www.ziyouz.com
kutubxonasi
158
qilardingiz?
— Tilim qursin, men — ahmoq, tavba qildim, — dedi Samatoxun.
— O‘g‘li qaerda?
— Ie, men qayoqdan bilay? Men «Mersedes» to‘g‘rilab beraman, deb va’da qilganman,
o‘g‘li yo‘qolsa topishning kafilini olmaganman.
— Bir soatning ichida topasan.
— Asad?!
— Boshqa gap yo‘q. Oxun, siz boravering. Bazmga o‘zim bosh bo‘laman.
Samatoxun har ikkovini duo qila-qila chiqib ketgach, Asadbek Kesakpolvonga qahrini
sochdi:
— O‘zimizning odamlarga ham shunaqa qiliq qilasanmi, so‘tak?
— Kimga qanaqa gap aytishni o‘rgansin. Sen bunaqalarni o‘zingga yaqin olib yelkangni
tutsang, bular boshingga chiqib, bizga qarab choptirishadi. Izzatini bilsin-da.
— Bir soat vaqting bor.
Kesakpolvon qaymoqqa non bo‘ktirilgan kosani qo‘liga oldi.
— O‘n minutda uyida bo‘ladi. Mening qornim och. Sen bo‘g‘ilaverma. Sochining kepagi
ham to‘kilmagan bolaning.
Asadbek og‘ziga kelganni qaytarmay so‘kdi. Bunaqangi so‘kishlarni eshitaverib beti
chandirlashib ketgan Kesakpolvon qaymoqqa bo‘ktirilgan non burdalarini chapillatib yeb,
xo‘rillatib choyini ichaverdi. Asadbek sal hovridan tushgach:
— Bugungi qaymoq bu dunyoniki bo‘lmabdi. Olsang-chi, egnimga shim kiyib, hali
bunaqasini yemovdim, — dedi.
— Sening chapillatib chaynashingni ko‘rsa, itning ham ko‘ngli ayniydi. Odamga o‘xshab
yeyishni qachon o‘rganasan?
— Odam bo‘lganimda, — dedi Kesakpolvon ishshayib.
— Sen odam bo‘lmaysan.
Shu xildagi g‘azab, kinoya, masxara toshlari aralashiga otilaverdi, bu toshlar temir
qoyaga tegib uvalangan kesak holiga tushaverdi. Boloxonadagi yigitlardan biri mastava
keltirganda Kesakpolvon kosani yalayotgan edi. U mastavadan bir-ikki qoshiq ichdi-yu,
hojasining topshirig‘ini bajarish uchun o‘rnidan turdi. U chiqib ketishi bilan uy huvillab
qoldi. Asadbekning tomog‘idan ovqat o‘tmadi. U yana o‘zining kirlangan, badbin xayollari
bilan yolg‘iz qoldi. Yuragi siqilib, «Ahmoq bo‘lsa ham Haydarning o‘tirgani yaxshi edi.
Jalilni toptirib kelmasam bo‘lmaydi», degan xayolda qo‘ng‘iroq tugmasiga qo‘l
yuborganida boloxonadagi yigit eshikni ochdi.
— Muhiddin aka degan odam so‘rayapti, — dedi u. — Zarur gapi bor emish.
Asadbek «Muhiddin aka kim bo‘ldi ekan?» deb o‘ylangan damda hovlida Jalilning ovozi
eshitildi:
— To‘g‘ri bostirib kiravermaysizmi? Sizday odamning kutib turishi uyat-ku? Bu
oshqovoqlarda kalla yo‘q.
— Meni tanimaydi-da bular...
Ovozidan tanidi — Krasnoyardagi ovloq o‘rmonda qaror topgan otasining birodari!
Asadbek o‘rnidan turib, tashqariga yo‘naldi. Muhiddin otani ayvonda bag‘riga bosdi.
Otasi tirilib qaytib kelganday, quchog‘idan bo‘shatgisi kelmadi. Hatto ko‘ziga yosh,
bo‘g‘ziga yig‘i keldi. Yig‘ini iziga qaytarmoq maqsadida yutinganida yo‘tali tutdi. Shundan
keyingina qariyani bag‘ridan bo‘shatdi. Muhiddin ota yo‘talning xunukligidan bosh
chayqab, «Hali ham tuzalmabdi-da?» degan ma’noda Jalilga qaradi. Jalil ham ko‘z
qarash bilan javob qildi: «Shunaqa... oshnamning ahvoli og‘ir».
Ichkari kirib o‘tirishgach, yigitlar qayta dasturxon tuzashdi. Asadbek xos
mehmonxonadagi hasham Muhiddin ota ruhini ezib qo‘yishini fahmlab, u yoqqa
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |