www.ziyouz.com
kutubxonasi
157
ku, mayli, mayda kissavurdan chiqqanman.
— Dangalchilikni zamon ko‘tarmaydi.
— Sen charchagansan. Duch kelganni it bo‘lib qopyapsan. Bi-ir dam olsang yaxshi
bo‘lardi. O‘g‘illaringning to‘yiga borsang yuragingning chigillari bi-ir yozilardi. Ha,
aytmoqchi, to‘y hali ham aniq bo‘lmabdimi? Tezroq borib kela qolmaysanmi?
Kesakpolvon shunday deb ayyorona boqdi. Asadbek undan nigohini olib qochdi. Gap
xastalikka borib taqalishi mumkinligini sezib, javob bermadi.
Ular nonushtani boshlashga ulgurishmay, boloxonadagi yigitlardan biri eshikni qiya
ochib:
— Samatoxun aka keldilar. Zarur gaplari bor ekan, — dedi.
Bu xabarni eshitib, Kesakpolvon bezovtalandi. Hojasiga bir qarab olib «keyinroq kelsin»,
demoqchi edi, Asadbek:
— Kirsin, — deb ijozat berdi. So‘ngra Kesakpolvondan so‘radi: — To‘yi qachon edi, esdan
chiqibdi?
— Mening ham aniq esimda yo‘q. Bugun-erta shekilli?
— Xayoldan ko‘tarilgani chakki bo‘libdi. Har qalay, eski qadrdonlardan.
Bashang kiyingan, o‘zidan farangi atrini taratayotgan Samatoxun kirib, ularning suhbati
uzildi. Samatoxun deganlarining do‘koni Asadbekning homiyligida. Shaharning gavjum
joyida joylashgan bu do‘kon mudiri yigirma yilning nari-berisida ularga sariq chaqalik
ham xiyonat qilmadi. O‘z ishini bilib bajargani uchun Asadbek uni hurmat qilardi.
Fotiha o‘qilgach, Samatoxun Kesakpolvonga g‘alati qarab oldi. Kesakpolvon undan
ko‘zini olib qochib, choy quyib uzatdi.
— Oxun, to‘y harakatlari bilan charchamay yuribsizmi? — deb so‘radi Asadbek
mehribonlik bilan.— Muborak bo‘lsinga o‘tamiz, deb o‘tolmadik, ranjimang.
— Xafagarchilik yo‘q, aka. O‘zingiz sog‘ayib qoldingizmi? Bizga sizning sog‘lig‘ingiz
kerak. Sizning tovoningizga kiradigan tikan bizning ko‘zimizga kirsin. Xudo xohlasa
bugun nikoh, borsangiz boshimiz ko‘kka yetadi.
Samatoxun «Xudo xohlasa» degan so‘zga bo‘lakcha urg‘u berib, yana Kesakpolvonga
qaradi. Asadbek undagi o‘zgarishni sezib so‘radi:
— Ha, Oxun, mashqingiz pastroqmi? Nima gap, tinchlikmi?
— Xudo xohlasa, tinchlik, — dedi Samatoxun. — Bek aka, orada bir tashvish chiqib
qoldi: o‘g‘limni o‘g‘irlab ketishibdi.
— Qaysi o‘g‘lingizni?
— Shu... uylanayotgan kuyov bolani...
— Birontadan gumoningiz bormi?
— Gumonim-ku yo‘q. Ammo...
— Chaynalmay aytavering.
— Kecha ZAGS edi. Bir birodarimiz «Mersedes» va’da qilgan edi. «Mersedes» o‘rniga
«GAZ-31» yuboribdi. «Qo‘lingdan kelsa va’da bergin-da, erkak» deganday qilib,
qattiqroq gap aytuvdim. Shuni og‘ir oldilarmikin? Unday bo‘lsa, tavba qildik. «Bu ahmoq
tilni chaynab tashla», desalar chaynab tashlay. Ammo oshga zahar tushmasin. Men
yomonman, bo‘yin egib keldim.
Bu gaplarni eshitib Asadbek Kesakpolvonga qa-radi.
— Menga qarama, mening ishim emas bu, — dedi Kesakpolvon «qo‘rqqan oldin musht
ko‘tarar» qabilida jerkib.
— «Mersedes»ni to‘g‘rilab bermadingmi?
— O‘sha kuni buzilib qolgan bo‘lsa men nima qilay? Shaharda «Mersedes» ikkita bo‘lsa
ham boshqa gap edi. O‘n beshta oq «o‘ttiz bir»ni yubordim. Bu akamning hamiyatlariga
tegibdi. O‘sha sassiq gapni o‘zimga aytmaysizmi, tirrancha sho‘pirga aytib nima
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |