Kollektiv xavfsizlik uchun


Germaniyaning mustamlakachilik ekspansiyasi



Download 57,02 Kb.
bet6/11
Sana10.02.2022
Hajmi57,02 Kb.
#440614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kursishi

Germaniyaning mustamlakachilik ekspansiyasi

Germaniya Yevropada urushga tayyorlanish bilan bir vaqtda mustamlakalar bosib olishga ham kirishdi. 1882- yil Bremen savdogarlari Afrikaning janubi-g`arbiy sohilidagi Angra—Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta eski miltiq va 2000 marka badaliga yerli qabila boshlig`idan anchagina hududni sotib oldilar. Germaniya bu yerni 1884- yil aprelida o`z protektorati deb e'lon qildi. Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning yangi yerlarni bosib olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi.

1884- yil yozida Germaniya Afrikaning o`rta qismidagi Togo va Kamerun hududlarini, Gvineyaning shimoliy qismini va unga yondosh orollarni ishg`ol qildi. 1885- yilda esa Afrikaning sharqiy qismidagi hududlarni va Zanzibarni zabt etdi. Bu hiidud «Germaniya Sharqiy Afrikasi» degan nom oldi.

Vilgelm II Germaniya hukmron doiralari bosqinchilik siyosatining «jarchisi» va faol amalga oshiruvchisi bo`lib chiqdi. 90-yillarning oxirida Shandun (Xitoy) provinsiyasining bir qismi bosib olindi. o`sha vaqtdayoq Germaniya Tinch okeanidagi Karolina, Mariana orollarini va Samoa orolining bir qismini egallagan edi. 1885- yilda u Marshall orollarini qo`lga .

1895- yilda Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali ochildi. 1898-yilda Reyxstag harbiy flot qurishning ulkan dasturini qabul qildi. Bu narsa Angliya bilan munosabatni yanada keskinlashtirdi. Marokashga daVosi esa Fransiya bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirdi. 1900- yilda Germaniya boshqa g`arb davlatlari bilan biiga Xitoyda milliy-ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi.

Afrikada «bizni quruq qoldirishdi» deb hisoblagan german hukmron doiralari «qo'ldan ketganlarning» o`rnini Yaqin Sharqda to'1dirmoqchi bo`ldi. Ular Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya va Falastinda joylashib olmoqchi edilar. Chunki, bu yerlarda dunyodagi eng yirik neft konlari, g`alla va paxta xomashyolari bor edi. Nemis bankiri Simens tashabbusi bilan Berlinni Fors qo`ltig`i bilan ulovchi temiryo'1 qurish rejasi tuzildi.

Germaniya Sharqqa, Turkiyaga, slavyan xalqlariga qarshi harakatini «Sharqqa yurish» shiorida ifodaladi. 1889 yilda Vilgelm II «hazrati Iso qabri»ni ziyorat qilish bahonasi bilan Falastinga bordi. U safar vaqtida Turkiya sultoni bilan uchrashib, reja bo`yicha Bosfordan Kichik Osiyo orqali Bag`dodga va undan Fors qo`ltig`igacha temiryo'1 qurish to`g`risida kelishib oldi. Bu yo'l «Bag`dod temiryo'li» deb ataldi.

Nemislarning Fors qo`ltig`iga chiqishi Angliyaning bu hududdagi manfaatlariga putur yetkazar edi. Shu sababli Angliya «Bag`dod temiryo'li»ning Fors qo`ltig`iga chiqishiga yo'1 qo`ymaslik uchun 1901yilda Quvayt ustida protektoratini e'lon qildi. Shunga qaramay, 1903yilda Turkiya bilan Germaniya o`rtasida temiryo'1 masalasida yakunlovchi bitim imzolandi.

Germaniya zo`r berib qurollanishni kuchaytirib yubordi. Armiya soni keskin ko`paytirildi. Reyxstag katta harbiy kemalar qurishga va suvosti floti uchun yangidan-yangi mablag`larni tasdiqlab turdi.

1905- yilda Marokash masalasida Germaniya-Fransiya janjali kelib chiqdi. 1907- yilda tuzilgan Antanta Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirdi. 1911- yilda ikkinchi Marokash janjali boshlandi. Fransiya bilan Germaniya o`rtasida urush xavfi paydo bo`ldi. Endi Germaniya Antana ittifoqidagi raqiblarini tor-mor keltirish rejasini tuza boshladi. 20-a. boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha G. Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. 1-jahon urushiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-y. Fransiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qoʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya 1-jahon urushini boshlab yubordi. 1914-y. 1 avg. da G. Rossiyaga, 3 avg. da Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4 avg. da esa Angliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-y. AQSH Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-y. ning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sent. da esa ingliz-fransuz koʻshinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-y. 5 okt. da sulh soʻrab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-y. 11 noyab. da Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9 noyab. da Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi.


1919-y. fev. da Veymar sh. da chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab chiqilgan G. Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSH sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-y. da boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iktisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu sharoitda natsional-sotsialistik partiya (1919-y. tuzilgan) faollasha bordi.
Urushdan oldin Yervopani dushman alianslar, manfaatlar to‘qnashuvi va maxfiy shartnomalar bo‘lib turgan edi. Ular esa keyichalik butun qit’a va dunyoga tarqalib ketgan urushga yo‘l ochdi. XX asr boshlarida Yevropada ikki uchlik guruhi yuzaga keldi. Biri Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyadan tashkil topgan Antanta ittifoqi, ikkinchisi esa Germaniya, Avstriya-Vengriya va keyinchalik Italiyadan tashkil topgan markaziy kuchlar yoki Uchlar ittifoqi guruhlari edi. Urush boshlangach esa Usmonli, Italiya, Bolgariya kabi davlatlar Uchlar ittifoqi tarafida jang qilgan bo‘lsa, AQSh va Yaponiya singari boshqa ko‘plab davlatlar Antanta tarafida turib urushdi.


Download 57,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish