560
•
belgilangan kvotalardan ortiqcha sotilgan turistik sayohatlar uchun oshib
boruvchi komissionlar belgilash;
•
guruhli sayohatlarga sotishlar hajmi oshgan hollarda, ayniqsa, nomavsum
paytlarda e’lon qilingan narxlardan chegirmalar berish;
•
safar davomida turistik guruhni kuzatib
boradigan chakana firmalar
xodimlariga bepul xizmat ko‘rsatishni taklif qilish;
•
chakana turagentliklar vakillariga vakillik suvenir-sovg‘alarini taqdim
yetish;
•
turlar sotilishining imtiyozli shartlarda amalga oshiriladigan turistik
birjalarini o‘tkazish(birinchi qo‘l huquqi, tabiiyki, e’lon qilingan narxlarga
nisbatan arzon tariflar va chegirmalar);
•
potensial hamkorlar orasida kataloglarni tarqatish;
•
chakana turistik firmalar xodimlari uchun bepul yoki e’lon
qilingan
narxlardan yuqori darajadagi chegirmalar (75%) asosida tanishtiruv
(reklama-ma’lumot) safarlarini tashkil qilish. Bunday safarlar davomida
reklama turlari qatnashchilari
uchun turizm industriyasi, turistik ob’ektlar
bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladigan dasturlar tashkil qilinadi, maxsus
reklama-ma’lumot seminarlari o‘tkaziladi.
Tanishtiruv sayohatlari hozirgi turizm bozorida me’yor bo‘lib qolgan.
Turagentlar uchun tanishtiruv sayohatlarini tashkil qilishning bir necha prinsiplarini
sanab o‘tamiz:
•
bunday safarlar guruhlar
direktorlari orasida emas, balki bevosita turlarni
sotadigan menejerlar orasida (turagentliklar xodimlaridan) shakllantiriladi;
•
odatda, bunday turlarga o‘zlarini ko‘rsata olgan hamkorlar taklif
qilinadilar;
•
bunday safarlar nomavsum mahali (mavsum boshlanishi oldidan)
tashkil
qilinadi;
•
tur dasturiga qabul qilishning moddiy bazasi hamda boshqa barcha asosiy
va qo‘shimcha xizmatlar bilan tanishuv kiritiladi;
•
bunday safarlarda standart guruh odatda 15-20 kishini tashkil qiladi;
•
safarning standart davomiyligi - 1 hafta;
•
safar qatnashchilari faqat aviachiptalargagina pul to‘laydilar (bunday
turlarni barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladigan rag‘batlantiruvchi turlar
bilan chalkashtirish kerak emas);
•
tanishtiruv safarida qatnashgan aniq firmalardagi sotish natijalarini kuzatib
borish amalga oshiriladi.
Rag‘batlantirish choralari umumiy marketing strategiyasi va nisbatan
samarali vositalarni tanlash asosida rejalashtiriladi. Reklama faoliyati kabi sotishni
rag‘batlantirish tadbirlari ham taqvimiy muddatlarda amalga oshiriladi. Bu
muddatlar
ham milliy, ham xalqaro turizmda keyingi yilda yirik turistik voqealar
muddatlari bilan mos keladigan turistik safarlarning faol sotilish davri bo‘lishi
mumkin. Rag‘batlantirish tadbirlari ma’lum harajatlar bilan bog‘liq bo‘lganligi
tufayli ularni amalga oshirish uchun tegishli smetalarni tuzishni talab qiladi.
Ajratiladigan mablag‘ miqdori, ko‘pincha, firmaning umumiy oboroti yoki
daromadlaridan foizlar hisobida aniqlanadi. Bunda avvalgi
yillar harajatlarini
aniqlash kriteriysi bo‘lishi mumkin.
Sotish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda uning samaradorligini
561
ham hisoblab borish lozim. Buning uchun turistlardan so‘rovlar usuli, sotilgan
turistik xizmatlar hajmining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlari
bilan solishtirma tahlili
kabilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: