shíhou, tā yě kèqì de huídá jǐ jù. Men undan so‘ragan paytimda, u ham
hushmuomalalilik bilan javob berardi;
2)
逢当我问到这,他只红着脸笑。Féng dāng wǒ wèndào zhè, tā zhǐ
hóng zhe liǎn xiào. Har safar men bu haqida so‘raganimda, u faqat qizarib
kulibgina qo‘yardi;
3)
只是船过台湾的时候,头有点发晕。Zhǐ shì chuán guò Táiwān de
shíhou, tóu yǒudiǎn fāyùn. Kema faqat Tayvan oroli bo‘ylab o‘tganidagina,
(uning) boshi bir oz aylanardi;
4)
这封急电递到他手里的一刹那间,他是很高兴的。Zhè féng jídiàn
dìdào tā shǒu lǐ de yī chànà jiàn, tā shì hěn gāoxìng de. Ushbu tezkor
telegramma uning qo‘liga topshirilishi bilan shu zumda, u juda ham xursand
bo‘ldi;
5)
当着她笑的时候,牙齿整齐地露出来,嘴旁也显着一对笑窝。
Dāngzhe tā xiào de shíhou, yáchǐ zhěngqí de lùchūlái, zuǐpáng yě xiǎnzhe yī duì
xiàowō. U kulgan paytida, (uning) tekis tishlari namoyon bo‘lardi va yuzida
kulgichlari ko‘rinardi.
67
Qisman bir vaqtda yuz berishni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplarda
bosh gapdagi ish-harakat ergash gapda amalga oshadigan payt bo‘lagidagi faqat
bir lahza bilan muvofiq keladi.
Ikki ish-harakatning qisman bir vaqtda yuz berishi predlogli yoki
predlogsiz
时候 shíhou tipidagi maxsus leksik elementlar bilan ifodalanadi.
Bunday turdagi gaplarning ergash gapidagi kesim tugallanmagan ish-
harakatni bildiradi. Bosh gapdagi kesim esa tugallangan ish-harakatni anglatadi.
Shu sababli ergash gapdagi kesim
了 le suffiksi bilan shakllangan fe’l bilan
ifodalanishi mumkin:
1)
正当太阳出来,我们就吃完了早饭。Zhèngdāng tàiyáng chūlái,
wǒmen jiù chīwàn le zǎofàn. Ayni quyosh chiqqan paytida, biz nonushta qilib
bo‘ldik;
2)
当大脑皮层的机能产生障碍的时候,管理血管的神经中枢便失去
控制。 Dāng dànǎo pí céng de jīnéng chǎnshēng zhàng’ài de shíhou,guǎnlǐ
xuéguǎn de shénjīng zhōng shū biàn shīqù kòngzhì. Bosh miyaning katta yarim
shari qobig‘i funksiyalarida qiyinchilik yuzaga kelgan paytida, qon tomirlariga
olib boruvchi nerv markazi boshqaruvni yo‘qotadi.
Ba’zida ergashgan qo‘shma gapning qismlari o‘rtasida qarama-qarshi
o‘zaro munosabat bo‘ladi. Ya’ni ergash gapda so‘zlanayotgan ish-harakat bosh
gapdagi ish-harakat sodir bo‘layotgan payt davomidagi lahzalardan biriga to‘g‘ri
keladi:
1)
你父亲死的时候,你只有八岁。 Nǐ fùqīn sǐ de shíhou, nǐ zhǐ yǒu bā
suì. Otang vafot etgan chog‘ida, sen atigi sakkiz yoshda eding;
2)
我到他家里的时候,他正在那里对两个学生模样的人发脾气。 Wǒ
dào tā jiā lǐ de shíhou, tā zhèngzài nà lǐ duì liǎng gè xuésheng móyàng de rén fā
68
píqi. Men uning uyiga yetgan paytimda, u u yerda ko‘rinishidan ikki talabaga
g‘azabini sochayotgan edi.
Chegaralangan bir vaqtda yuz berishni ifodalaydigan ergashgan qo‘shma
gaplarda ergash gap va bosh gapda xabar berilgan ish-harakatlar bir vaqtning
o‘zida kechadi.
Bunda bosh gapdagi ish-harakatning davomiyligi ergash gapdagi ish-
harakatning davomiylik muddati bilan chegaralangan bo‘ladi. Shu tariqa bunday
gaplar chegaralangan bir vaqtda yuz berishning umumgrammatik mazmunini
ifodalaydi. Bunday gaplar ikki leksik konstruksiyalar bilan ifodalanadi:
一天...
一天 yī tiān...yī tiān va 一日...一日 yī rì...yī rì “bir kun... bir kun”.
Bir ish-harakatning davomiyligini boshqa ish-harakatning davomiylik
muddati bilan chegaralanishi o‘zining shakliy qiyofasini bog‘lovchi tipidagi
就
jiù,
便 biàn, 即 jí ravishlari yordami bilan topadi.
Ushbu ravishlarni qo‘llash butun ergashgan qo‘shma gapning qismlaridagi
struktur parallelizmni bir qadar buzadi va shuning bilan birga gapning birinchi
qismining ikkinchi qismiga sintaktik qaramligining tashqi belgisi hisoblanadi.
Bunday gaplarda ergashgan qo‘shma gapning ikki qismidagi kesimlar
payt jihatidan bir-biriga muvofiq kelib, odatda davom etayotgan ish-harakatni
anglatadi. Shu tufayli ular ko‘pincha mos fe’llarning lug‘aviy shakllari bilan
ifodalanadi:
1)
你活一天,我就跟着你一天。 Nǐ huó yī tiān, wǒ jiù gēnzhe nǐ yī tiān.
Sen hayot ekansan, shunga qadar men sen bilanman;
2)
他们在这里一天,这里一天不得安静。Tāmen zài zhè lǐ yī tiān, zhè
lǐ yī tiān bùdé ānjìng. Ular shu yerdaliklariga qadar, bu yerda tinchlik bo‘lmaydi;
69
3)
敌人侵略一日不止,我国抗战一日不停。 Dírén qínlǜe yī rì bùzhǐ,
wǒ guo kàngzhàn yī rì bù tíng. (Bir kun kelib) Dushmanning bosqini
tugamagunga qadar, mamlakatimizning qarshilik urushi ham tugamaydi.
Mazkur strukturadagi ergashgan qo‘shma gaplarni tahlil qilishda
一天...
一天 yī tiān... yī tiān tipidagi konstruksiyalarning funksional o‘ziga xosliklariga
e’tibor berish muhimdir.
Agar kesimda inkor so‘zi bo‘lmasa, unda berilgan so‘z birikmasi undan
so‘ng qo‘yiladi. Aksincha, agar inkor so‘zi bo‘lsa, bu holda so‘z birikmasi
undan oldin qo‘yiladi. Bu sintaktik xususiyat qo‘shma gapning ikki qismi uchun
ham xos.
Xitoy tili sintaksisining katta imkoniyatlari
一天 yī tiān “bir kun” tipidagi
konstruksiyalarni boshqa sintaktik o‘rinda ham ishlatilishiga imkon beradi.
Bu konstruksiya chegaralangan bir vaqtda yuz berishning ifoda vositasi
sifatida, shuning bilan birga, tobe qism tarkibidagi to‘ldiruvchining aniqlovchisi
vazifasida kelishi mumkin:
胖校长告诉我得打主意,她在这儿一天便有我一天的饭食与住处,
可是她不能保险新校长也这么办。Pàng xiàozhǎng gàosu wǒ děi dǎ zhuùyì, tā
zài zhèr yī tiān biàn yǒu wǒ yī tiān de fànshi yù zhùchù, kěshì tā bù néng běoxiěn
xīn xiǎozhǎng yě zhème bàn. To‘ladan kelgan direktor ayol menga bir qarorga
kelishimni aytdi. U bu yerda ekan, mening shunga qadar ovqat va turar joyim
bo‘ladi, lekin u yangi direktor ham shunday yo‘l tutishiga kafolat bera olmaydi.
Takrorlanadigan bir vaqtda yuz berishni ifodalovchi ergashgan qo‘shma
gaplardagi bosh gap va ergash gapda xabar berilayotgan ish-harakat vaqtga
ko‘ra bir-biriga muvofiq keladi hamda vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi.
Bunday ergashgan qo‘shma gap qismlari o‘rtasiga ko‘rsatilgan ma’noviy
munosabat tipi
每逢 měiféng, 每当 měidāng “har safar” singari maxsus leksik
70
elementlar va ba’zida
时候 shíhou kabi leksik elementlar bilan konstruksiya
tarzida qo‘llanilib ifodalanadi.
Bu singari gaplardagi qo‘shma butunlikning ikki qismidagi fe’l-kesimlar
bitta va aynan o‘sha vaqtga tegishli bo‘ladi va odatda davom etayotgan ish-
harakatni anglatadi:
1)
每当水涨,往来轮帆等船如行屋顶。 Měidāng shuǐzhǎng, wánglái
lúnfān děng chuán rú xíng wūdǐng. Har safar suv ko‘tarilganida, ikki
yo‘nalishga ham yurayotgan kema va yelkanli kemalar xuddi uy tomlarida
harakatlanayotgandek;
2)
每逢赵满囤主动请别人抽烟的时候,不是想向你借点什么东西,
就是求你帮点什么忙。Měiféng Zhào Mǎntùn zhǔdòng qǐng biérén chōu yān
de shíhou, bù shì xiǎng xiàng nǐ jiè diǎn shénme dōngxi, jiù shì qiǔ nǐ bāng diǎn
shénme máng. Jao Mantun har safar biror kimsaga tamaki chekishni taklif
qilganida, bu uning sendan biror narsa so‘rashi uchun emas, balki biror yordam
so‘rash uchundir.
Do'stlaringiz bilan baham: |