Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc


Partkom shunday deya, ichkaridan bir kamzul-cholvor bilan bir ko‘ylak olib keldi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365


Partkom shunday deya, ichkaridan bir kamzul-cholvor bilan bir ko‘ylak olib keldi. 
Manavilarni kiying, qani, — dedi. 
Men barini bir boshidan kiyib oldim. O‘zimni toshoyna soldim. 
O‘ynab qo‘yay, partkom bo‘l-e, dedim, o‘ynabgina qo‘yay, partkomgina bo‘l-e, dedim. 
Partkom bo‘ynimga guldor-guldor bo‘yinbog‘ taqib boshladi. 
Men partkom qo‘lini shuncha ushladim — bo‘lmadi. 
— Tek o‘tiring! — dedi partkom. — Siz poytaxtga tomoshaga borayotganingiz yo‘q, siz 
respublika ko‘rigiga borayapsiz! Ko‘rikda kagga odamlar bo‘ladi. Sizni ko‘rib kuladi. Galstugi yo‘q — 
qoloq ekan deydi, madaniyatsiz ekan, deydi. 
Bo‘yinbog‘ bo‘ynimni bo‘g‘di. 
Men ohista-ohista ih-ih, dedim. Nafasim hir-hir etdi. Nafasim bo‘yinbog‘ tugunida to‘xtab 
qolmishday bo‘ldi. 
Men toqat etolmadim. Bo‘yinbog‘, uchini qo‘shqo‘llab-qo‘shqo‘llab tortdim. Uzib olib otayin
dedim. 
— Nimaga muncha tipirchilaysiz? — dedi partkom. 
— Manavi... bo‘lmaydi, partkom bova. 
— Nimasi bo‘lmaydi, mixday-ku? 
— Ishtonboqqa o‘xshab shalvirayapti. 
— E, unday demang! Madaniyatli gapiring! 
— Qo‘yni no‘xtasiga o‘xshayapta, partkom bova. 
— E, bir ishtonbog‘ deysiz, bir no‘xta deysiz! Bu galstuk, yugoslavskiy galstuk! Otliqqa 
topilmaydi! 
— Buyursin, partkom bova, buyursin. Lekin shuni bo‘ynimdan oling. 
— Ko‘p gapirmang, mana bo‘lmasa! 
Partkom shunday deya, bo‘yinbog‘ni tortib-tortib qo‘ydi. 
Shunda, bo‘ynim picha ozod bo‘ldi. Emin nafas oldim. 
Jo‘na-jo‘na kuni bo‘yinbog‘ni tashlab ketaman deya, niyatlandim. 
Bo‘lmadi — raisimiz urishib-urishib taqib qo‘ydi. 
Raisimiz men Toshkentda o‘zimni qanday tutishimni bot-bot tushuntirdi. Meni mashinada Denov 
jo‘natdi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
95
Tuman qishloq xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i o‘tog‘amiz bo‘ldi. 
O‘tog‘a bizni bosh-adoq qarab ko‘rdi. Bir-bir qarab ko‘rdi. 
— Bo‘ladi! — deya bosh irg‘adi. 
O‘tog‘a bo‘yinbog‘imga gumonsirab-gumonsirab qaradi. Bir ko‘zlarimga qaradi, bir 
bo‘yinbog‘imga qaradi. 
Men ilkis-ilkis holda qoldim. 
O‘tog‘a, ana endi bo‘yinbog‘imni so‘raydi, dedim. O‘tog‘a, ana endi sen bunday bo‘yinbog‘ni 
qaerdan topding, deydi, dedim. 
Men apil-tapil oldini oldim. 
— Bu meniki emas! — deya, bo‘yinbog‘imni tortqilab-tortqilab ko‘rsatdim. — Yo‘q, meniki 
emas! Bu partkomimizniki! 
O‘tog‘a totli-totli kulimsidi. Kulimsib-kulimsib bosh irg‘adi. 
— Bilaman, Jamoliddinov, bilaman, — dedi. —
Buni partkomlaringiz tavallud kunida men hadya 
etib edim. Ko‘zimga issiq ko‘ringanidan qarayapman. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish