456
4.Individual turistik bozorni tushuntiring.
5.O‘zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati
va uning muammolarini
tahlil eting.
IV.Mavzu.Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari
Reja:
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari.
4.2.Xizmat ko‘rsatish darajalari (klasslari).
4.3.Xizmatlar paketi.
4.4.Xizmat ko‘rsatish dasturi.
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar.
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti
tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot,
aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi
munosabatlar
kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning
yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi.Chet elda xizmatlar sohasi
iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi
rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushi 60 foizdan ham
oshadi. O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun,
avvalo
turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur.
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va
iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi
ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu
tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi:
4.
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;
5.
Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum
ishlarni bajarish);
6.
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi
ushbu faoliyat natijalari.
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha
turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha
sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham
mumkin.
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlari
457
bilan
farqlanadi, buni shartli ravishda «uchta S » bilan belgilasak u qo‘yidagi
xolatda bo‘ladi:
•
Sezilmaslik.
Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib
hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi,
chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy,
intelletual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro
etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin
emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);
•
Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi
. Xizmatlar iste’molchi
va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik
xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel
ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni
sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi;
•
Saqlanmaslik
. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash
mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan
farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik
xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni,
talab va
taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar
«omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan
farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar
kiradi:
•
Tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
•
Joylashtirish;
•
Turistlarni ovqatlantirish;
Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi :
•
Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
•
Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar;
•
Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari;
•
Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan
joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat
shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan)
istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar;
•
Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;
•
Prokat bo‘yicha xizmatlar;
•
Valyuta ayirboshlash;
•
Telefon xizmati;
•
Pochta xizmati;
•
Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari;
•
Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k.
Bunday bo‘linish iste’mol hususiyatlari nuqtai
nazaridan olib qaraganda,
ahamiyatli farqlar yo‘qligi sababli shartlidir. Yo‘llanmada qayd qilingan va asosiy
dasturga kiritilgan xizmatlar asosiy hisoblanadi. Qo‘shimcha xizmatlarni yetib
kelgan joyida turistni o‘zi mustaqil harid qiladi. Ular yo‘llanma narxiga kirmaydi.
Ko‘pgina holatlarda turistik asosiy xizmatlarga transport xizmatlari,
joylashish va ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv
458
(ekskursion), malakaviy ish turizmi, sport, diniy maqsadlarda
sayohatlar tashkil
etilganda qo‘shimcha xizmatlar ham ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy
va qo‘shimcha xizmatlar o‘rtasidagi farq, ularni dastlabki harid qilingan yo‘llanma
paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi. Turistlarga nomoddiy xizmatlardan
tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar taqdim etilishi mumkin,
masalan shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistik jihozlar.
Shunday qilib O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish
jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‘yidagi uchta jihatlarni
hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda:
•
dam olish va ko‘ngil ochar faoliyat sifatida;
•
bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida;
•
turizm bozoriga yo‘naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
tarmog‘i korxonasining faoliyati sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: