Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU:    TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana23.01.2022
Hajmi286,84 Kb.
#401735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pdffox.com maruzalar-matni

4-MAVZU:    TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI. 

REJA: 


1.Rossiyada turkiy filologiya masalalarini o’rganishning boshlanishi. 

2.Turkiy filologiyaning Moskva maktabi. 

3.Turkiy filologiyaning Qozon maktabi. 

4.Turkiy filologiyaning Petrburg maktabi. 

 

 

Turkiy tillarning o’rganishning alohida fan sifatida shaklanishi va 



 

rivojlanishida rus turkolog olimlarning ilmiy faoliyati alohida o’rin tutadi. Rus 

turkolog olimlarning lingvistik tadqiqotlari natijasida turkiy tillarning ilmiy 

grammatikasi uzaga keldi, turkiy tillarining qiyosiy-tarixiy planda o’rganishning 

nazariy asoslari ishlab chiqildi, turkiy tillarning mukammal klassfikasiyasi 

yaratildi. 

 

Turkiy filologiya, xususan, turkiy tilshunoslikning Rossiyadagi  taraqqiyoti 



haqida bir qancha asarlar yaratildi. Bu asarlar orasida akad. A.N.Kononovning 

«Istoriya izucheniya turskixyazqkov v Rossii. Do oktyabrskiy period» nomli asari 

o’zining mukammalligi, faktlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu asarda turkiy 

tillarning Rossiyada o’rganishning asosiy bosqichlari, turkiy filologiyaning etakchi  




 

17

maktablari, turkiy tillarni o’rganish   jamiyatlari va bu jamiyatlar a’zolarinin ilmiy 



faoliyati atroflicha yoritiladi. 

 

Ruslar bilan turkiy xalqlarning o’zaro munosabatlari juda qadim zamonlarda 



boshlangan. ”Slovo o polku Igoreve” (XI asr) asaridagi turkiycha so’zlar bu 

munosabatlar tilda ham o’z ifodasini topganligidan dalolat beradi. A.N.Kononov, 

A.N.Baskakov kabi olimlarning ko’rsatishicha, ruslarning turkiy tillarni 

o’rganishiga turkiy xalqlar vakillari bilan fikr almashuv zaruratigina emas, balki 

Oltin O’rda xonlarining buyruq va farmonlarining tushunish, ularni rus tiliga 

tarjima qilish zarurati ham sabab bo’ldi. Qozon (1552), Astraxan (1554) bosib 

olingandan keyin ruslarning O’rta Osiyo xalqlari bilan yaqinlashuviga yo’l ochildi. 

Kavkaz va Sibirp erlarini, bu erlarda yashaydigan xalqlarni o’rganishga imkoniyat 

tug’ildi. Bu tarixiy shart-sharoitlar Rossiyada turkologiyaga, shu jumladan, turkiy 

filologiya masalalariga qiziqishnii ko’chaytirdi. Rossiyada turkiy filologiya 

masalalarini o’rganish an’anasining vujudga kelishini ikki bosqichga bo’lish 

mumkin: 1. Turkiy xalqlar tili va adabiyotiga oid masalalarni to’plash. 2. Turkiy 

xalqlar tili va adabiyotiga oid materiallarni ilmiy o’rganishning boshlanishi. 

 

Turkiy tillar haqidagi dastlabki ma’lumotlar, asosan, leksik ma’lumotlar edi. 



Gollandiya elchilari sostavida Rossiyaga kelgan Nikolas Kornelisson Vitzon 

(1641-1717) ”Severnaya i Vostochnaya Tatariya” nomli asar yozdi. Bu asarda 

turkiy xalqlar toponimikasi va onomastikasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor. O’z 

davrining yirik turkologi Georgiy YAkovlevich Ker (1692-1740) SHarq 

akademiyasi loyixasini tuzadi. Bu loyixa o’z vaqtida amalga oshmagan o’lsa ham, 

G.YA.Ker sharqiy tillar, xususan, turkiy tillarni o’rganish bo’yicha ancha ish qildi. 

U Abulg’ozi Baxodirxonning “SHajarai turk”asarini originaldan nemis tiliga 

tarjima qildi. 

 

Rossiyada turkiy filologiya an’anasining qaror topishida XVIII asrning 



ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar muxim o’rin tutadi. Bu asarlarda turkiy x             

alqlar  adabiyoti, ayniqsa, tillarning o’rganishning chinakam ilmiy asoslarini 

yaratishga intilish seziladi. Tatar va qisman boshqird tillarini ayrim gimnaziya, 

diniy seminariya va maktablarda o’qitishning boshlanishi ham mana shu davrga  

to’g’ri keladi. 

 

Turkiy tillarni XVIII asr davomida    Rossiyada gimnastik planda  o’rganish 



natijalari  I.A.Adelungning”Mitridat”asarida jamlangan. Bu asar 1806-1817 

yillarda Berlinda nashr etildi. I.A.Adelungning qarindoshlaridan F.Adelung bu 

asarni qayta ishlab, 1820 yilda “Barcha ma’lum tillar va dialektlarning obzori” 

nomi bilan bostirib chiqardi. Bu ish aslida “Barcha tillar va shevalarning qiyosiy 

lug’atlari” asarining grammatik izohi hisoblanadi. Unda turkiy tillar gramatikasi 

haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. 

 

Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganishda Moskva Davlat universiteti 



va Sharq tillari Lazerv instituti alohida o’rin tutadi. Bu o’quv urtlarda F.E.Korn, 

A.E.Krimskiy, V.A.Gordlevskiy kabi etuk turkolog olimlar ishlagan. Ularning 

ilmiy va pedagogik faoliyati natijasida turk filologiyasining Moskva maktabi uzaga 

keldi. 



 

18

 



Fedor Evgeng’evich Korsh (1843-1915) Moskva Davlat universitetining 

tarix-filologiya fakulptetida sanskirt, arab va fors tillari bo’yicha taxsil oldi, 

mustaqil ravishda turkiy tillarini o’rgandi. MosDUda dosent, professor 

lavozimlarida ishladi. Sharq tillari Lazerv institutida fors tilidan dars berdi. Rus tili 

va adabiyoti bo’limi bo’yicha 1900 yilda akademik bo’lib saylandi. 

 

A.E.Krimskiyning ukrain tilida yozgan “Turkiy xalqlar, ularning tili va 



adabiyoti” nomli asari turkiy filologiyaga kirish buyicha ajoyib qo’llanma 

hisoblanadi. 

 

Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy (1876-1956) ham Sharq tillari Lazerv 



instituti bilan MosDUning tarix filologiya fakulptetini tamomlagach, ikki yilcha 

Turkiya va Suriyada komandirovkada bo’ladi: arab, fors va usmonli turk tilini pux             

ta egallaydi. 

 

V.A.Gordlevskiy usmonli turk filologiyasi sohasida ilmiy maktab yaratgan 



olim hisoblanadi. Uning ko’p sonli shogirdlari hozirgacha turkiy tillar ustida ilmiy 

tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 

 

Qozon XIX  asrda turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganish bo’yicha 



yirik markazlardan biriga aylandi. Qozon DU va Qozon gimnaziyasida turkiy 

filologiyaning mashhur namoyondalari bu fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 

 

Mirza Aleksandr Kazambek (1802-1870) arab, fors, turk, ingliz, fransuz va 



rus tillarini mukammal bilgan etuk filolog olim edi. U Qozon universitetida tashkil 

etilgan turk–tatar tilshunosligi kafedrasini boshqardi. M.A.Kazambek Peterburg 

universitetida SHarq tillari fakulptetining ochilishida katta rolp o’ynadi. 

  M.A.Kazambek o’z asariga fransuz sharqshunosi A.Joberning 

grammatikasini asos qilib oldi. Lekin fonetik va morfologik material bayonida 

uning asari A.Joberning grammatikasiga o’xshasa ham, sintaksis material bayonida 

u tamom ila original va mustaqil konsepsiyaga tayanadi. 

 

M.A.Kazambekning asari uch qismdan tarkib topgan: 



1.Alfavit, harflar talaffuzi: ismlar: olmoshlar. 

2.Fe’l: ko’makchilar: ravishlar: bog’lovchilar: undovlar. 

3.So’zlar birikuvi. 

 

Bu asar usmonli turk tili grammatikasining rus tilidagi birinchi to’liq tasnifi 



bo’lib, unda turkiy tillar, xususan tatar tili materiallari ham berilgan.  XIX             

asring ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Rossiya universitetlarida bu 

asardan usmonli turk tili bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. 

 

M.A.Kazambek turk tili bo’yicha yozgan ikkichi asari “Uchebniy posobiya 



dlya vremennogo kursa tureskogo yazqka”(1854)deb ataladi.Bu asar ham uch 

qismdan tarkib topgan:1.Grammatika.2.X  restomatiya. 3.Ruscha-turkcha lug’at. 

 

Nikolay Fedorovich Katanov (1862-1922)-xakaslar orasidan etishib chiqqan 



mashhur turkolog-Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-

usmonli  turk-tatar bo’limini tamomlagach Qozon universitetining turk-tatar tillari 

kafedrasida ishladi. Sibirp, Mo’g’uliston, Xitoy Turkistonida bo’lib, bu joylarda 

yashovchi xalqlar tili, etnografiyasi, folpkloriga oid boy faktik material to’pladi. U 

turkologiyaning deyarli barcha sohalarida katta muvoffaqiyat bilan qalam tebratdi. 

Turkiy xalqlar etnografiyasi va folpklori bo’yicha qator asarlar yaratdi: 




 

19

“Istoricheskie pesni kazanskix  tatar” (1899), Musulpmanskie legendi” (1894), ”O 



svadebnix obichnayax tatar” (1897), “Gadanie u jiteley Vostochnogo 

Turkestana”(1894) va boshqalar. R.F.Katanov “Tatarsko-russkiy slovarp” nomli 

lug’at yaratdi. Bu lug’at 1912 yilda nashr etildi. 

           N.F.Katanov 

turkologlar orasida “Opit issledovaniya 

uryanx             

ayskogo yazqka” nomli asari bilan shuxrat qozondi. Bu asarda N.F.Katanov uch 

yirik masalani hal qildi: 

1.

 

Uryanxay (tuva ) tili ugor-fin tillari oilasiga emas, balki turkiy tillar oilasiga 



mansub ekanligini isbotladi: 

2.

 



 Uryanxay tilining mukammal grammatik tavsifini berdi: 

3.

 



 Uryanxay tilining turkiy tillar orasidagi o’rnini belgilab berdi, buning uchun 

uryanxay tili grammatik qurilishini boshqa turkiy tillar grammatik qurilishiga 

qiyoslab chiqdi. 

        Aslini  olganda  “Opqt  isledovaniya uryanxayskogo yazqka” asari turkiy 

tillarning birinchi haqiqiy grammatikasidir. 

        Peterburg  universitetida  usmonli turk tilining birinchi professori Osip 

Ivanovich Senkovskiy (1800-1858) turk filologiyasi bo’yicha”(1828-1829) nomli 

asar yaratdi. O.S.Senkovskiy 25 yil davomida Peterburg universitetida sharq tillari 

kafedrasini boshqardi.  

        Lazerp  Zaharovich Budagov(1802-1878 ) Peterburg universitetining sharq 

tillari fakulptetida dosent lavozimida ishlab, usmonli turk va ozarbayjon tillaridan 

dars berdi. Uning asosiy asari "Sravnitelpniy slovarp turesko-tatarskix 

            

narechiy " bo’lib, bu lug’atda so’zlar o’zaklar bo’yicha joylashtirilgan. 

         Turkiy  filologiyaning Peterburg maktabi vakillari orasida  Platon  Mix             

aylovich Melioranskiy(1868-1906) alohida o’rin tutadi. U tom ma’noda lingvist-

turkolog edi. Uningcha til yoki adabiyot tarixni o’rganish vositasi emas, balki 

tadqiqot ob’ekti, tadqiqot maqsadi edi.  

         Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-usmonli turk-tatar 

bo’limini tugatgandan keyin  universitetda umumiy tilshunoslikdan leksiya o’qidi. 

Zamondoshlarining e’tirof etishicha, P.M.Melioranskiyning leksiyalari studentlar 

orasida katta qiziqish uyg’otdi.  

         P.M.Melioranskiyning  turkiy filologiyaga oid ishlari to’rt mavzuga 

birlashadi: 

1.

 

jonli turkiy tillarga doir ishlar.  



2.

 

turkiy yozma yodgorliklarga doir ishlar. 



3.

 

rus tiliga o’zlashgan turkiy elementlar haqida ishlar. 



4.

 

turkiy x alqlar folpkloriga doir ishlar. 



 

            Peterburg turkologlaridan bir guruhi Rossiya Fanlar Akademiyasida ishlar 

edi. Akad. V.V. Velpyaminov-zernov» Slovarp djagataysko-turuskiy»(1868) 

asarini nashr qildi. Bu mashhur «Abushqa»lug’atining qayta ishlangan varianti 

hisoblanadi.  

 

          O.N.Betlingkning yoqut tili haqidagi asari to’rt qismdan iborat: 



 

1.Kirish: 2. Grammatika: 3. Yoqutcha tekstlar: 4. Yoqutcha-nemischa lug’at. 




 

20

Asarning kirish qismi «O yazqka yoqutov. Opit issledovaniya otdelpnogo 



yazqka v svyaze s sovremennim sostoyaniem vseobego yazqko znaniya» deb 

ataladi. Bu qism rus tilida ham bosilib chiqdi.  

Asarning grammatika qismi uch bo’limdan iborat. 

Fonetika bo’limida O.N.Betlingk yoqut tilida 8 unli va 21 undosh borligini, bu 

tilda singormonizm qonuni amal qilishini aniqladi. Asarning morfologik bo’limida 

avtor yoqut tilidagi besh turkumga ajratdi: 1.Otlar 2.Sonlar 3.Olmoshlar 4.Fe’llar 

5.O’zgarmaydigan so’zlar. O.N.Betlingk fe’lni ayniqsa sinchiklab tax                lil 

qildi. E.I.Ubryatovaning yozishicha, asarning bu bo’limi yoqut tili 

morfologiyasining haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi. Asarning zaif   qismi- 

sintaksis. SHunga qaramay O.N.Betlingkning bu soxadagi kuzatishlari ham 

ma’lum ilmiy ma’rifiy qiymatdan xoli emas. Asarda ilova qilingan yoqutcha-

nemischa lug’atda 4600 dan ortiq so’z izohlangan. Bu-yoqut tili ilmiy 

leksikografiyasining birinchi namunasidir. 

 

TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI MAVZUSI BO’YICHA 



NAZORAT SAVOLLARI 

 

1.Rossiyada turkiy filologiya masalalariga qiziqish qachon boshlandi? 



2.Rossiyada turkiy filologiyaning qanday maktablari yaratildi? 

3.Turkiy filologiyada maktab yaratgan qaysi rus olimlarini bilasiz? 

4.Qozon maktabi vakillari turkiy filologiyaning qaysi masalalari bilan 

shug’ullandilar? 

5. Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar haqida nimalargni bilasiz? 

6. Ilk turkolog olimlar. 

7. M.Qoshg’ariy ijodi. 

8. Az-Zamaxshariy ijodi. 

9. Ilk turkiy lug’atchiligi. 

10. Turkologiya fanining uzaga kelishi. 

 

TAYANCH ATAMALAR 



1.

 

Turkologiya. 



2.

 

Turkiy filologiya. 



3.

 

Moskva maktabi. 



4.

 

Qozon maktabi. 



5.

 

 Peterburg maktabi. 



6.

 

Turkiy yozma yodgorliklar 



 

ADABIYOTLAR 

1.

 

Katanov F.  Opit issledovaniya uryanxayskogo yazqka. L. 1927. 



2.

 

Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 



3.

 

SHcherbak A.M. Sravnitelpnaya fonetika turkskix yazqkov. L. 1970             



 

 



 

21


Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish