569
-
Bandlikni ta’minlash kafolatisiz joylar kvotasi haqida shartnoma
. Bu
shartnoma bo‘yicha firma unga ajratilgan joylar kvotasini to‘ldirishga hech qanday
kafolat bermaydi. Firma mehmonxona bilan odatdagi tariflar bo‘yicha hisob-kitob
qiladi.
-
To‘liq to‘lovlarni amalga oshirish bilan joylarni qat’iy sotib olish haqida
shartnoma.
Bunday shartnoma bo‘yicha firma mehmonxonaga ajratilgan joylar
kvotasi bo‘yicha, ularning to‘lish-to‘lmasligidan qat’iy nazar, to‘lovlar to‘liq
amalga oshirilishini kafolatlaydi. Bunday sharoitlarda firma mehmonxonaga
joylashtirish narxlarini odatdagi narxlarga nisbatan tushirish uchun savdolashadi.
-
Joriy bron qilish haqida shartnoma.
Bu turistik firmalar uchun nisbatan
odatiy shartnoma hisoblanadi, ayniqsa, individual turizm bilan shug‘ullanadiganlar
uchun. Shartnoma bo‘yicha firma mehmonxonadan hech qanday joylar kvotasini
olmaydi. Mijozlar murojaat qilganlarida u mehmonxonaga bron qilish uchun
talabnoma yuboradi va undan tasdiqlanganligi to‘g‘risida ma’lumot olganidan
keyingina mehmonxona xizmatlarini sotishni amalga oshiradi. Bunday
shartnomalarda odatdagi mehmonxona tariflari amal qiladi.
Istalgan variantda ham quyidagi shartlarni ko‘zda tutish (kelishib olish)
kerak:
•
nomerlar narxi va bron qilish;
•
nomerlar turlari va ularning zarur miqdori;
•
xizmat ko‘rsatish (mavsum) davomiyligi;
•
bo‘sh davrlar;
•
turistlarning ketish grafiklari;
•
bir marta xizmat ko‘rsatish davomiyligi va muddatlari;
•
ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami;
•
ovqatlantirishni tashkil qilish shakli va miqdorini mehmonxona
restoranida ovqatlantirish variantlari;
•
turistlarga ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatish vaqti;
•
dam olishda maxsus qulayliklar (masalan, nogironlar, faxriylar uchun
vah.k.);
•
personallar gapirishi kerak bo‘lgan tillar;
•
turistlar kelishini tasdiqlash muddatlari (bron qilish);
•
jarima sanksiyalarini e’lon qilmasdan kelishlarni bekor qilish muddatlari;
•
bekor qilish o‘lchami va muddatlari bo‘yicha jarima sanksiyalari;
•
ko‘p miqdordagi kelishlar va doimiy bandlik uchun chegirmalar;
•
miqdor jihatdan kam kelish, kelishlarning uzilishi, mehmonlarni
joylashtirishdan bosh tortish uchun moddiy javobgarliklar;
•
boshqa spesifik masalalar (masalan, mehmonxonada sauna, bilyarddan
foydalanish nomer narxiga kiradimi yoki yo‘q, basseynning ish vaqti va
boshqalar).
Bundan tashqari, xizmatlar yetkazib beruvchi hamkor berayotgan
kafolatlarga ham e’tibor berish lozim. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan
munosabatlarda (shartnomada) narxlarning teskari oshishi imkonsizligi haqidagi
shartni (narxlarni faqat sotilmagan xizmatlargagina oshirish mumkin) ko‘rib chiqish
kerak va bu shartning bajarilishi mexaniznmi ishlab chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: