Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: MAHMUD KOSHG’ARIY VA UNING



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana23.01.2022
Hajmi286,84 Kb.
#401735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pdffox.com maruzalar-matni

2-MAVZU: MAHMUD KOSHG’ARIY VA UNING 

«DEVONU LUG’OTIT TURK» ASARI 

REJA: 


1.

 

X-XII asrlarda O’rta Osiyoda ijtimoiy madaniy hayot. 



2.

 

X-XII asrlar adabiyoti haqida ma’lumot. 



3.

 

Mahmud Koshg’ariy-qomusiy bilimlar sohibi. 



4.

 

«Devonu lug’otit turk» ning tarixi, uning tadqiq etilishi. 



5.

 

«Devonu lug’atit turk» da etnografik ma’lumotlar. 



6.

 

«Devonu lug’otit turk» dagi etnografik  ma’lumotlar. 



7.

 

M.Zamaxshariyning hayoti va ijodi 



8.

 

Muqaddimat-ul adab asari 



 

  X-XII asrlar O’rta Osiyo ijtimoiy-madaniy hayotida alohida bir davrni 

tashkil qiladi. Bu davrda ilm-fan, Adabiyot va san’atning uksala borishi uyg’onish 

nishonalarini yuzaga keltirgan edi. Bu davrda umumiy tarixiy taraqqiyot 

asoschilari al-Xorazmiy, Farobiy, beruniy, Abu Ali ibn Sinolar maydonga 

chiqdilar. Ular o’zlarining amaliy faoliyatlari, tariz, falsafa, mantiq, shunindek,  

aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan O’rta Osiyoning qadimiy  tarix             

ida chuqur iz qoldirdilar. Bu o’rinda Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin 

Tusiy qabilarning qadimgi unon ilm-faniga bo’lgan katta diqqat e’tiborlari muhim 

rol o’ynaydi. 

Bu davr ilm-faniga katta hissa qo’shgan olimlarning to’ng’ichi  al-X             

orazmiy edi. Al-X orazmiy 8-asrning oxirlarida yashab, aktiv ilmiy faoliyat bilan 

o’zidan keyin boy meros qoldirdi. 

Shunday yirik olimlardan yana biri 11-asrning mmashhur mingvistik olimi 

Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridan o’rin olgan she’riy 

parchalar, adabiy lavhalar turkiy xalqlarning ota-bobolari yaratib qoldirgan meros 

sifatida qabul qilingan.  

10-12asrlar o’zbek adabiyoti tematik jilolari, janrlar boyligi bilan diqqatni 

tortadi. Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari orqali etib kelgan 

badiiy ijod namunalar o’z navbatida shu fikrga ham asos beradi. Bizgacha saqlanib 

qolgan manbalar 10-12 asrlar ilg’or ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotida ko’proq 

didaktik adabiyot katta rolp o’ynaganligini ko’rsatadi. O’tmish xalqni adabiyoti 

bilan har jihatdan bog’langan bu adabiyot diniy-mistik adabiy oqimga qarshi turdi. 

SHarqda didaktik adabiyot, uning ravshan ko’rinishi sifatida didaktik 

dostonchilikning keng taraqiy etgan davri ham 10-12 asrlarga to’g’ri keladi. 

Dilaktika hamma vaqt ham falsafiy, ahloqiy-ta’limiy qarashlarni tag’ib etishini, 

shu yo’l bilan muayyan sistemadagi dunyoqarashli singdirishni maqsad qilib 

qo’yadi. Dastlab o’zida xalqning «chuqur donishmandligini ifodalab kelgan 

didaktika» urug’chilik jamiyati xususiyati bilan, unda otalarning mavqeyi baland 

bo’lganligi bilan bog’lash kerak. 

Didaktik asarlarni ularning harakteriga ko’ra quyidagi turkumlarga ajratish 

mumkin bo’ladi: 




 

8

1-Sof didaktik harakterdagi asarlar. Bunday asarlar kundalik hayot, urish 



turishning zaruriy shartlari pand-nasihat yo’li bilan uqtirib o’tiladi. 

2-Poetik didaktika. 

Bunday manbalar ro’yhatiga Usuf X ojib va Ahmad Ugnakiy asarlarini 

kiritish mumkin. Didaktik dostonlar Sharqda tik poeziyaning qahramonlik va 

romantik dostonlari qatorida baholanadi. Shunday qilib 10-12 asrlar adabiyotida 

chuqur ildiz otgan didaktik dostonchilik ijtimoiy-badiiy fikr taraqqiyotiga muhim 

hissa bo’lib qo’shildi. 

Shu tarzda 10-12 asrlar ilg’or ilm-fan va adabiyoti bir-biriga yaqinlashib, 

tabiyat va insonni o’rganish, jamiyatni shu inson manfaatlariga muvofiq ravishda 

takomillashtirish g’oyalarini o’rtaga tashlagan davr bo’ldi va u keyinchalik uzaga 

chiqqan dunyoviy adabiyot taraqqiyotida muhim rolp o’ynaydi. 

Atoqli qomusiy olim va sayyoh Mahmud Qoshg’ariy O’rta Osiyoda 

yashagan xalqlar hayotini chuqur o’rgangan turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan 

va turk arab lug’atini tuzgan. Bu lug’atda u qadimiy so’zlarning ma’nosini arab 

tilida tushuntiradi va misol qilib shu ma’nodagi so’zlar ishlatilgan maqolalar va 

she’riy parchalar keltiradi. 

«Turkiyso’zlar devoni» deb nomlangan bu kitob O’zbekiston fanlar akamediyasi 

tomonidan 1960-1964 yillari nashr etildi. 

 

«Turkiy so’zlar devoni»ning kirish qismida Mahmud Qoshg’ariy Rum 



(Kichik Osiyo )dan to Xitoygacha bo’lgan erlarda yashagan turkiy xalqlarning 

kamlarini birma-bir keltiradi.Ular bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamon, bashqirt, 

basmil, kay, yabaku, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, igrak 

jaru,jamul,uyg’ur,tangut tabgach halqlaridirlar. Devonda ana shu tkrkiy halqlar 

yashagan geografik o’rinlarni ko’rsatuvchi doira shaklidagi harita ham keltirilgan. 

 

«Devon»da ana shu xalqlar tillari o’rtasidagi farqlar ko’rsatiladi.Tub 



so’zlarda o’zgarishlar ko’inmaydi.Faqat ayrimso’zlar o’zgaradi holos. 

 Masalan:tukrklar 

«musofir»ni 

«yalkin»desalar o’g’uzlar «alkin»deydilar. 

Turklar «yilig’suv»desalar o’g’uzlar «ilig suv»deydilar. Turklar «marvarid»ni 

«yinju»desalar o’g’uzlar «jinju»deydilar va xokazo.  

Kitobda ko’rsatilishicha tillarning engili o’g’uzcha eng tzg’risi, yaxshisi yag’mo 

tugsi. Bu tillar Ilo (ilm) Ertish(irtish) YAmor,Etir vodiylaridan uyg’ur 

shaharlarigacha bo’lgan joylarda yashovchilarning tilidir. Devonning har uch 

tomida ana shu xalqlar tillarining lug’at sostavini tashkil etuvchi so’zlarning 

nisbatan mukamal izohi beriladi. 

 

«Turkiy so’zlar devoni»faqatgina lug’at emas, balki juda mukammal 



ishlangan gramatik qo’llanma hamdir. Ayni zamonda «Devon»da ko’pgina 

so’zlarni kelib chiqishi ham to’la bayon etib berilgan.»Ob»so’zi ta’kid va 

ko’chaytirish ko’makchisi deb izohlanadi. Masalan:»Ob ezgu nong»degani» Eng 

yaxshi narsa» deganidir. «Ob oq» ham «juda oq» degan ma’noni bildiradi.Shundan 

hozirgi tilimizdagi «oppoq» so’zi kelib chiqan. «Devon»da O’rta Osiyo 

shaharlaridan ba’zilarining nomlariga izoh ham berib o’tilgan. Jumladan Mahmud 

Qoshg’ariy Toshkentni «Tarkent deb ko’rsatadi»va «Tarkent»SHox                ning 



 

9

ismi,asli toshkent tosh shahri demakdir,deb yozadi. Samarqand nomi esaasli 



«Samiz qand»-katta shahar bo’lanini aytadi. 

 «Devonda»turkiy 

xallar 

etnograviyasiga oid juda qimmatli ma’lumotlar ham 

ko’p uchraydi. 

 

«Devon»dagi she’riy parchalar ayrim so’zlar ma’nosiga doir lavhalar tarzida 



keltirilgan.Ular turli tuman ma’nodadir.Mahmud Qoshg’ariy bilim, olimlik 

fazilatlarini ulug’lochi ko’p she’rlarni yiqqan. U otalar nomidan farzandlarga 

murojat qilib olimlarga yaqin bo’lmish, ularning ilmlaridan o’rganishni,man-

manlik,kibru haodan uzoqlashishni qayta-qayta ta’kidlaydi. 

 

Mana shunday misol: 



                      O’rgan aning bilkin  

                      Kunda angar boru 

                      Qutqo’likni tapingin  

                      Kuzgil puvaz paru  

         Mazmuni: 

                      O’rgan uning bilimin 

                      Birgil o’shal sari  

                      Qutlug’ ishga bo’y sunginu 

                      Kibrni quv niri  

        «Devon»dagi  she’riy parchalar orasida yoz bilan qish tortishuvi,urVIIIlar 

tasviri,alplar vafotiga marsiyalar bor. 

         Shuningdek,bu kitobda bundan  9-10 asr burun halq o’rtasida keng yoyilgan 

maqollardan ham ancha namunalar bor. 

Mahmud Qoshg’ariyning turkologiya faniga asos solgan mashhur asari 

yozilayotgan yillarda /1075-yillarda/ turkiy xalqlar yashagan madaniy 

markazlarida yana biri bo’lgan xorazm viloyatining Zamaxshar degan qishlog’ida 

Mahmud ibn –Umar az-Zamaxshariy dunyoga keldi. O’z davri olimlari tomonidan 

jorulloxlaqabini olgan bu olim sharq fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa 

qo’shdi. U falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarga oid ellikdan 

ortik asar yaratdi. 

O’z davrining etuk tilshunoslaridan bo’lgan M.Zamaxshariy arab 

tilshunosligi an’analarini davom ettirdi .Uning ilg’or prinsip va usullaridan 

mohirlik bilan foydalandi. Masalan, arab leksikografiyasining tematik prinsipi 

/so’zlarni lug’atda tematik gruppalar bo’yicha joylashtirish/ uning qator asarlarida 

qo’llangan. Bu jihatdan olimnini “Al-jibol va-l-miyox”/ tog’, manzil va suvlar/ 

nomli toponimik asari harakterlidir. Bu asarda arab tili leksikasiga oid geografik 

nomlar tematik gruppalarga ajratib izohlangan. Tematik gruppa ichida so’zlar 

alfavit prinsipi asosida joylashtirilgan. Tematik  prinsip  Mahmud  Zamax             

shariyninng “Muqaddimatul- adab” nomli asarida ham qo’llangan. Mahmud 

Zamaxshariyning bu asari sof lug’at emas. Unda arab tilining Grammatik 

strukturasi ham o’z ifodasini topgan. Asar besh qismdan iborat: 

1.Ismlar/otlar/ 

2.Fellar. 

3.Ko’makchilar/yordamchi so’zlar/ 




 

10

4.Ismlar/otlarning turlanishi. 



5.Fe’llarning tuslanishi. 

Mahmud Zamaxshariyning ”Muqaddimatul-adab” asari faqat arab tili  va 

tilshunosligi tarixini o’rganish  jihatidangina emas, balki, turkiy xalqlar tillari 

tarixini o’rganish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. Asarning lug’at 

qismida ko’pgina arabcha so’zlarning forscha, mug’ulcha tarjimalari bilan bir 

qatorda, turkiycha tarjimalari ham berib borilgan. 

 

Asarda ismlar /otlar/ bir qancha tematik gruppalarga ajratilgan. Masalan, 



ismlarning xayvon nomlari qismi /bu qism mashhur polyak sharqshunosi 

A.ZAYONCHKOVSKIY TOMONIDAN E’LON QILINGAN/ o’n bir kichik 

tematik gruppachalardan iborat. Bu tematik gruppachalar asarda fasllar deb 

berilgan. Lekin fasllarning konkret nomlari keltirilmagan. Ularning shartli ravishda 

quyidagicha nomlash mumkin: 

1. Tuya nomlari /21nom/ 

2. Tuya a’zolarining nomlari /25nom/ 

3. Tuya jabdug’ining nomlari /32nom/ 

4. Eshak vaeshak jabdug’ining nomlari /42nom/ 

5. Qoramol va jabdug’ining nomlari /19nom/ 

6. Qo’y vaechki nomlari /42nom/ 

7. Qo’y va boshqa xayvon nishon /belgi/ larining nomlari /24/ 

8. Jun nomlari /11nom/ 

9. YOvvoyi xayvon nomlari/93nom/  

10.Ilon –chayon nomlari/59nom/ 

11.X ashorat nomlari/52nom/ 

 

Mashhur sharqshunos V.V.Bartolg’tdning ko’rsatishicha,  Mahmud  Zamax             



shariy lug’atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar O’rta Osiyo turkiy adabiy 

tilining leksikasi aks etgan. 

                          AZ-ZAMAX SHARIY ”MUQADDIMATUL ADAB ”MAVZUSI 

BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 

1.Az-Zamaxshariy qachon va qaerda yashab ijod etdi? 

2.Zamaxshariy fanning qaysi sox                asi bo’yicha shug’ullandi? 

3.”Muqaddimatul adab” qanday asar? 

4.Ushbu asar necha qismdan tashkil topgan? 

5.”Muqaddimatul adab” asarining asosiy mundarijasi qanday? 

6. Asarning til xususiyatlari.  

7. Asardagi lingvistik qarashlar. 

8. Az-Zamaxshariyning nazariy umumlashmalari. 

9. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 

 

T A YA N  CH   A T A M A L A R: 



1.Az-Zamaxshariy filolog olim. 

2.Arab leksikografiyasi. 

3.Geografik nom. 

4.Alfavit prinsip. 




 

11

A D A B I YO T L A R 



1.Az-Zamaxshariy ”Muqaddimatul adab ”Toshkent 1998y. 

2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent. 

3.I.A.Baskakov.Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.1969. 

                           

Mahmud Qoshg’ariy vaUning «Devonu 

          Lug’otit turk»Asari Mavzusi Bo’yicha  

 

                           NAZORAT SAVOLLARI 



1.X-XII asrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot qanday edi? 

2.X-XII asrlardagi fan va madaniyat haqida nimalarni bilasiz?  

3.M.Qoshg’ariy haqida nimalarni bilasiz? 

4. «Devonu-lug’atit turk »qanday asar. 

5.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday 

baholaysiz? 

 

6.Asarning tuzilishi va mundarijasi haqida ma’lumot bering? 



 

7.Ushbu asarning turkiy filologiyaning shakllanishidagi ahamiyatini qanday 

baholaysiz? 

8.«DAT»da maqol va matallar. 

9.Asarning mundarijasi haqida ma’lumot bering. 

10.Asarning XXasr o’rtalaridagi nashri haqida nimalarni bilasiz? 

 

TAYANCH  ATAMALAR: 



1.Fanda uyg’onish. 

2.Tematika vajanrlar. 

3.Poetik didaktika. 

4.Turkiy til grammatikasi. 

5.Leksikografiya. 

ADABIYOTLAR 

1.Devonu lug’otit turk.Akadem nashr.Toshkent.1962,1964. 

2.Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish.Toshkent.  

3.Fozilov.E.O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. 

   


   Toshkent.1965 y.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

12


Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish