Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

 
Tayanch so‘z va iboralar

rag‘batlantirish, rag‘batlantirish vositalari, 
chakana turagentlarni rag‘batlantirish, turistik tashviqot, mahsulot tashviqoti, 
ma’lumot safarlari. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.Iste’molchilarga turmahsulot sotishni rag‘batlantirishning vazifalari va choralari 
qanday? 
2.Chakana turagentliklarga turmahsulot sotishni rag‘batlantirish vazifalari va 
choralari haqida ma’lumot bering. 
3.Turizmda tashviqot vositalarini sanab bering. 
4.Turizm faoliyatining nashr orqali yoritilishi qanday tashkil qilinadi? 
5.Matbuot uchun ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar qanday? 
6.Turizm faoliyatini tashviqot qilish maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik 
tadbirlar ko‘rinishlarini sanab bering. 


564
XVI.Mavzu.
Xizmat yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va 
shartnomalar tuzish
Reja: 
16.1.Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va 
shartnomalar tuzish. 
16.2.Mehmonxona xo‘jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. 
16.3.Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnoma. 
16.4.Temiryo‘l va ekskursiya xizmati ko‘rsatuvchi firmalar bilan shartnoma tuzish. 
 
16.1. Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik 
va shartnomalar tuzish

Yangi joylarga turlar tashkil qilish qarorini qabul qilishdan oldin turistik 
firmalar marketing izlanishlarini olib borishlari lozim. Mijozlar ehtiyojlari, 
qiziqishlarini, talab tendensiyasini aniqlash zarur. Bu iste’molchi talablarini 
nisbatan to‘liqroq qondiradigan turpaketni shakllantirishga yordam beradi. Bu 
izlanishlar yana turlarni to‘g‘ri rejalashtirishni to‘g‘ri olib borish va xizmatlar 
yetkazib beruvchilar bilan shartnoma kompaniyalarini olib borishga yordam beradi. 
Tayyorgarlik ishlari yangi yo‘nalish, yangi dastur bo‘yicha yoki yangi 
mamlakatga birinchi turistlar jo‘natilishidan ikki yil oldin va undan ko‘proq ham 
oldin boshlanadi. 
Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma 
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari 
o‘tkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi 
bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi: 

hamkor nomi; 

shartnomaning asosiy predmeti;

shartnomaning amal qilish muddati; 

shartnomalarni tuzish muddatlari; 

alohida maiumotlar. 
Bu reja real tasvirga - sayohat jarayonida xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha 
turistik firma xodimlarining faoliyat sxemasini tuzishga imkon beradi. Shartnoma 
rejasi tarkibi sayohat ko‘rinishi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq. Bir necha 
tur ko‘rinishlari bo‘lsa, dastlab har bir tur bo‘yicha kichik rejalar tuziladi, keyin 
shartnomalar tuzish muddatlari yoki geografik prinsiplar bo‘yicha hamkorlar 
guruhlanadigan umumiy reja tuziladi. Shartnoma rejasini tuzishdan oldin taxminiy 
hamkorlarni aniq tasavvur qila olishimiz, shuningdek muzokaralar chog‘ida 
shartnoma tuzishga ham tayyor bo‘lishimiz lozim. 
Turistik firmalar shartnoma kompaniyasini istiqbolini ishlab chiqishda 
turistik-mehmonxona 
yo‘nalishidagi 
ma’lumot 
spravochniklaridan 
keng 
foydalanadilar. Xalqaro turistik tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turistik 
agentliklar, 
mehmonxona-restoran 
biznesi 
spravochniklari 
turistlarga 
ko‘rsatiladigan dam olish va sayohatni tashkil qilish, joylashtirish va mehmonxona 
xizmatlari to‘g‘risdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, muntazam 
ravishda chop etiladigan milliy, mahalliy va korporativ spravochniklar ham xuddi 
shunday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yo‘l ko‘rsatkichlar, yo‘nalishlar, tarixiy 


565
obektlar spravochniklari, mahalliy sanalar kalendarlari, ya’ni xizmat ko‘rsatish 
dasturlari va turlarni tuzishda foydalanadigan hamma narsalar turoperatorlar yangi 
yo‘nalishini ishlab chiqishda va shartnoma rejasini tuzishda qo‘llanadigan 
adabiyotlar hisoblanadi. 
Xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma imzolashdan avval 
muzokaralar olib boriladi. Ularni shunday o‘tkazish kerakki, natijada, kutilgan, 
zarur bo‘lgan, yaxshi, sifatli, kerakli miqdordagi va kutilgan narxlardagi 
turmahsulotga ega bo‘laylik. 
Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko‘rish kerak. 
Quyidagilarni tahlil qilishimiz lozim: 
1. 
Muzokara sharoitlari -
hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday 
hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qo‘shimcha ravishda nimani xohlaysiz? 
Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar 
ajratiladimi yoki yo‘q? 
Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik 
bo‘yicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar 
guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va ko‘ngil 
ochish xizmatlari zarur bo‘ladi. Narx o‘rtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga 
beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng bo‘lishi kerak. Turistik klass 
uchun xizmat ko‘rsatish va joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi 
tarkibi o‘rta sinf kategoriyasi turistlari.
2. 
Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari
- Kim nimani va 
qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror qilishning 
bir bosqichi boshqasiga o‘tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik 
bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim 
tayyorlaydi? Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni 
shartnomaga darhol qo‘shish kerakmi yoki yo‘qmi? Shartlar shartnoma matniga 
qo‘shiladi, muzokaralar davomida esa ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi. 
3. 
Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti»
- hamkor 
maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi 
qanday parametrlarga (muddatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, xizmatlar to‘plami) 
asoslanadi? 
Ushbu tavsiyanomalarni qo‘llab turib, muzokaralar boshlanishidan avval uni 
olib borish rejasini tuzib olish lozim. Bu sizning zaif tomonlaringizni aniqlash va 
qo‘shimcha yechimlarni topishga yordam beradi. Muzokaralarni olib borish rejasi 
sizga hamkorlar munosabatini oldindan bilish imkonini beradi va oldindan 
alternativ taklif va qarorlar tayyorlashga yordam beradi. 
Istalgan muzokaralarda nafaqat strategik yondashuv, balki psixologik 
tayyorgarlik ham zarur bo‘ladi. Siz muzokaralarga tayyorlandingiz va natijada, 
turistlarga xizmat ko‘rsatishda xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzildi. 
Strategik reja tayyor. Ammo siz psixologik tomondan bunga tayyormisiz? 
Ko‘pincha, muzokaralar noto‘g‘ri murojaat oqibatida buziladi. Buning oldini olish 
maqsadida mutaxassislar muzokaralarni olib borish va muloqot uyushtirishrda 
psixologik qoidalarini ishlab chiqdilar. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish