Kollektiv xavfsizlik uchun



Download 57,02 Kb.
bet1/11
Sana10.02.2022
Hajmi57,02 Kb.
#440614
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kursishi


Iqtisodiy va siyosiy sohalarda ko‘rilgan tadbirlar hamda sanoatning rivojlantirilishi natijasida 1934 yildan boshlab umuman Angliya sanoat ishlab chiqarishi bir muncha o‘sdi va 1929 yildagi darajaga yetib undan bir oz oshdi. Bu esa aviatsiya ximiya va boshqa bir qator sanoat tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo‘ldi. Tashqi savdo aylanmasi ko‘paydi. Lekin mamlakat ilgarigi vaqtlardagidek, yangi iqtisodiy yuksalish davriga kirolmadi. Urush xavfiga qarshi, tinchlik uchun bo‘lgan umumdemokratik harakat sezilarli darajada rivojlana bordi. 1935 yilda “tinchlik plebissiti” o‘tkazildi. Ovoz berishda 11,5 million kishi qatnashdi. Plebissit ishtirokchilarining mutloq ko‘pchiligi kollektiv xavfsizlik uchun, qurolsizlanish va agressiv davlatlarga qarshi ta’sirli sanksiya qo‘llanish uchun ovoz berdi. Hukmron doiralar plebissit natijalarini hisobga olib, hukumat tarkibini qaytadan tuzdilar.
“Milliy hukumat”ning bosh ministri Makdonald 1935 yil iyunida iste’fo berdi va konservatorlar lideri Bolduin bosh ministr qilib tayinlandi. 1935 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovida Bolduin boshliq konservatorlar xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish, kollektiv xavfsizlik siyosatini yuritish kabi va’dalar berish yo‘li bilan g‘alaba qildilar. Konservatorlar keng jamoatchilik oldida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 1937 yilga qadar milliy leyboristlar va milliy liberallar bilan bir blokda bo‘ldilar va Bolduin boshchiligida ikkinchi konservativ “Milliy hukumat” tuzdilar. 1937-1940 yillarda Nevil Chemberlen ushbu konservativ hukumat tepasida turdilar.
Bolduin va Chemberlen boshliq konservativ xukumatlari tashqi siyosatda leyboristlar partiyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan Angliya-Germaniya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlarini SSSR hisobiga bartaraf qilishga intildi. Boltiq dengizida Germaniyaning pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida 1935 yil 18 iyunda Angliya Germaniya bilan dengiz bitimini tuzdi.
Angliya AQSH va Fransiya bilan birgalikda “aralashmaslik” siyosati niqobi ostida ish ko‘rib, fashist davlatlarning agressiyasini rag‘batlantirdi, 1935-1936 yillarda Italiyaning Xabashistonga qarshi, 1936-1939 yillarda Germaniya va Italiyaning Ispaniyaga qarshi intervensiya qilishlariga va 1937 yilda Yaponiyaning Uzoq Sharqda Xitoyga qarshi urush ochishi uchun keng imkoniyat berdi. Angliya, AQSH va Fransiya g‘arbda (mavjud holatni) saqlab qolish. fashizm agressiyasini Sharqqa-SSSRga qarshi qaratish uchun zo‘r berib urindilar. 1937 yil noyabrida Angliya hukumati lord Ralifaksni Germaniyaga yuborib, SSSRga qarshi Angliya, Germaniya Italiya va Fransiyadan iborat ittifoq tuzishni Gitlerga taklif qildi. Shu bilan birga Gitlerga Germaniyaning Dansigni, Avstriya va Chexoslovakiyani bosib olishga Angliyaning rozi ekanligini bildirdi. Angliyaning roziligi bilan Germaniya 1938 yil 12 martida Avstriyani bosib oldi.
N.Chemberlen fashist agressor davlatlari bilan juda yaqinlashish natijasida konservatorlar partiyasida va hukumatda oppozitsiya vujudga keldi. Oppozitsiya tashqi siyosatda fashist agressorlariga qarshi, mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish, ehtiyoj choralari ko‘rishni talab qildi. Oppozitsiya tashqi siyosat masalalari munosabatlari bilan vujudga kelgan edi. SSSRga qarshi kurash masalasida esa ularning hammasi bir maslakda edi. Oppozitsiya munosabati bilan hukumat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turdi. (1937 yil mayida bosh ministr Bolduin o‘rniga Chemberlenning kelishi, 1938 yil fevralida tashqi ishlar ministri Iden o‘rniga Ralifaksning kelishi va hokazo).
Uch yil davomida N.Chemberlen Gitlerni ko‘p sonli yon berishlar yo‘li bilan “tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo‘ldi. N.Chemberlenning siyosiy maqsadi to‘rt davlat-Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o‘rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o‘tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu sababli N.Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo‘llarini izlashdan iborat bo‘ldi. N.Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh mualliflaridan biri edi. Gitler o‘zining Chexoslovakiyani to‘liq yo‘q qilish rejalarini yashirmas va bu bilan Sudet viloyati faqat boshlanishi ekanini uqtirar edi. N.Chemberlen bunga qarshilik bildirmadi va Chexoslovakiya hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to‘g‘risidagi talabini qondirishni talab qildi.
Angliya hukumati, Chexoslovakiya hukumati bilan nemis fashistlari o‘rtasida vositachilik qilish uchun maxsus missiyani Rensimenni Pragaga yubordi. Chemberlenning o‘zi esa ikki marta (1938 yil 15 va 22 sentabrda) Germaniyada Gitler huzurida bo‘ldi.
1938 yil 29-30 sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida AQShning qo‘llab-quvvatlashi bilan to‘rt davlat-Germaniya, Angliya, Italiya va Fransiya hukumatlari rahbarlarining kengashi bo‘lib, sharmandali bitim tuzildi. Myunxen bitimi Chexoslovakiya xalqiga nisbatan o‘ta ketgan xoinlik va katta jinoyat edi.
Ko‘p o‘tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G‘arbda Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi. Bu ma’lumot 1937 yildayoq Gitlerning G‘arbda urush boshlash, avval Versal bitimi mualliflari va yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so‘ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat berardi.Shuning uchun Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938 yildagiga nisbatan ikki baravar oshirildi. 1939 yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. 1939 yil 15 aprelda Angliya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938 yil oxiriga kelib Angliya aviatsiyasi son jihatidan o‘sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan ta’minlandi.
1939 yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma’lum qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga xujum qilgan taqdirda Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko‘rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu “kafolat”larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo‘lib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishi uyushtirish to‘g‘risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi.
1939 yil martida Gitler Germaniyasi Chexoslovakiyaning hamma qismini bosib olgandan keyin Chemberlen hukumati tashqi siyosat va harbiy sohalarda ba’zi tadbirlarni ko‘rishga (bir qancha mamlakatlarning ittifoqchisi bo‘lishga tayyor ekanligini bildirishga, harbiy xarajatlarni oshirishga, majburiy harbiy ta’limni joriy qilishga) majbur bo‘ldi.
1939 yil bahorida Sovet hukumati kollektiv xavfsizlik sistemasi tuzishni hamda bu haqda muzokaralar boshlashni Angliya va Fransiya hukumatlariga taklif qildi. Mazkur hukumatlar bu taklifning xalqaro ta’sir kuchini va fashizmga yon berish siyosatidan mehnatkashlar ommasining noroziligi kuchayib borayotganligini hisobga olishga majbur bo‘ldilar. Oldin (mart-iyulda) diplomatik yo‘l bilan siyosiy muzokaralar so‘ngra (avgustda) Moskvada harbiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ayni bir vaqtda Angliya va Fransiyaning ig‘vosi natijasida Polshaning o‘sha paytdagi reaksion hukumati SSSR bilan hech qanday bitim tuzmasligini va fashist agressiyasiga qarshi kurashda sovet qo‘shinlarining boshqa mamlakatlarga yordam qilishi uchun Polsha xududlaridan o‘tkazmasligini bildirdi. Muzokaralar natijasiz tugadi. Shundan so‘ng 1939 yil avgustida Germaniyaning taklifiga muvofiq Sovet Ittifoqi Germaniya bilan xujum qilishmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzdi.
Keskinlashib borayotgan xalqaro ahvol Angliya, Fransiya va AQSH hukmron doiralari umid qilganidek rivojlanmadi. 1939 yil 1 sentabrda Fashistlar Germaniyasi Polshaga xujum qildi. Shundan keyin Angliya va Fransiya hukumatlari xalq ommasi oldida uzil-kesil sharmanda bo‘lmaslik uchun va Germaniya dunyoni qaytadan ta’sir doiralariga bo‘lish to‘g‘risida Angliya bilan kelishmay, Yevropa va jahonda o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘liga butunlay o‘tib ketganligi uchun 1939 yil 3 sentabrda Angliya va Fransiya, Germaniyaga urush e’lon qildilar. 1. Hamid Ziyoev. «O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi».
T. «SHarq». 2001 yil.
2. A.Askarov. «O‘zbekiston xalqlari tarixi». T. «Fan» 1992 yil.
3. Azamat Ziyo. «O‘zbek davlatchiligi tarixi». T. «SHarq». 2000 yil.
4. SH.Karimov, R.SHamsutdinov. «Vatan tarixi». T. «O‘qituvchi» 1997 yil.

Download 57,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish