Mavzu: Aholi bandligini oshirishdai – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o’rni.
Reja:
KIRISH. Aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining o’rni va ahamiyati.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari.
II. Xulosa va takliflar.
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH.
Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu haqida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z asarida: “Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi”1 deb alohida ta’kidlab o’tdilar. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini oshirishda ahamiyatli o’rin egallaydi. Mulkchilik munosabatlarining tubdan o’zgarishi va mulkchilik shakllarining xilma-xilligiga, iqtisodiy subyektning tashabbusi va mustaqilligiga, tadbirkorlikning erkinligiga asoslangan yangi xo’jalik mexanizmining yaratilishi bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy natijasi bo’ldi. Bunday sharoitda jamiyatda bozor munosabatlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli keskin oshadi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo’jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolatidir.
Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash dasturi, uni rivojlantirish va yanada samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha qator qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda Yurtboshimiz taklifi bilan “ 2011 yil kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, deb e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo’ldi desak, mubolag’a bo’lmaydi.2 Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlanishiga, yangi ish o’rinlari yaratilishi, aholining daromadlarning oshishi hamda ularning turmush farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Kichik biznes va tadbirkorlikning afzalliklari ko’p. Bunda bozor kon’yunkturasiga tez moslashish, talabning o’zgarishini tez ilg’ash, faoliyatning bir turidan boshqasiga kam xarajat evaziga tezda moslashish imkoniyatlari yaratiladi. Faoliyatning ushbu sektori bandlik muammosini hal qilish, odamga o’zining erkin mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini oshirishda juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |