453
muhim ahamiyat kasb tadi.
G‘arb kuzatuvchilari turizm bozoriga ta’sir qiluvchi quyidagi yosh buyicha
segmentlarni ajratadilar.
Bolalar. Bolalar tug‘ilishining ortishi turizm uchun uncha yaxshi emas.
Sababi yosh bolalari va chaqaloqlari bor oilalar sayohatdan ko‘ra uyda o‘tirishni
afzal ko‘radilar. Bundan tashkari bunday oilalarda sayohat uchun ishlatilishi
mumkin bo‘lgan daromadning bir kismi yosh bolalar va chaqalokqlarga ishlatiladi.
Ammo yosh bolalarning o‘sish tendensiyasi turizmning
kelajakdagi rivojlanishi
uchun yaxshi omil hisoblanadi. Sababi bu yosh bolalar turistik xizmatlarning
salohiyatli iste’molchilari hisoblanadilar.
O‘smirlar bozorning asosiy segmentini tashkil etadilar. Sababi ular
o‘zlarining individual harid qobiliyatiga ega. Qayerda dam olish kerakligiga oila
a’zolariga o‘zlarining ta’sirini o‘tkazadilar.Ular mustaqil turistlar hamdir. Sayohat
qilishiga shaxsiy transport vositalarining borligi asosiy omil hisoblanadi.
Axolining harid kobiliyatiga 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar asosiy
ta’sir ko‘rsatadilar. Bu segmentning hayot tarzi butun mamlakat xayot tarzi bo‘la
boshlaydi, bu hoh sayohat bo‘lsin, yoki dam olish maskanlari bo‘lsin. Aynan bu
guruxdagi aholi samolyotlardagi sayohatlarga va kurortlarda dam olishga ishqiboz.
Bu guruhdagi kishilarning ehtiyojlarini qondirish, turizm biznesining kelajakdagi
rivojlanishiga ta’sir kiluvchi asosiy omildir.
45 yoshdan 54yoshgacha bo‘lganlar. O‘zlarining yashash joylaridan
o‘zokrokda, kurortlarda dam olishga, samolyotlarda sayohat qilishga molikdir. Bu
guruh asosini ijtimoiy faol kishilar tashkil kiladi.
Bu yoshdagigilar barcha
qo‘layliklar bo‘lishini va ekskursiya dasturlariga o‘zlarining kasbiga bog‘liq
ob’ektlar bilan tanishishni kiritilishini hohlaydilar.
Asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan tendensiya-bu keksa yoshdagi
aholining o‘sib borishidir. (60-65 yosh va 65 yoshdan yuqori). Bu bozor doimo
o‘sib boruvchi va boshqa yoshdagi segmentlarga nisbatan asosiysidir. Bu
turizmning ajralib turuvchi jihati shundaki, bu yoshdagilar xodim xizmatga, tibbiy
yordamga va x.k.o.larga talabi yuqori. Shu jumladan bu turistlarning dam olish
vaqtlari chegaralanmaganligi sababli, aynan turizmning sezon oylari (iyul,
avgust)ni chetlab o‘tishga harakat kiladi va iliq kuz mavsumini yaxshi ko‘rishlari
bilan, kishini o‘ziga jalb kiladi.
Daromad
. Aholining harid kobiliyati turizm rivojlanishining asosiy omilidir.
Daromadlarning o‘sishi bilan turizmga sarf-harajatlar ham oshadi.U
yoki bu
oilaning daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tursayohatga imkoniyat
yuqori bo‘ladi. Mablag‘i yetarli odamlar daromadlarining bir qismini aynan shu
turizmga sarflashni ma’qul ko‘radilar. Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘prok
avia transportlar orqali o‘chishlar jalb qiladi.
Turizmga bo‘lgan talab to‘g‘ridan – to‘g‘ri iste’molchilarning
daromadlariga bog‘liq. Shu sababli doimo aholi daromadlari tarkibidagi
o‘zgarishlar tendensiyasini kuzatib borish kerak. Agar iktisodiy ko‘rsatgich
pastlashsa, turistik korxonalar o‘z tovarlari narxlarini tushirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: