55
so’zlar ohangni ifodalasa-da, lekin ko’p hollarda gapning holatini, darajasini
ifodalashga xizmat qiladi.
了 le vaqtni ifodalovchi yordamchi so’zi gapda ish-harakatning sodir
bo’lganini va uning holatini ifodalab, fe’l va sifat so’z turkumlaridan so’ng
keladi. Odatda ish-harakatning bir darajasi, ya’ni ibtidosi va intihosi mavjuddir.
Ish-harakatning holati ham ana shunday, biror-bir ish-harakat sodir bo’lishi bilan,
uning holati ham vujudga keladi.
Bunday hollarda
了 le yordamchi so’zi qo’llaniladi. Ammo bunda
fe’lning ma’nosi o’zgarib, u “fe’l+
了” ko’rinishida kelsa, ish-harakatning sodir
bo’la boshlaganini yoki uni tugallanganligini anglatadi.
Shu sababli ham fe’llarni uch guruhga ajratamiz. Bular, harakat
ma’nosini anglatuvchi fe’llar, holat fe’llari va natijaviy fe’llar.
Harakat ma’nosini anglatuvchi fe’llar, ya’ni bunda ish-harakatning
boshlanishi, davom etishi, tugallanishini ifodalaovchi fe’llar: yugurmoq,
sakramoq, ko’chirib o’tmoq, yurmoq, ko’rmoq, eshitmoq, gapirmoq, yuvmoq,
yozmoq, hisoblamoq, yemoq va shu kabilar kiradi. Bu turga oid fe’llar miqdor
jihatidan ko’pchilikni tashkil etadi. Bu kabi fe’llar bilan
了 le qo’llanilsa, ish-
harakatning sodir etilganligini anglatadi.
Masalan:
春节联欢会的录像你妈妈看了吗?那不正在看呢,看了一
个多小时了 Chūnjié liánhuānhuì de lùxiàng nǐ māma kàn le ma? nà bù
zhèngzài kàn ne, kàn le yī gè duō xiǎoshí le. Bahor bayramidagi tadbir yozilgan
kino tasmani seni onang tomosha qildilarmi? Ha, hozirgina emas, bir soatdan
beri tomosha qilmoqdalar.
Bu yerda “bir soatdan beri tomosha qilmoqdalar” jumlasi ish-
harakatning hamon davom etayotganini ifodalab kelmoqda.
56
2. Holat fe’llari gapda biror-bir holatni anglatib, uning boshlanishi,
davom etishi aks ettirilib, uning yakuni bo’lmaydi yoki uning yakuni so’zlovchi
uchun muhim emas.
Masalan:
饿 è,生气 shēngqì,累 lèi,困 kùn,病 bìng,醉 zuì va
boshqalar. Holat fe’llari bilan
了 le qo’llanilganda, holatning sodir bo’lganligini
ifodalaydi:
为了帮你打毕业论文,他已经累了三天了。Wéile bāng nǐ dǎ bìyè
lùnwén, tā yǐjīng lèi le sān tiān le. Seni bitiruv malakaviy ishingni bajarishda
yordam berish uchun , u uch kundan beri toliqgan.
Ushbu jumlada “toliqqan” holatni bildiruvchi fe’li holatning hali ham
davom etayotganini ifodalamoqda.
3. Natijaviy fe’l esa ish-harakatni boshlanib, ko’p o’tmay yakun topishini
anglatishga xizmat qiladi. Ushbu harakatning boshlanishi va yakuni muhim
bo’lib, oraliqda sodir bo’lgan harakat esa muhim emas.
Masalan:
毕业 bìyè,结婚 jiéhūn,死 sǐ,破 pò,丢 diū,扔 rèng,
掉 diào va boshqalar:
1)
你怎么把这么新的衣服扔了?Nǐ zénme bǎ zhème xīn de yīfu rèng le?
Sen
qanday qilib, shunday yangi kiyimlarni tashlab yubording?
2)
我们学校今年毕业了两千多学生,绝大部分找到了理想的工作。
Wǒmen xuéxiào jīnnián bìyè le liǎng qiān duō xuésheng, jué dàbùfēn zhǎodao le
lǐxiǎng de gōngzuò. Bizning maktabni bu yil ikki mingdan ziyod o’quvchi
yakunladi va ko’pchiligi o’zi istagan ishni topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: