455
O‘zbekiston katta turistik potensialga ega va jahon turistik bozorida o‘z
mavqei bor mamlakat. BTT ma’lumotlariga qaraganda, 2010
yilda dunyodagi
turistlar soni 1 mlrd. kishidan ortadi, turizmdan olinadigan daromad esa 1550 mlrd.
AQSH dollariga yetadi.
O‘zbekistonda turizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan sabablar
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
•
mehmonxona va transport xizmati ko‘rsatish darajasining, turistlarning
ovqatlanishi va dam olishi tizimining jahon
standartlari darajasiga mos
kelmasligi;
•
xizmat ko‘rsatish darajasi ancha past bo‘lgani holda ularning narxini
oshirib yuborish;
•
milliy marketing axborot tizimi va reklamaning har xil shaklari yo‘qligi;
•
ko‘plab turistik firmalar xodimlari malakasining bugungi kun talablariga
javob bermasligi va bu firmalarning asosan xorijiy turizmga mo‘ljal
olishi.
Iqtisoiy munosabatlarning transformatsiyalashuvi sharoitlarida turizmni
rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishning muhim omili xo‘jalik
yuritishning yangi shakllarini izlash hisoblanadi. Mamlakatimizdagi turistik
xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‘lsa,
dam oluvchilar soni
ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki,
hozirgi sharoitlarda O‘zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani
qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda,
yuqori texnologiyali
komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish
evaziga oshirish hisoblanadi. Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar, aholining kam
ta’minlangan
qatlamlari, urush va mehnat veteranlari o‘rtasida turistik-ekskursiya
faoliyatini yaxshilash, taqdim etiladigan ijtimoiy qatlamlarning sifatini oshirish
masalalari ham hal qilinishini kutmoqda.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay,
mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror
ravishda mahsulotlar va
xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib
qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan
an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy
oshib boradigan bo‘lsa, dam oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki,
hozirgi sharoitlarda
O‘zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish,
uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli
infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: