Kollektiv xavfsizlik uchun


GERMANIYA VA POLSHA URUSHI



Download 57,02 Kb.
bet5/11
Sana10.02.2022
Hajmi57,02 Kb.
#440614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kursishi

GERMANIYA VA POLSHA URUSHI.
Polshaga bostirib kirish uchun 53 ta diviziya, jumladan 6 ta tank va 5 ta motorlashgan, 2 ta brigada, 2500 ta tank, 2000 ta samolyotlar jamlandi, kampaniya davomida urushga yana qo‘shimcha 8 ta diviziya jalb qilindi. Ular Polsha Armiyasidan shaxsiy tarkib bo‘yicha 1,6 marta, tanklar bo‘yicha 3,2 marta, artilleriya bo‘yicha 1,3 marta, jangovar samolyotlar bo‘yicha 5 marta ustunlikka ega edilar.
Fashistlar qo‘mondonligining maqsadi, ikkita kuchli aylanma zarbani Varshava yo‘nalishiga berish, Polsha armiyasini qurshab olish va bitta strategik operatsiyada Visla daryosining janubrog‘ida tor-mor etish, polyaklarning jang olib borish qobiliyati yuqori qismlarini davlatning sharqiy qismiga chekinishiga yo‘l qo‘ymasdan yakson etishdan iborat edi.
Gitler bosqinchilariga qarshi Polsha qo‘mondonligi 36 ta piyodalar diviziyalarini, 11 ta (kavaleriya) otliq, 2 ta mexanizatsiyalashgan brigada, 860 ta engil tanklar, 420 ta samolyotlar va 12 ta jangovar kemalarni qarshi qo‘ydi.
Germaniya-Polsha urushi 1939- yil 1-sentyabrda nemis-fashistlar aviatsiyasining Polsha aerodromlariga, temir-yo‘l stansiyalariga va shtablariga to‘satdan zarbasi bilan boshlandi.
Polsha mudofaasining asosiy yo‘nalishlarda yorib o‘tilishi tank va motorlashgan diviziyalar bilan amalga oshirildi. Qanotlar piyoda qo‘shinlarning xarakatlari bilan ta’minlandi. Quruqlikdagi operatsiyalar o‘tkazilishidan oldin artilleriya va aviatsiya tayyorgarligi o‘tkazildi.
SHimoldan va janubdan berilgan zarbalar natijasida Germaniya qo‘shinlari uch kun ichida Polsha frontining mudofaasini butun chuqurligida yorib o‘tishni amalga oshirdilar. Tank va motorlashgan diviziyalar erishilgan muvaffaqiyatni front ichkarisida, chuqurlikda rivojlantira boshladilar. Ularga aviatsiya va tanklar bilan qilingan xamkorlik katta qulaylik yaratdi.
9-sentyabrda Polsha armiyasi jiddiy talofatlarga uchradi. Lekin shunga qaramasdan nemis qo‘shinlari Varshava rayonida qattiq qarshilikka uchradilar. Varshava garnizoni va xalqi fashistlarning xarakatlanish mobaynida Polsha poytaxtini egallashga urinishlarini barbod etdi. Varshava mudofaasi 20 sutka davom etib (8-27 sentyabr), Ikkinchi jaxon urushi tarixida yirik shaxarning mudofaasini tashkil etish va uni olib borishning timsoli bo‘ldi. Modlin qal’asi garnizoni 30- sentyabrgacha qaxramonona jang qildi, Gdin dengizchilari 2- oktyabrgacha dushmanning suvdan va quruqlikdan bergan xamma zarbalarini o‘q - dori va oziq - ovqat tugagungacha qaytarib turdilar.
Germaniya-Polsha urushi natijasida Polsha mag‘lubiyatga uchradi. Polsha xalqi fashistlarning qattiq okkupatsiya qulligiga qoldi, davlat raxbarlari Ruminiyaga qochib ketdi.
Germaniya-Polsha urushi xarbiy san’atning rivoji uchun katta axamiyatga ega bo‘ldi. U xarbiy xarakatlarni boshlashda, ayniqsa bombardimonchi aviatsiya va bronetank qo‘shinlari birlashmalarining to‘satdan strategik zarba berish roli oshganini ko‘rsatdi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar kichik, tor frontda, Xarbiy xavo kuchlari bilan yaqindan turib xamkorlik qilib, ko‘plab tanklarni joylashtirib, keyin xujumga o‘tdilar. Bosh zarba berish yo‘nalishlarida tanklarning joylashtirish qalinligi frontning xar bir kilometrida 50-80 ta mashinaga etdi. Tank diviziyalarining va ularning safidan oldinga jo‘natiladigan (50 km gacha) ilg‘or otryadlarning muvaffaqiyatli xarakatlari, Polsha qo‘shinlarining ko‘plab tanklar qo‘llanilgan sharoitlarda mudofaa xarakatlarini olib borishga tayyor emasligi va ularda tankka qarshi artilleriyaning etarli darajada bo‘lmaganligi bilan tushuntiriladi.
Angliya va Fransiya 1939- yil 3 sentyabrda Germaniyaga urush e’lon qildi. Lekin ikkala davlat xam o‘zlarining ittifoqchilari bo‘lgan Polshaga yordam ko‘rsatmadilar. Ularning armiyalari 8 oydan ortiq Germaniya chegarasi yaqinida xech qanday jangovar xarakatlar olib bormadi. Bu «g‘alati urush» edi. Uning siyosiy maqsadi, Angliya va Fransiya xukumron doiralari xali xam Germaniya SSSRga qarshi urush ochadi, ular bilan urush xarakatlarini olib bormaydi deb ishonganligidadir.

FRANSIYA
 90-yillarning o’rtalaridan boshlab Fransiya sanoatida yuksalishi boshlanib, 


u Birinchi jahon urushigacha davom etdi. Temir ruda qazib chiqarish 1900-yildagi 
5,4 mln tonna 1913-yilda 22 mln tonnaga yetdi. Bu sohada Fransiya, Germaniya, 
AQSH va Belgiyadan o’zib ketdi. Sanoatning yangi tarmoqlari-elektro texnika, 
avtomobil, kimyo ancha rivojlandi. 1912 yidda aholining 40% qishloq xo’jaligida, 
36% sanoatida band edi. Fransiyaning 1909 yildagi eksportda tovarning qimmatligi 
jihatidan jun birinchi uringa chiqib oldi. Ip-gazlama ikkinchi o’ringa, shoyi 
gazlama uchinchi o’ringa, fransuz vinolari to’rtinchi o’rinda turardi. Kimyo 
sanoatining mahsulotlari sakkizinchi va avtomobillar sotish to’qqizinchi o’rinda 
edi. Ammo ishlab chiqarish konsentrasiyalashishi darajasi jihatdan Fransiya, 
AQSH va Germaniyadan orqada qolayotgan edi. Fransiyada kredit-pul kapitali tez 
o’sib katta qudratga ega bo’ldi. XX asr boshlarda u bir necha bank-moliya tizimi 
ustidan hukmron bo’lib qoldi. 1914 yilda banklarga qo’yilgan 11 mlrd. frank 
pulning 8 mlrd.di 5 ta bankda to’plangan edi. Qog’oz pullar chiqarishni esa 4 ta
bank-Lion kredit, Milliy hisoblash idorasi, Bosh jamiyat, Parij Niderlandiya banki 
egallagan edi. Chetga kapital chiqarish bo’yicha Fransiya jahonda Angliyadan 
keyin ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Agar 1900 yilda chetga 487 mln. frank kapital 
chiqarilgan bo’lsa, 1914 yilga kelib bu raqam 1 mlrd. 329 mln. frankka 
yetdi.Moliya kapitali Fransiya iqtisodiyotida asosiy o’rinni egallab, mamlakatning 

70 
siyosiy hayotida katta ta‘sir o’tkazdi. Moliya oligarxiyasining yuqori tabaqasi – de


Vandeli, Shneyder, Lende, Malle, Vogyue, Roshild va boshqalar birjani 
mustamlakalar bilan bo’ladigan aloqani, transportni, matbuotni o’z qo’llarida tutib 
turdilar.Hukumatning ichki siyosati. Fransiyada ijtimoiy harakat. Radikallarning 
eski siyosiy guruhlari 1901 yilda birlashib, respublikachi radikallar va radikal - 
sotsialistlar partiyasini tuzdilar.1902 yildagi saylovda radikallar Deputatlar 
palatasida birinchi marta ko’p o’rin oldilar. Radikallar sotsialistlarning bir qismi 
bilan birgalikda «So’l blok» deb atalgan ittifoq, keyinchalik shu blokka tayanib, 
Emil Komb (1902-1905) boshchiligila hukumat ham tuzdilar. Komb hukumati 
«Dreyfus ishi» dan saboq olib armiyaning eng reaksion monarxiyachi zobitlardan 
tozalash tayyorgarligini ko’rdi. Shu maqsadda zobitlar to’g’risida ma‘lumotlar 
yig’ilib, mahfiy «ishlar» ochildi. «O’ng» partiyalar bundan norozi bo’lib shovqin-
suron ko’tardilar. Komb hukumati 1905-yil yanvarda iste‘foga chiqishga majbur 
bo’ldi. «O’ng» radikal Ruve cherkovni davlatdan ajratish to’g’risida Komb 
tayyorlagan qonun loyihasini to’xtatib qololmadi. Bu loyihasi 1905-yil iyunda har 
ikkala partiyada qabul qilindi va kuchga kirdi. Shu yilgi ikki yillik harbiy xizmat 
to’g’risidagi qonun ham qabul qilindi. 1905 yil martida Ruve hukumatni radikal 
Sarrenga topshirdi. Sarren hukumat tarkibiga ko’zga ko’ringan «taraqqiyotchilar» 
Puankare va Barte a‘zo bo’lib kirgan edi. Hukumat tarkibida birinchi marta Jorj 
Klemanso Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 1906 yilgi saylovlarda radikallardan 
parlamentga 250 ga yaqin deputatsaylandi. Ushbu saylovlar mamlakatdagi ijtimoiy 
kayfiyat «So’lga burilganini» ko’rsatdi. Vazirlar kengashining yangi raisi, 
radikallar partiyasining boshlig’i Jorj Klemanso o’z hukumatining oldinigi hamma 
hukumatlardan farqi borligini uqtirishga harakat qildi. «Dreyfus ishi»da nom 
chiqargan general Pikar harbiy vazirlikka rahbar bo’ldi. Dreyfus va Pikar bundan 
oldinroq, 1906 yilda batamom «oqlangan» edilar.1907 yilda ijtimoiy harakat 
keskinlashdi. Parijda mart oyida elektr sanoati ishchilari ish tashladilar. Hukumat 
ularga qarshi qo’shin yubordi. Iyun oyida hukumat poyafzal sanoati ishchilarining 
chiqishlari kuch bilan bostirildi. Yozda janubiy hududlardagi vino tayyorlovchi 
dehqonlar orasida harakat boshlandi. Tokzorlarga kasal tegib, uzum hosili nobud 
bo’lganligi dehqonlarga katta zarar yetkazdi. Natijada mamlakatda soxta, arzon 
vino ko’payishi ularni xonavayron qildi. Uzumchi dehqonlar ahvolini yaxshilashga 
hukumatning aralashuvini talab qildilar. G’alayonlar bo’layotgan tumanlarga 
qo’shinlar yuborildi.Mahalliy aholidan iborat 17-polk dehqonlar tomoniga o’tdi. 
Hukumat katta qurolli qo’shin yuborib, bu polklarni qurolsizlantirdi. Harakatni 
bostirdi. 1908 yil iyulida Klemanso hukumati iste‘fo berdi. Mamlakat tepasida 
«mustaqil sotsialist» A.Brian (1909-1911) hukumati keldi. 1911 yili radikallaridan 
Monis va Kayo tuzgan qisqa muddatli hukumat hokimiyat tepasiga chiqib olib, 
«O’ng» siyosat o’tkazdi. Monis hukumati Umummehnat konfederasiyasi 
tayinlagan 1-may namoyishini taqiqladi. Shampandagi vinochi dehqonlar harakati 
ham zo’rlik bilan bostirildi.Puankarening ichki va tashqi siyosati. Xalqaro ahvol 
tobora keskinlashdi. Bir-biriga qarshi turgan qudratli davlatlar urushga faol 
tayyorlandilar. 1910 yilda Brian rahbarligida harbiy-dengiz floti qurishning katta 
dasturi qabul qilingandi. Yirik burjuaziyaning «Qattiqqo’l hokimiyat» tuzishga 
intilish yanada kuchaydi. 1912 yil yanvarda Kayo hukumati «quladi». Raymon 

71 
Puankare hokimiyatni qo’lga oldi. 1913 yil yanvarda Prezident saylovlari bo’ldi. 


Prezident qilib Puankare saylandi.1913 yil dekabrda radikal-sotsialistlar
Bartunini «O’ng» hukumatini ag’dardilar va Dumerg boshchiligida hukumat 
tuzdilar. 1914 yilgi saylovdan oldin Moliya vaziri Kayoga qarshi kurash 
boshladilar va Kayo iste‘fo berishga majbur bo’ldi. 1914 yil mayida o’tkazilgan 
saylovlarda «So’l partiyalar ko’p ovoz oldi.Sotsialistlar partiyasining rahbari Jan 
Jores urush xavfidan xalqni ogoh etdi. Biroq, Fransiya dunyoga qayta bo’lib olish 
uchun boshlangan urush girdobiga tortilgan edi. J. Jores urushga qarshi nutqlari 
uchun 1914 yil 31 iyulda yovuzlarcha o’ldirildi. 
Mustamlakalari:1893 yil-Sahroi Kabirdagi Xartumni bosib oldi va Laos ustidan 
protektorat o’rnatdi.1897 yil-Xitoyning Guanchjoun viloyatini,1899 yil-Shimoliy 
Afrika va Sudan,1912 yil-Marokash ustidan protektorat o’rnatildi,1914 yilda bu 
mamlakatlarda 100000 fransuz bor edi. 
GERMANIYA
Xo’sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojla-nishiga sabab bo’ldi?
Bosh omil Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv oqibatida yagona ichki bozor vujudga keldi. Ya’ni, bojxona to’siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o’lchov va og’irlik birliklari joriy etildi.
Ikkinchi omil—Fransiyaning talanishi bo’ldi. Fransiya 3 yil ichida 5 mlrd. frank tovon to’lashga majbur etildi. Undan tortib olingan va temir rudasiga boy Lotaringiya Saar toshko’mir koni bilan birgalikda Germaniya og’ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajriba-laridan muvaffaqiyatli foydalandilar. Ishlab chiqarishga eng ilg’or tex-nologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdilar. Ayniqsa, Tom-son tomonidan fosfor olish jarayonini soddalashtirish Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor rudalarining asosiy makoni edi.
To’rtinchidan, sanoatning tez sur’atlar bilan militarlashtirilishi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir etmay qolmadi. Fransiyadan undirilgan tovonning ma’lum qismi harbiy buyurtmalar uchun to’landi. Bu omillar, ayni paytda, Germaniyani agrar davlatdan industrial davlatga aylantirdi.
Germaniya kimyo sanoatida jahonda birinchi o’ringa chiqib oldi. Temiryo’llar 1890- yildagi 43 ming km dan 1914- yilga kelib 68 ming kilometrga yetdi.
Temir va po’lat ishlab chiqarish bo’yicha esa AQShdan so’ng ikkinchi o’ringa chiqdi. Cho’yan ishlab chiqarish 1892— 1912-yillar orasida 4,9 mln. tonnadan 17,6 mln. tonnaga o’sdi.
Sanoat rivojlanishi bilan ishlab chiqarish tobora yirikroq kor-xonalarda to’plana bordi. Xususan, 1000 dan ortiq ishchilar ishlaydi-gan korxonalar soni 600 taga yaqinlashdi.
Ayni paytda, sanoatda ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi kuchaydi. Masalan, ko’mir qazib chiqarish, cho’yan va po’lat eritish asosan 4 ta monopoliya qo’liga o’tdi.
1914- yilga kelib, Germaniyada sanoat ishlab chiqarishi 1871-yilga nisbatan 7 marta ko’paydi. Sanoatda 1907- yilda 10,4 mln. ga yaqin ishchilar ishlar edilar.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Germaniya dunyoda AQSh dan keyin 2- o’rinni egalladi. Mehnat unumdorligi 40 yilda deyarli 2 baravar oshdi. Qishloq xo’jaligi ham tez sur’atlar bilan taraqqiy eta boshladi.

Angliya va Fransiya juda katta mustamlakalarga ega bo`lgan holda Germaniya bunday mustamlakalarga ega emas edi. Germaniya hukmron doiralari «quyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishi» talabi bilan chiqdilar.

Bismark Germaniyaning xalqaro maydondagi ta'sirini kuchaytirishni o`z oldiga vazifa qilib qo`ydi. 1873- yilda Germaniya Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan ittifoq to`g`risida shartnoma—«Uch imperator shartnomasi»ni tuzdi. Bismark yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini qasos oluvchi armiya deb hisoblay boshladi. Shu tufayli, Fransiya hali batamom mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush qilishga shoshilmoqda edi. Biroq, Rossiya bilan Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar.

Bismark ikki frontda urush qilishdan qo`rqardi. U «koalitsiyalar dahshati» tinchimni buzyapti, deb haqiga ko`chgan edi. 1879- yilda Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga xalaqit berish niyatida 1881- yili «Uch imperator ittifoqi» ni tiklashga muvaffaq bo`ldi. 1882- yilda AvstriyaVengriya-Germaniya ittifoqiga Italiya qo`shildi. Bunga Italiyaning Fransiya bilan munosabati keskinlashuvi sabab bo`ldi. Chunonchi, Fransiya 1881- yilda Italiya da'vo qilib yurgan Tunisni bosib olgan edi. AvstriyaVengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarim orolida Rossiya bilan raqobatlashmoqda edi. Shunday qilib, uchta maslakdosh kuchlar birlashib, 1882- yili harbiy ittifoq—«Uchlar ittifoqi»ni tuzishga erishdilar.

Shu tariqa Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalitsiyaga bosh bolib oldi. Bismark Rossiyani o`z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo`lidagi asosiy g`ov deb bilardi.

Lekin Bismark bir vaqtda ikki frontda, ya'ni ham Fransiyaga, ham Rossiyaga qarshi kurashish yengil emasligini anglardi.

1891- yida shovinistik tashkilot—German ittifoqi tuzildi. «Qirol Prussiya ustida, Prussiya Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida» degan shior ilgari surildi.



Download 57,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish