Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
«Men chaqiray», dedi-da, ostona hatladi. Ikki oshna beriroqda to‘xtab, kutishdi. O‘lim 
bilan yuzma-yuz bo‘lgach, takabburligi chekingan Asadbek misoli yuvosh bolaga 
aylangan edi. 
Qariya hovli tomon uch-to‘rt qadam bosib: 
— Mulla Abdurahmon aka! — deb chaqirdi. Javob bo‘lmagach, yana ikki karra, endi 
ovozini balandlatib chaqirdi. Shundan keyin ovoz berilib, dam o‘tmay Abdurahmon 
tabibning o‘zi ko‘rindi. Muhiddin ota qiroat bilan salom berdi. Shunga yarasha tabib 
ham: 
— Vaalaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu, — deb alik oldi-da, quchoq ochib 
ko‘rishdi. Ular qadrdonlarday yuzlarini yuzlariga qo‘yib ko‘rishdilar. Islom odobini, 
xususan, bu olamdagi odamlar bir-birlariga birodar ekanliklarini bilmagan, 
tushunmaganlar bu holatdan ajablanishlari tabiiy. 
— Yo‘limiz shu tomonga tushib edi, siz muhtaram zotni ziyorat qilmasdan o‘tib ketmoqni 
ayb deb bildik, — dedi Muhiddin ota. 
— Xo‘b ajab ish qilibsiz, inim. Xonadonimga rizq beruvchi Tangrim mehmon yuborgan 
ekan, o‘ziga shukr qilaman. Qani, marhamat qilsinlar. 
— Taqsirim, mening birodarlarim ham bor. 
— Chaqiring ularni, qadamlariga hasanot. Tortinmay chaqiravering, uyimiz keng, uy 
torlik qilsa, Xudo xohlasa bag‘rimiz kengdir. 
Muhiddin ota bu muruvvat uchun minnatdorlik bildirib, hamrohlarini chaqirdi. Haydovchi 
kirishga unamay, choyxonada bo‘lajagini bildirib, arobasini burdi. 
Gilam to‘shalgan katta xonada tezlikda dasturxon tuzaldi. Non sindirilib, «oling, oling» 
boshlangunga qadar deyarli gap-so‘z bo‘lmadi hisob. Abdurahmon tabib mehmonlarga 
zimdan qarab chiqdi. Nazari bir necha soniya Asadbekda to‘xtab, uning xastaligini 
fahmladi. Zotan, uning xastaligini tabib bo‘lmagan odam ham biluvi mumkin edi. 
Mehmonlarning kelishlaridan maqsadi kasal boqtirish ekanini sezsa-da, tabib «Kelinglar, 
xizmat» demadi. Shu paytgacha biron o‘zbek mehmonga «nima uchun uyimga kelding» 
demagani holda pok-nopokni durust ayira oluvchi, o‘ziga imon yo‘lini ma’qul deb tanigan 
Abdurahmon tabib aytarmidi. 
Jalil ham, Asadbek ham suhbatga deyarli aralashmay jim o‘tirishdi. Ayniqsa, Jalilning jim 
o‘tirishi ulug‘ tahsinga loyiq buyuk jasorat edi. 
Muhiddin ota birdaniga maqsadni aytmay, gapni uzoqdan boshladi. 
— Taqsir, bir rivoyat yodimga tushdi, ijozat bering, aytay. Hoynahoy siz bu rivoyatdan 
xabardorsiz. Buni hamrohlarim uchun ayta qolay. 
— Marhamat qiling, azizim... 
— Roviylar deyarlarki, podshoh bir qizni, otasi hamda ikki akasini o‘limga hukm etibdi. 
Qiz o‘limi oldidan bir qultumdan suv berishlarini so‘rabdi. Podsho muruvvat qilibdi. Suvni 
ichib bo‘lgach, qiz debdiki: «Ey, muruvvatli podshoh, biz siz bergan suvni ichdik. Endi 
sizga mehmonmiz. Mehmonni o‘ldirish mumkin bo‘lsa, biz o‘limga tayyormiz». Podsho 
qizning aqliga tan berib hukmni bekor qilgan ekan. Alqissa, shulki, biz sizga 
mehmonmiz. Haqiqat shulki, siz o‘limga hukm qiluvchi shoh emas, xastalarga shifo 
beruvchi tabibsiz. 
— Unday emas, inim, adashdingiz, astag‘firulloh. Dard beruvchi ham, shifo beruvchi 
ham yolg‘iz Ollohdir. 
— Haq rost, — dedi Muhiddin ota, bosh egib. 
— Inim, siz meni ko‘rinmas ip bilan bog‘lab oldingiz. Bilib turibman, bu inim, — u 
Asadbekka qaradi, — xastalar. Muolaja haqida so‘ngroq so‘z yuritamiz. Hozir 
mehmondorlik taomilini buzmaylik. Avval taom, deydilar. Haligi arobalaring sog‘lom 
odamni ham xasta etadi. Bir oz dam olinglar. Men esa, siz aytgan rivoyatga javob aytay: 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish