3. Vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zlarning grammatik
xususiyatlari
Nutqdagi har bir gapning ifoda etilishi turli bo‘lib, uning tuzilishi, tarkibi
ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ish-harakatni, voqea-hodisani bayon etayotganda,
har doim voqea ketma-ketligini ko‘rsatish lozim, ya’ni ish-harakat qachon sodir
bo‘lib, u tugallanganligi, hamon davom etayotganligi va h.k. bularning barchasi
gapda aks ettirilishi lozim.
Xitoy tili hind-yevropa tillari oilasidan farqli o‘laroq, ish-harakat
ifodalanganda yoki ketma-ketligi aks ettirilishi lozim bo‘lganida, xitoy tilida
vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zlar qo‘llaniladi.
Xitoy tilida vaqtni ifodalovchi asosiy yordamchi so‘zlar quyidagilar:
了
le
,过 guò,着 zhe,来着 láizhe. Ba’zi grammatikaga oid adabiyotlarda
fe’llarning reduplikatsiyasi,
起来 qǐlái,下去 xiàqù va boshqa shu kabi so‘zlar
vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zlar qatoriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |