Bog'liq 1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua
shartnoma tuzish. Xalqaro mehmonxona xizmatlari bilan turoperatorlar va turagentlar o‘zaro
munosabatlarini tartibga soladigan bitim va hujjatlar bizga ma’lum va keng
qo‘llanilib kelinmoqda. Ulardan bittasi - 1970 yilda Xalqaro mehmonxonalar
uyushmasi va Turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi
rahbarligida ishlab chiqilgan mehmonxona konvensiyasidir. Konvensiya shartnoma
tuzadigan tomonlar majburiyatlarini, uning amal qilish sohalarini, mehmonxona
shartnomalari turlarini, ularni tuzishning alohida va umumiy qoidalarini,
komissionlar darajasi va to‘lovlar tartibini, shuningdek, shartnomalarni bekor qilish
shartlarini aniqlaydi. 1979 yil Mehmonxona konvensiyasiga qator o‘zgarishlar
kiritildi va u "Xalqaro mehmonxona konvensiyasi" nomini oladi, 1993 yildan
boshlab mehmonxonalar va turagentliklar munosabatlari kodeksiga aylandi va
mehmonxona shartnomalarini tuzishda foydalanilmoqda.
Kodeks mehmonxona korxonalariga kategoriyasi va mehmonxona
joylashuvi, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati bo‘yicha aniq ma’lumotlar
berish majburiyatini yuklaydi. Unda turagent o‘z mijozlariga komissiya
shartnomalari bo‘yicha belgilangan narxlardan baland hamda belgilash huquqiga
ega emasligi qayd etiladi. Bu mehmonxonalar bilan xuddi shu shartlar asosida
ishlaydigan turoperatorlarga ham tegishlidir. Bunda na turagent, na turoperator va
na mehmonxona shartnomada kelishilgan narxlarni oshkor qilishga haqli emas.
Turistik biznes va mehmonxona korxonalarining o‘zaro munosabatlarini
tartibga soladigan hujjatlar Xalqaro mehmonxonalar uyushmasi Kengashi (02.11.81
y.) tomonidan ma’qullangan Xalqaro mehmonxona qoidalari va 1989 y. BTTning
regional komissiyalari tomonidan ma’qullangan klassifikatsion standartlar asosidagi
Mehmonxona klassifikatsiyalari kriteriylarining hududlararo uyg‘unlashuvi hujjati
hisoblanadi.
Bu hujjatlar tavsiya harakteriga ega bo‘lsada va majburiy hisoblanmasada,
ular tarkibida turizmda mehmonxona biznesi va agentlik-operatorlik biznesi
orasidagi o‘zaro munosabatlarining xalqaro amaliyotiga mustahkam kirib olgan
ko‘plab nizomlar mavjudir.
O‘zbekiston hududida turlar tashkil qilishda va mahalliy mehmonxona
korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 22.11.97 y. 389-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish Qoidalaridan ham foydalanish
lozim.
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar bilan o‘zaro
munosabatlar asosan quyidagi bitimlar bilan aniqlanadi:
-