftiylar bu da'voga Najdning mashhur hadisini tatbiq etishadi: 
Ibn Umar Rasululloh (unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin) bunday deganini aytadi: 
"Ey Parvardigor, bizni Shomimizda o‘z rahmatingga olgin; Ey Parvardigor, bizni 
Yamanimizda o‘z rahmatingga olgin". Uning huzuridagi kishilar: "Ey Allohning rasuli
bizni Najdimizda ham", dedilar. Biroq Ul zot: "Ey Parvardigor, bizni Shomimizda o‘z 
rahmatingga olgin; Ey Parvardigor, bizni Yamanimizda o‘z rahmatingga olgin", dedilar. 
Uning huzuridagi kishilar: "Ey Allohning rasuli, bizni Najdimizda ham", dedilar. Ibn 
Umar, Ul zot uchinchi marta nimani o‘ylaganini aytdilar, deydi: "Zilzila va fitna bor, u 
yerdan shaytonning shoxi o‘sib chiqadi!"
[498]
Qizig‘i shundaki, islomiy zaminlar orasida Najddan yaxshi nom qozongan birorta ham
olim yetishib chiqmagan.
Ammo Najddan yetishib chiqqan vahhobiylarning da'vosi Saudiya Arabistonida neft 
tufayli erishilgan farovonlikdan so‘ng tobora qattiqroq eshitila boshladi. Qohira va 
Bayrutdagi ko‘plab, hatto deyarli barcha nashriyotlarni vahhobiylik tashkilotlari mablag‘ 
bilan ta'minlab turadi. Shu tariqa ular tasavvuf haqidagi an'anaviy asarlarning chop 
etilishiga to‘sqinlik qiladi, boshqa asarlardan esa vahhobiylik aqidasiga to‘g‘ri 
kelmaydigan oyatlarni chiqarib tashlaydi.
Vahhobiylikning yangicha xorijiylik tabiati uni islomiy tafakkurning boshqa shakllariga 
nisbatan toqatsiz qilib qo‘ymoqda. Lekin uning o‘z izchil fiqhi bo‘lmagani (vahhobiylik 
ortodoksal mazhablarni inkor etadi) hamda faqat asosiy va jo‘n antropomorfik
[499]
aqidaga ega bo‘lgani uchun vahhobiylik tarafdorlari orasida suyuq, amyobasimon tez-tez 
bo‘linishlar tamoyili ko‘zga tashlanadi. Islomiy guruhlarni bundan buyon izchil mazhab, 
yoki ash'ariy (yoki moturidiy) aqida o‘z mohiyatiga ko‘ra birlashtira olmaydi. Ular buning 
o‘rniga Qur'on va sunnatdan o‘zlaricha shariat va aqida olishga intiladi. Oqibatda esa 
zamonaviy salafiylik sharoitini oyoqosti qiluvchi dahshatli bo‘linish va ziddiyatdan boshqa 
narsa qolmaydi.
Tariximizning tanglik yuzaga kelgan ushbu lahzalarida ummat uchun omon qolishning 
yagona real umidi bor. U ham bo‘lsa, murakkab klassik ijmo vositasida bir to‘xtamga 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish