www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
Kasallikni oshkor qiluvchi belgi - isitma shuki, islom harakatining inqirozi haqidagi
tushuntirishlar orasida yagona ishonchli musulmoncha talqin bo‘lmish, Alloh buni qo‘llab-
quvvatlashi kerak emas, degan gap ko‘zga tashlanmaydi. Biz tez-tez Qur'onning bir
oyatini eshitib turamiz, unda "Albatta, Alloh biror qavm o‘zlaridagi narsani (yaxshi
holatni noshukrlik bilan yomon holatga) o‘zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani (yaxshi
holatni yomon holatga) o‘zgartirmas"
[484]
, deyiladi. Biroq bu printsip hech qachon
to‘g‘ri tushunilmagan ko‘rinadi. Ushbu muqaddas bitik kollektiv ijtimoiy muvaffaqiyatga
erishish uchun shart-sharoit hozirlaydigan individual axloq islohotinigina nazarda tutadi,
deb taxmin qilinadi.
Ammo bunday axloq islohotini obro‘-e'tiborga taqvo (nisbatan yengil ish) orqali
erishilganmi yoki u jonning boshqa vujudga kirishi tufayli davom etyaptimi, deb
tashvishlanmasdan turib, fiqh mezoni bilan taqqoslashdan ko‘ra xavfli narsaning o‘zi
yo‘q. Oyatda axloqiy evrilish emas, ma'naviy evrilish, ya'ni dindorlar
nafs
ining
o‘zgarishi xususida so‘z yuritiladi. Rasululloh bizga bot-bot eslatishdan
charchamaganiday, agar ushbu taqvo chin yurakdan qilinmagan bo‘lsa, uning zohiran
(shariat) ruknlar(i)ga amal qilishining qiymati bir pulligicha qolaveradi. Ul zot aytadilarki,
"hech kim bu Boqqa o‘z ishlari uchun kirmayajak". Ayni paytda zamonaviy islohotchi (biz
bosh og‘riq "fundamentalizm" so‘zidan ehtiyot bo‘lishimiz kerak) islom yo‘nalishidan ulgi
oluvchi va axloqning zohiriy ko‘rinishlariga o‘ralashib qolgan birovlarga qozilik qilishga
oid asarlar vahiy nima ekani xususidagi savolga javob bera olmaydi. Allohning bizning
(shariatning) murakkab qonun-qoidalar(i)ga sabot bilan rioya etish qobiliyatimizni
tekshirishdan boshqa ishi yo‘q, deb hisoblash ilohiyotshunoslikdagi bema'nilikdir. Allohni
bizning mehnatimiz va o‘zining marhamati bilan tuzalishimiz va tug‘ilgan paytimizdagi
sofligimiz va muvozanatimizga qaytishimiz ko‘proq qiziqtiradi. Aqidalar aynan mana shu
o‘rinda ahamiyat kasb etadi va shunga sharoit yaratib beradi. Ammo uning o‘rnini bosa
olmaydi.
Qur'oni karimda ana shu nuqtai nazarga e'tiborni qaratish uchun hayratlanarli bir
tashbeh keltiriladi. "Ibrohim" surasining 24
-
26-oyatlarida quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz:
(Ey inson), Alloh pok So‘zga (ya'ni, imon kalimasiga) qanday misol keltirganini
ko‘rmadingmi? (U so‘z) xuddi bir yaxshi daraxtga o‘xshaydiki, uning ildizi (er ostiga)
o‘rnashgan, shoxlari esa osmondadir. Parvardigorining izni bilan (u) mudom meva
berur. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun mana shunday misollarni keltirur. Yomon
so‘zning (ya'ni, kufr so‘zining) misoli esa yer yuzasidan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda
qarori yo‘q nopok daraxtga o‘xshar.
Do'stlaringiz bilan baham: |