Muzey bilan shartnoma:
•
ekskursiyalar va ular tematikasi;
•
guruhdagi ekskursantlar soni;
•
ekskursiya narxlari (guruhli va individual-ajratilgan, yosh bo‘yicha va
hokazo);
•
muzeyga guruhli tashrif buyurish uchun chegirmalar;
•
ekskursiyalarni o‘tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari;
•
talabnomalarni bekor qilish muddatlari;
•
tomonlardan birining aybi bilan muzey ekskursiyasidagi uzilishlar uchun
moddiy javobgarlik kabilarni o‘z ichiga oladi.
Turpaketga qo‘shilmagan qo‘shimcha xizmatlarni ham unutmaslik lozim.
Ular turistlarga joyida alohida haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladi. Bular, odatda, o‘ziga
xos ekskursiyalar, shou, dengiz, tog‘ yoki daryo sayrlari, akvapark, milliy parklar
va qo‘riqxonalarga tashrif buyurish, tog‘lar va qumliklar bo‘ylab safar, ov, baliq ovi
va boshqalardir. Bu xizmatlar bilan turistlarni ta’minlash va guruhli tashrif
buyurishda chiptalarni sotib olish hisobiga imtiyozli narxlarga ega bo‘lish
maqsadida bu xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar bilan alohida shartnomalar
tuziladi.
Reseptiv turoperatorlar, ko‘p hollarda, o‘z mamlakatida qabul qilish bilan
shug‘ullanishadi va o‘z mamlakatidagi xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan
shartnomalar tuzadi. Initsiativ turoperatorlar bo‘lsa, eslatib o‘tganimizdek, xorijiy
va hududiy xizmatlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas,
balki mahalliy Reseptiv turoperatorlar vositachiligida ishlaydilar. Ammo bu
ularning vositachilarsiz xizmatlar yetkazib beruvchilarga chiqa olishmaydi degani
emas. Bunday hodisalar turizm bozorida yirik, ko‘pincha, transmilliy kompaniyalar
orasida uchrab turadi. Initsiativ va Reseptiv turoperatorlarning xizmatlar yetkazib
beruvchilar bilan shartnoma faoliyatlari deyarli bir-biridan farq qilmaydi, lekin
qator xorijiy mamlakatlarda o‘z xususiyatlari mavjuddir.
Ko‘pchilik turistik firma va korxonalar xalqaro bozorga mustaqil ravishda
chiqishadi. Muhimi avval boshdan boshlab xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan
shartnomalarning o‘zaro manfaatliligi va qonuniyligiga e’tibor berish lozimdir.
Bunday shartnomalar tuzishda tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga soladigan
me’yoriy hujjatlarni hisobga olish lozim, chunki bu zarur hollarda o‘z huquqlarini
himoya qila olishi lozim, bundan tashqari hozirda jahon amaliyotining amal qilishi
ikkala tomonga ham qulay shartnoma shartlariga erishishga imkon beradigan
umumiy qabul qilingan shartnoma munosabatlarini ishlab chiqqan.
Shartnomada, ikki xil talqin qilinishlarning oldini olish maqsadida
yozishmalar olib boriladigan, e’tiroz-da’vo hujjatlari va sud jarayonlarini yuritish
tilini ham kelishib olish lozim. Mamlakatimiz va xorijiy turistik firmalar bilan
shartnomalar ikki nusxada tuziladi va imzolanadi. Agar shartnoma xorijiy
hamkorlar bilan tuzilsa, ikki tilda tuziladi.
Tomonlarning tashqi savdo bitimi bo‘yicha huquq va majburiyatlari bitim
amalga oshiriladigan joy qonunlari asosida aniqlanadi.
574
Do'stlaringiz bilan baham: |