Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana23.01.2022
Hajmi286,84 Kb.
#401735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pdffox.com maruzalar-matni

6-MAVZU: URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI  

  

R E J A: 

1.Ural va oltoy tillarining o’xshashliklari 

2.Ural va oltoy tillarining gnetik qarindoshligi 

3.Arab filologiyalari va ularning asarlari haqida ma’lumot. 

4.

 



Mahmud Qoshg’ariy va uning asarlari. 

5.

 



Turkiy tillar sintakti. 

6. Xulosa 

 

Ural tillari oilasi fin-ugor va samodiy tillarini (selp-kun, nenes, nganasan) 



o’z ichiga oladi. Bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning dastlabki vatani Ural tog’lari 

atrofi deb faraz qilinadi. Shu tufayli bu tillar Uraltillari nomi bilan uritiladi. Hozir 

Sibirda yashovchi xanti, mansi, nenes, nganasanlar.Volga bo’yida yashovchi 

mordva, marilar, Kemi ASSR da yashovchi komi, udmurtlar, Boltik bo’yida 

yashovchi eston, karelp, finlar va Markaziy Evropada yashovchi vengrlar Ural 

tillari oilasiga mansub tillarda so’zlashadilar. 

Oltoy tillari ham uchta katta til gruppasini o’z ichiga oladi: turkiy tillar, 

mag’ul tillari, tungusmanjur tillari. Bu tillarda hozir asosan, Osiyo qit’asining 

Sibirp, Mug’uliston, Sharqiy-Shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo, Volga bo’yi, Yaqin 

Sharq, Kavkaz territoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar. 

Ural va Oltoy tillari strukturasida anchagina o’xshashliklar mavjud. Bular 

quyidagilar: 

1.

 

Bu tillar agglutinativ tipdagi tillar bo’lib, ularda affiks va asos aniq 



chegaralanadi,o’zak so’z-formaga teng keladi, har bir grammatik ma’noni 

boshqa-boshqa forma yasovchi affiks ifodalaydi. 

2.

 

Bu tillarning deyarli barchasida singarmonizm u yoki bu darajada mavjud. Bu 



fonetik hodisa hind-Evropa, hamit-semit kabi til oilalarida uchramaydi. 

3.

 



Qarashlilik maxsus grammatik kategoriya bilan ifoda etiladi. 

4.

 



Grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. 

5.

 



Bir tipli turlanish xususiyatiga ega _(ya’ni ot, sifat, olmosh kabi so’z turkumlari 

hammasi bir xil turlanadi). Hind-Evropa tillarida, masalan, rus tilida bu so’z 

turkumlari turlanishda o’zaro farqlanishi bilan birgalikda, bir turkumning (ot 

turkumining) o’zida uch xil turlanish formalari sistemasi mavjud. 

6.

 

Hind-Evropa tillaridagi prelog funksiyasini bu tillarda ko’makchilar bajaradi. 



7.

 

Aniqlovchi bilan aniqlanmish o’zaro sonda moslashmaydi (bundan fin-ugor, 



tungus-manchjur tillarining ayrimlari mustasno). 

 

XX  asr boshida R. Rask, V.SHott va M.A.Kastrenlar tomonidan ural va 



oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi fikr oldinga surildi va bu fikr O.Betling, 

V.Tomsen, I.Gombos, G.Vinkler kabi olimlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 

Ayni vaqtda ural-oltoy tillarining qarindoshligiga shubha bilan qarash, keyinroq 

esa ural-oltoy tillarininggina emas, balki oltoy tillari oilasiga kiritilgan ba’zi 

tillarning (turkiy, mug’ul, tung’us-manchjur tillarining) ham genetik 



 

27

qarindoshligiga shubha bilan qarash yoki uni rad qilish hollari uchray boshladi. 



Ba’zi olimlar, masalan, vengr olimi U, Nemet, ural-oltoy tillarining hammasi 

emas, balki ugor va turkiy tillargina qarindoshlikni ega deb hisoblaydi. 

R.Ramstedt,Viklund, Andersen, Munkachi, Kollender  kabi tilshunoslar esa ugor-

fin tillari oltoy tillari bilan emas, balki hind-evropa til oilasi bilan qarindosh 

deydilar. V.I.Litkin va K.E. Maytinskaya kabi sobiq ittifoq tilshunoslari ham hind-

evropa va ugor-fin tillaridagi olmosh o’zaklarining mos kelishiga tayanib, bularni 

qarindosh deb hisoblaydilar. 

Taniqli sobiq ittifoq tilshunosi E.D.Polivanov oltoy tillari bilan koreys tili 

genetik qarindosh bo’lishi mumkin degan fikrni bildirgan holda, oltoy tillarining 

ural tillari bilan qarindoshligi masasiga shubha bilan qaraydi. 

Sobiq ittifoq tilshunoslari N.A.Baskakov, G.D.Sanjeev, E.I.Ubryatova va 

boshqalar, oltoy tillari o’zaro genetik qarindosh, deyish bilan birga, oltoy va ural 

tillari genetik qarindosh emas, balki tipologik o’xshash tillardir deb hisoblaydilar. 

Ayrim tilshunoslar, masalan, Dj.Klouson, V.Kotvich. A.M.SHcherbak va 

boshqalar oltoy tillari o’zaro genetik qarindoshligini ham tan olmaydilar va ular bu 

tillardagi umumiy hodisalarni uzoq muddat davom etgan aloqa-aralashuv natijasi 

deb biladilar. (Buning isboti uchun A.M.SHcherbak turkiy, mug’ul, tung’us-

manchjur tillarida boshqa tillar ta’siriga juda kam uchraydigan sonlar hamda asosiy 

lug’at fondini tashkil etuvchi so’zlar o’zaro mos kelmasligini dalil sifatida 

keltiradi). D.Deni “Fin-ugor tilshunosligiga kirish” asarida hind-evropa va fin-ugor 

tillarining qarindoshligi haqidagi fikrga uzil-kesil zarba berdi. 

XX asrning 60-yillaridan boshlab ural-oltoy tillarining qarindoshligi 

masalasiga qiziqish qayta jonlandi. Vengriyada D.Fokash, Finlyandiyada 

M.Ryasyanen va sobiq ittifoqda Dj.Kiekbaevlar o’z asarlarida ural-oltoy tillarining 

genetik qarindoshligini yoqlab chiqa boshladilar. Ural tillari vakillari bilan oltoy 

tillari vakillari uzoq vaqt madaniy va moddiy aloqada bo’lganligi oqibatida bu 

tillarda bir-biriga yaqin hamda o’xshash grammatik hodisalar vujudga kelgan 

degan xulosaga keldilar. Ayniqsa, oltoy tillari o’zaro juda yaqinligini alohida 

ta’kidladilar. Tilshunoslikda bu tillarning tipologik bir xilligidan tashqari, fonetik 

va grammatik jihatdan ham juda ko’p o’xshashliklarga egaligi qayd qilinadi. Biroq 

hozirga qadar ural-oltoy tillari qarindoshligi masalasi uzil-kesil hal qilingan emas. 

 

URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI 



MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 

1.Turkologiyada Ural va Oltoy tillarining o’xshash tomonlari haqida qanday fikrlar 

mavjud? 

2. Ural va Oltoy tillarining genetik tasnifi qanday xulosalarga olib keladi? 

3.Ural va OLtoy tillarining qiyosiy tadqiqi bo’yicha qaysi olimlar ko’proq 

shug’ullanganlar? 

11.

 

Ural-Oltoy tillarga  xos umumiy hodisalar nimalarda ko’rinadi? 



12.

 

Oltoy tillariga xos umumiy fonetik xususiyatlarini sanab bering. 



13.

 

Oltoy tillariga xos leksik xususiyatlar. 



14.

 

Bu tillarda singormizm mavjudmi? 




 

28

15.



 

Oltoy tillarini tashkil etuvchi guruhlar. 

16.

 

Ural va Oltoy tillari tuzilishidagi o’xshashliklar. 



17.

 

Oltoy tillari vakillarining geografik joylashuvi. 



 

TAYANCH  ATAMALAR: 

1.

 

Ural tillari. 



2.

 

Oltoy tillari. 



3.

 

Genetik qarindoshlik. 



4.

 

Qiyosiy tipologiya. 



5.

 

Genetik tasnif. 



 

                               A D A B I YO T L A R : 

1.

 

E.Fozilov. O’zbek tilining tarixy morfologiyasi. 



 Toshkent 1965 yil. 

2.

 



N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie turkskix yazqkov. 

M.1969 g. 

3.

 

I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 



 


Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish